O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə226/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Iqlim mintaqalari 
Janubiy Amerikada oltita iqlim mintaqasi mavjud. Bular ekvatorial, shimoliy 
va janubiy subekvatorial, tropik, subtropik hamda mo‘’tadil mintaqalar. Har qaysi
mintaqa bir-biridan havo harorati, yog‘in miqdori va atmosfera sirkulyatsiyasi 
tafovutlari bilan ajralib turadi.

Yekvatorial mintaqa. Bu mintaqaga Amazonka pasttekistliganing o‘rta va
g‘arbiy qsimlari, Gviana yassi tog‘ligi hamda Orinoko pasttekis ligining 
Amazonkaga tutashgan joylari va Tinch okean qirg‘og‘ining ekvatordan
shimolroqdagi qismi kiradi. Ekvatorial mintaqada doimiy nam va issiq harorat 26°, 
28°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan ortadi.
Subekvatorial mintaqalar. Ekvatorial mintaqadan shimol, va janubda
subekvatorial iqlim mintaqalari joylashgan. Shimolii subekvatorial iqdim 


mintaqasiga Karib dengizi sohillari, Orinako pasttekisligi, Gviana pasttekisligi va


Gviana yassi tog‘ligining katta qismi qaraydi. Janubiy subekvatorial iqlim 
mintaqasiga Braziliya yassi tog‘ligining shimoliy qismi, Amazonka
pasttekisligining janubiy qismi va Tinch okean sohilining ekvatordan to 5° j.k. 
gacha bo‘lgan qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning subekvatorial
mintaqalari materikning sharqiy qismida o‘zaro tutashadi. 
Subekvatorial iqlim mintaqalarida yozda ekvator havo massalari, qishda
tropik havo massalari barqaror bo‘ladi. Shu sababli subekvatorial iqlim uchun 
sernam yoz va qurg‘oqchil issiq kish fasllari harakterlidir. O‘rtacha oylik harorat
25°, 30° S ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat 
qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-
sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi. 
Janubiy yarim sharda, Braziliya yassi tog‘ligida, Amazonka pasttekisligining
janubida ekvatorial musson bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir davri dekabrdan 
maygacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan
dekabrgacha davom etadi. Qishda tropik passatlar hukmronlik qilgan davrda 
yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin