O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
Foydali qazilmalari Janubiy Amerikaning ma’danli resurslari uning barcha hududlari bo‘ylab bir
tekisda tekshirilgan emas. Tadqiq etish natijasida aniqlangan va qazib
chiqarilayotgan foydali qazilmalarning geografik tarqalishi va joylashishi
materikning geologik strukturasi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, Janubiy
Amerikaning qadimiy kristalli qalqonlarida, vulkanik va tektonik jarayonlar
natijasida hosil bo‘lgan magmatik intruziv va effuziv jinslarda asosan rudali, rangli
va nodir metallar keng tarqalgan. Platformaning botiq va bukilmalarida,
qirg‘oqbo‘yi pasttekisliklarida to‘plangan cho‘kindi jinslar qatlamida rudasiz
foydali qazilmalar-neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, selitra konlari ko‘pchilikni tashkil
etadi.
Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy qismida va Gviana yakki
tog‘ligining shimolida juda katta temir va marganes ruda konlari bor. Shuningdek
Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy chekkasida va Gviana yassi tog‘ligining
shimoli-sharqida hosil bo‘lishi qadimiy magmatik intruziv jinslar bilan bog‘liq
bo‘lgan oltin, olmos, radioktiv elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan.
Hozirgi kunda bu yassi tog‘liklardan boksit konlarining juda katta zahiralari
topilgan.
Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog‘ tizimida
joylashgan. Venesuelada oltin, marganes, olmos, temir rudasi.va neft konlari bor.
Kolumbiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi And tog‘larida va tog‘ oralig‘i
botiqlarida mis, platina, oltin, neft va toshko‘mir konlari joylashgan. Ekvadorning
Tinch okean sohilidan neft, tog‘laridan oltin va kumush qazib olinadi. Peru Andida
oltin, simob, vanadiy, vismut, mis, toshko‘mir konlari va polimetallar keng
tarqalgan.
Janubiy Amerikada foydali qazilmalarga eng boy region. Chili hisoblanadi.
Uning hududida temir, marganes rudalari, radioaktiv elementlar, simob, oltin,
molibden va boshqa qazilma boyliklar ko‘plab uchraydi. Chilida dunyodagi eng
yirik mis konlaridan biri joylashgan. Hatto tog‘ tizimining nomi ham "anta"
so‘zidan kelib chiqqan. Anta inklar tilida mis degan ma’noni anglatadi. Chilining
Tinch okean soxillarida va Atakama cho‘lida dunyoda yagona bo‘lgan tabiiy selitra
konlari uchraydi. Amazonka pasttekisligi, Braziliya yassi tog‘ligi va Patagoniya
platformasi hududlaridan neft konlari topilgan. Bu foydali qazilmalar Jano‘biy
Amerika davlatlarining xalq xo‘jaligini rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib
xizmat qiladi.