moslashganligi shu darajadaki Boliviyaning Trinidad atrofidagi o‘rmonlarda
yashaydigan sut emizuvchilarning 65 ta naslidan faqatgina 5 tasi yerda yashaydi
xolos.
Qalin o‘rmonlarda qadimiy hayvonlarning yirik vakllaridan ulkan
qalqondorlar va katta chumoliho‘rlar yashaydi. Yirtqich hayvonlar boshka hayvon
turlariga Karaganda juda kam. Yirtqichlardan daraxtlarda
bemalol yura oladigan
yaguarlar, shimolrokda yoldor bo‘rilar va o‘rmon itlari. uchraydi. Ularning
geografik tarqalishi o‘rmonlar bilan chegaralanib pampaga yetib kelmaydi.
Chumoliho‘rlarning ayrim turlari daraxtlarda ayrim turlari yerda hayot kechirishga
moslashgan. Jumladan tamandua, mayda chumoliho‘rlar bemalol daraxtlarda
yashayveradi. Katta chumoliho‘rlar esa o‘rmonlarda ham savannalarda ham keng
tarqalgan bo‘lib, ular yerda yashaydi.
Bulardan tashqari yerda yashaydigan hayvonlardan tapirlar, qora
cho‘chqalar, eng yirik kemiruvchi suv cho‘chqasi-kapibaralar ham mavjud:
Amazonka havzasidagi endemik daryo delefini-iniyalar ko‘plab uchraydi. Sudralib
yuruvchilardan uzunligi 11 m gacha yetadigan eng katta suv bo‘g‘ma
ilonianakondalar harakterli.
Gviana-Braziliya kichik zoogeografik oblastining o‘rmonlarida yashaydigan
hayvonlarning aksariyat turlari savannalarda uchramaydi. Ammo, savannalarda
o‘ziga xos ochiq yerlarda yashaydigan va pampa ta
komplekslariga moslashgan
hayvon turlari keng tarqalgan. Bular mazam kiyiklari, in qazib yashaydigan
kemiruvchilar, pampa mushugi, pampa tulkisi, nandu tuyaqushi va boshqa hayvon
turlaridir.
Janubiy Amerikaning Patagoniya-And kichik zoogeografik oblastiga
subtropik va mo‘’tadil iqlim mintaqalarining dasht, chalacho‘l va cho‘llari hamda
quruq iqlimli Markaziy va Janubiy And tog‘lari qaraydi. Materikning janubidagi
ochiq dasht, chalacho‘l va cho‘l faunasi shimoldagi qalin o‘rmonlar faunasidan
o‘zining ayrim nasllari, turlari bilan farq kiladi. Bu yerda yirtqichlardan yaguardan
tashqari puma, otselot, pampa mushugi keng tarqalgan. Materikning janubiy qismi
uchun yoldor bo‘ri va magellan tulkisi harakterli. Kemiruvchilardan vidra, botqoq
nutriyasi tuko-tuko, mara va boshqalar yashaydi. Patagoniya yassi tog‘ligi |va
janubiy
tekisliklar shinshilla, kondofra, mayda qalqondorlar va boshqa
hayvonlarning kelib chiqish markazi bo‘lgan.
And tog‘larining faunasi tekislik va yassi tog‘liklar, faunasvdan o‘ziga xos
xususiyatlari va turlari bilan ajralib turadi. Bu o‘lkada Janubiy Amerikaning
sharqiy qismida uchramaydigan evdemik hayvon turlari mavjud. And tog‘lari
uchun harakterli bo‘lgan lamalar butun tog‘ tizimi bo‘ylab keng tarqalgan.
Yovvoyi lamalarning ikki turi vigon va guaneko turlari mavjud bo‘lib, ulardan
guanako turi faqat tog‘larda emas, balki Patagoniya yassi tog‘ligida va Pampada
bemalol yashagan. Hozirgi paytda yovvoyi lamalar juda kam uchraydi.
Ularning
asosiy qismi ovchilar tomonidan qirib yuborilgan. And tog‘larida yashaydigan
indeeslar lamalarni qo‘lga o‘rgatib, ulardan uy hayvoni sifatida foydalanadilar.
Baland And tog‘larida ko‘pchilik hayvonlar qulay muhitga moslashib o‘z
areallarini vujudga keltirgan. Bu regionda relikt hisoblangan ko‘zoynakli ayiq,
pudu kiyigi, aguarachai iti kabi hayvonlar ham yashaydi.
JANUBIY AMERIKANING TABIAT ZONALARI. YIRIK REGIONAL
TABIIY GEOGRAFIK O‘LKALARI.
Tabiat zonalari.
Janubiy Amerika tabiat komplekslarining xilma-xilligi, ularning geografik
kenglik va balandlik bo‘ylab farqlanib borishi materikning geografik o‘rniga,
orografik tuzilishiga va iqlim sharoitiga bog‘liq. Materikda mavjud bo‘lgan
ekvatorial, subekvatorial, savanna, dasht va chala cho‘l tabiat komplekslaridan
faqat ikkitasi - subekvatorial va savanna zonalari ikki marta takrorlanadi. Ular
ekvatordan shimolda va janubda joylashgan. Qolgan zonalar janubga tomon birin-
ketin almashinib boradi. Quyida Janubiy Amerikaning tabiat (landshaft) zonalariga
qisqacha tavsif beriladi.
Dostları ilə paylaş: