hosil bo‘lgan. Parchalangan janubi-sharqiy qirg‘oq bo‘ylab Baiya-Grande, San-
Xorxe, San-Matias kabi yarim aylanma shaklidagi qo‘ltiklar va Parana daryosining
quyilish joyida La-Plata estuariysi va qo‘ltig‘i joylashgan.
Undan shimolroqda
Urugvay soxillari bo‘ylab laguna tipidagi qirgoq shakli hosil bo‘lgan.
Materikning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlari shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlariga
nisbatan juda kuchli parchalangan. Natijada ko‘plab mayda va yirik orollar hamda
arxipelaglar hosil bo‘lgan. Ular orasida materik ichkarisiga turtib kirgan va uncha
katta bo‘lmagan Penyas, Korkovado qo‘ltiqlari hamda Janubiy Amerikani Olovli
Yer arxipelagidan ajratib turgan Magellan bo‘g‘ozi joylashgan. Shimoli-g‘arbiy
qirg‘oqning ekvatordan janubrog‘ida Guayakil qo‘ltig‘i qirg‘oq chizig‘ining
materik ichkarisiga burib turadi. Undan janubda qirg‘oqlar to‘g‘ri
chiziqli,
parchalanmagan, tik va baland.
Janubiy Amerikaning Karib dengizi qirg‘oqlari ham kuchli kesilgan, bir
necha yarim orollar, qo‘ltiqlar va lagunalar hosil bo‘lgan. Guaxira va Pariya yarim
orollari, Venesuela va Pariya qo‘ltiqlari hamda
Marakaybo lagunasi shular
jumlasidandir. Panama bo‘ynini hosil bo‘lish joyida Karib dengizi tomon keng
ochilib turgan Daren qo‘ltig‘i joylashgan.
Dostları ilə paylaş: