O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə214/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

AKSH Kordilerasi. AKSH Kordilera tog‘lari landshaft oblasti Kaliforniya
botig‘i va Katta Xavzaning shimoliy qismlaridan boshlanib janubda Kaliforniya 
kultigi va Meksika togligigacha davom etadi. Uning xududi subtropik kengliklarda
joylashgan bulib, kuruk iklim va kserotermik sharoitda vujudga kelgan landshaft 
komplekslari bilan Kanada va Alyaska Kordileralaridan ajralib turadi. AKSH
Kordilerasi shimoldagi landshaft oblastlaridan o‘zining xiyla kengligi, geologik 
strukturasi va orografik tuzilishining murakkabligi bilan xam fark qiladi.
Bu regionda xam Kordilera tizimining boshqa qismlariga o‘xshash tog‘ 
tizmalari va ularni bir-biridan ajratib turgan ichki platolar, botiqlar Tinch okean
qirg‘oqlariga parallel ravishda joylashgan. G‘arbda soxil bo‘ylab o‘rtacha 
balandlikdagi Kirgok tizmalari okean satxidan 1600-2000 metr kad kutarib turibdi.
Bu tizmalarning ayrim uchastkalari Tinch okeanga kuyiladigan daryolarning 
ko‘ndalang vodiylari bilan kesilgan. Kirgok bo‘ylarida yangi tektonik xarakatlar
bir muncha faol bo‘lganligi sababli er qimirlashlar tez-tez takrorlanib turadi. 
Qirg‘oq tizmalaridan sharqda Kaliforniya tog‘
oraligi botig‘i 

joylashgan. U 


shimoli- g‘arbdan janubi-sharqqa qarab submeridional ravishda 800km masofaga
chuzilgan. Kengligi 40-80km va maydoni 47000 km
2
ga yakin. Botiq yuzasi okean 

satxidan 20-160 m balandlikda joylashgan. Kaliforniya botigi kelib chikishiga kura


tektonik bukilma bulib, mezozoyda vujudga kelgan. Keyinchalik asta-sekin juda 
katta qalinlikdagi allyuvial-prolyuvial chukindi yotkizilar bilan to‘lib borgan.
Kaliforniya botig‘ining iqlimi tipik Urta dengiz tipidagi subtropik iqlim. Nam 
subtropik iqlimdan kontenentallik xususiyatlari bilan ajralib turadi. YOz oylari



issiq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha xarorati shimolda 27°S dan janubda 35°S gacha


ko‘tariladi. Bu yunaiishda atmosfera yoginlari aksincha kamayadi. Yilllik 
yogingarchilik mikdori shimolda 750-1000 mm ni, janubda 150-200 mm ni tashkil
etadi. SHimoliy qismi subtropik chala chul landshaftlari bilan band. 
Kaliforniya vodiysi AKSHning subtoripik dexkoichilik rivojlangan vodiysi
xisoblanadi. Bu erda Sakramento va San-Xoakin daryolarining suvi bilan 
sugoriladigan sitrusli bog‘lar va tokzorlar barpo etilgan.
Kaliforniya vodiysidan sharkda submeridnonal yunalishda 750 km masofaga 
cho‘zylgan Serra-Nevada tog‘
tizmasi joylashgan. Uning eng baland nuqtasi- Uitni 

tog‘i okean satxddan 4418 m yukori ko‘tarilgan. Serra-Nevada massivi nevada


burmalanish boskichida vujudga kelgan, tektonik jixatdan kam parchalangan, 
granit va dioritlardan tashkil topgan. Tizmaning sharqiy tik yon bagri chuqur
daralar bilan, g‘arbiy kiya yon bag‘ri daryo vodiylari bilan kesilgan. YOn 
barlarning yukori qismi qadimgi muzliklar bilan ishlangan. SHarqiy tog‘ etaklarida
issik, buloqlar va loyka vulkanlar uchraydi. YAngi tektonik xarakatlar faoliyati 
xozir xam davom etmokda.
Serra-Nevada tog tizmasi o‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlimga ega. Uning 
g‘arbiy yon bagri nam subtropik bo‘lib, yiliga 2000 mm dan ziyod yogin tushadi.
SHarqiy yon bagrining iqlimi aksincha quruq va kontinental. YOgin-sochinning 
asosiy qismi kish oylariga tug‘ri keladi. Tuprok-usimlik koplami balandlik
mintakalar buylab joylashgan. Kuyi mintakada tog‘ jigar rang va kizil-jigar rang 
tuproklar, yukori mintakalarda tog
kungir va tog -utlok tuproklari rivojlangan. 

Garbiy yon bagrining 1000 m balandlikkacha bulgan kismi doimiy yashil eman


butalari bilan, 1500 m atrofidagi balandliklar buyi 150 m ga va diametri 10 m ga 
etadigan ulkan sekvoyya o‘rmonlari bilan, 2800-3000 m balandlikkacha bo‘lgan
qismi shakar qarag‘ay, sariq qarag‘ay, kedr, pixta kabi igna bargli urmonlar bilan 
koplangan. 3000 m dan yukori qismi
alp o‘tloqlari bilan band. SHarkiy yon bagrida 

qarag‘ay-mojjevelnikli siyrak o‘rmonlar keng tarqalgan.


Serra-Nevada tizmasi bilan Koyali tog‘lar oraligida keskin kontinental 
iqlimli va chala chul landshaftlari keng tarqalgan. Kata Xavza yassi tog‘ligi
joylashgan. Uning yuzasi o‘rtacha 1200-1500 m kutarilgan. Umumiy maydoni 550 
ming km
2
. Katta Xavza xududi shimoldan janubga karab bir-biriga parallel 

ravishda chuzylgan tog‘parlan, platolardan, botiklardan va chukmalardan iborat.


Tog‘lar 80-120 km masofaga cho‘zylgan, balandligi 3000 m dan xam oshadi. 
Uiler-Pik tog‘ining balandligi 3980 m. Ularning geologik tuzilishi oxak
toshlardan, kristalli slanetslardan tashkil topgan. Eng chukur botik Ajal vodiysi 
bo‘lib, okean satxidan 85 m pastda joylashgan.
Iqlimi keskin kontinental, quruq. SHimoliy kismi mu’tadil. o‘rta va janubiy 
kismlari subtropik iqlimga ega. YOzi issik, iyul oyiniig o‘rtacha xarorati 20-22°S
atrofida. Maksimal xarorat 56,7°S kuzatilgan. qishi sovuq, yanvarning o‘rtacha 
xarorati 0-2°S, minimal xarorat -30°S, Atmosfera yoginlari juda kam tushadi.
Urtacha yillik yogin-sochin 200 mm atrofida, ayrim botiqlarda 100 mm dan xam 
kam. Tog‘ yon bag‘rlarida yogin mikdori 500 mm gacha ortadi. Gidrografik tur
nixoyatda kam rivojlangan. Eng katta daryosi Gumboltd okean va dengizlarga 
oqib chiqmay berk xavzada tugaydi. Koldikli sho‘r ko‘llar ko‘p uchraydi. Bular



Katta sho‘r ko‘li, Piramid, Sevir, YUta va boshqalar. Regionning katta qismi chala


cho‘l landshaftlari bilan band. Tuprok koplami ko‘ng‘ir, bo‘z, sho‘r va sho‘rxok 
tuproqlardan tarkib topgan. CHala chullarda bizon uti, qora shuvoq, sho‘ralar ko‘p
o‘sadi. Tog‘ yon baflarida kingir- kiyshik qarag‘aylar, mojjevelniklar keng 
tarqalgan. Janubiy qismida kaktuslar, agavalar, yukkilar o‘sadi.
Katta xavzaning janubi-sharqida balandliga 2000 m dan oshadigan Kolorado 
platosi joylashgan. Platoning asosi kembriygacha bo‘lgan metamorfik va kristalli
jinslardan iborat. Ularning yuzasi paleozoy va mezozoyning gorizontal joilashgan 
qalin chukindi jinslari bilan qoplangan. Maydoni 300 ming km
2
dan kuprok. 

Xududining asosiy qismi 1800 - 2500 m balandlikda joilashgan. Plato yuzasi


Kolorado daryosi va uning irmoqlari xosil qilgan bexisob kononlar bilan kesilgan. 
Kanonlar orasida eng yirigi va tabiatan guzali Katta Kanon bo‘lib u butun dunyoga
mashxurdir. Uning uzunligi 320 km, chukurligi 1800 m, kengligi platoning yuza 
qismida 8-25 km, daryoning suv satxida 1 km atrofida. Kononning yon bagri tik
tushgan, kuchli parchalangan. Kolorado daryosi gorizontal yotgan mezozoy, 
paleozoy chukindi jinslaridan tortib to arxeyning kristall jinslarigacha chukur kesib
utib, rang-barang gabiat obidalarini xosil qilgan. 
Platoning ayrim uchastkalarida qoldiqli tog‘lar, sungan vulkanlar va lakkolit
massivlari ancha balandlikka ko‘tarilib turibdi. Ularning eng baland joyi Xamferis-
Pik togidir (3851 m). Ikilimi quruq, keskin kontinental, subtropik. Daryolarning
suv rejimi kuchli uzgaruvchan va tez okar. Kolorado daryosi Katta Kanonning 
ayrim joylarida soatiga 25 km tezlik bilan oqadi. Ezda kupchilik daryolar ko‘rib
koladi yoki suvi kamayadi. Koloradoning uzi Koyali tog‘lardagi korlardan 
to‘yinadi. Qazilma boyliklari ichida uran, vanadiy, polimetall rudalari va oltin
konlari etakchi o‘rin egallaydi. 
Kolorado platosidan janubi-g‘arbda uncha balnad bo‘lmagan kum massivlari
va maydalangan materiallar bilan koplangan chuli platolar mavjud. Ulardan 
Moxave chuli Kolorado daryosidan g‘arbda va Xila cho‘li undan sharqda
joilashgan. Moxave cho‘lining janubida joilashgan tektonik cho‘kma yuzasi okean 
satxidan 75-85 m pastda yotadi. Bu cho‘kma Imperiya vodiysi deb ataladi.
AKSH Kordilerasi landshaft oblastining sharqni qismi Koyaln tog‘lar biln 
o‘ralgan. Bu tog‘lar tik yon bagrlar xosil qilib, shimoldan janubga tomon
cho‘zilgan. Oblastning shimoliy qismida Kryali tog‘lar muzlik eroziyasi natijasida 
kuchli parchalangan. Platolar yuzasi muzlnk ta’sirida emirilgan tosh uyumlari
bilan koplangan, yon bagrlari esa chuqur daryo vodiylari bilan kesilgan. Asosiy 
daryo vodiylari Missuri daryosiga va uning irmogi Yelloustonga qaraydi.
Qoyali tog‘larning janubiy qismi antiklinal tizmalardan tashknl toptan bulib, 
ularning markaziy kismlari kristall jinslardan, chekka kismlari cho‘kindi jinslardan
iborat. Koyali tog‘lar tizmasi orasida eng yiriklari Old tazma, Big-Xorn, Sangre-
de-Kristo Uind-River tog‘lari bulib, ularning balandaligi 4000 – 4300 m dan
oshadi. Jumladan Old tizmadagi Elbert chuqqisining balandligi 4399 m va Sangre-
de-Kristo togidagi Blanko-Pik chuqqisining balandligi 4363 m.
Koyali tog‘larning g‘arbiy yon bagriga va tog‘oraligi botiqlariga nisbatan 
sharqni yon bag‘ri atmosfera yoginlari bilan yaxshi namlangan. SHarkni yon
bag‘rida yillik yogin mikdori o‘rtacha 700-800 mm ga teng bo‘lsa, g‘arbiy yon


bagrida va togoraligi botiqlarida 300-400 mm dan oshmaydi. Iyulning urtacha


xarorati shimolda 20° S dan janubda 30°S gacha kutariladi. YAnvarning o‘rtacha 
xarorati shimolda -20°S bulsa, janubda 0°S atrofida buladi. Kor chegarasi xam shu
yunalishda 3000 m dan 4000 m gacha ko‘tariladi. Koyali tog‘lardan SHimoliy 
Amerikaning yirik daryolari - Missuri, Rio-Grande, Kolorado va boshqa daryolar
boshlanadi. Ular muz, qor va yomgir suvlaridan tuyinadi. 
Koyali tog‘darning yon bagrlarida o‘rmon massivlari keng tarqalgan.
Tizmaning shimolida o‘rmonlar g‘arb tilog‘ochi, Duglas eli, pixta, el, tuya, suga 
kabi daraxtlardan, janubida sariq qarag‘ay, oq, pixta, mojjevelniklardan tarkib
topgan. SHimolda urmonlar xatto vodiylarda xam yaxshi usadi, janubda esa 
ularning urnini dasht zonasiga xos ut o‘simliklar egallaydi.
AKSH kordilerasi xududida tabiiy landshaftlarni va gabiat obidalarini 
muxofaza qilish maqsadida quriqxonalar va milliy parklar tashkil etilgan. Serra-
Nevada tog‘ tizmasidagi Sekvoyya kurikxonasi, Yosemit vodiysidagi Yosemit 
kurikxonasi, Koyali tog‘ tizmasidagi Yellouston milliy parki shular jumlasidandir.
Yelouston milliy parki balandligi 2100-2500 m keladigan platoda joylashgan. 
Uning atrofi 3000 m balandlikkacha kutarilgan tog‘lar bilan o‘ralgan. Maydoni
8500 km

2
. Plato vulkanik materiallardan tarkib topgan. Milliy parkning dikkatga 


sazavor obidalaridan biri-geyzerlardir. Eng yiriklaridan Ulkan (Gigant) geyzeri 40
m balandlikgacha otiladi, suvining xarorati 94,8°. Eski xizmatchi (Stariy slujaka) 
geyzeri 42 m balandlikkacha otiladi, suvining Xarorati 90,4° ga teng. Geyzerlardan
tashqari 1000 dan ortiq issiq buloqlar mavjud. Kurikxonada tog‘ ko‘llari xam bor. 
Eng kattasi 2270 m balandlikda joylashgan Iellouston ko‘lidir. Kurikxonaning
barcha xududi igna va mayda bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda 
bizonlar, qora ayiqdar, grizli ayig‘i va bug‘ular yashaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin