O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə237/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dashtlar zonasi. Savannalardan janubda, subtropik iqlim mintaqasida
dashtlar zonasi joylashgan. Dashtlar Janubiy Amerikada pampalar deb ataladi. 
Pampa indeetslar tilida daraxtsiz erlar degan ma’noni bildiradi. Dashtlarda asosan
boshoqli va turli xil o‘t o‘simliklar o‘sadi. Ular orasida chalov, yovvoyi tariq, suli, 
borodach, boshoqdoshlar va soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi turli xil o‘t
o‘simliklari ko‘pchiilkni tashkil etadi. Dashtlar zonasi subtropik iqlim mintaqasida 
shakllangani uchun qish oylarining o‘rtacha harorati doimo musbat bo‘lib +10°,



15°S ni tashkil etadi. YOz oylarining o‘rtacha harorati 20°, 25°S ga teng. Sernam


subtropik iqlim sharoitida hosildor qizil ferralit tuproqlar, qurg‘oqchil erlarda esa 
kora tuproqlar hosil bo‘lgan. Pampalarda lamalar, tuyaqushlar, pampa bug‘usi,
pampa mushugi kabilar yashaydi. 


CHala cho‘llar zonasi. Materikning janubiy qismidagi mo‘‘tadil iqlim
mintaqasida chala cho‘llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti qattiq, yog‘in kam 
yog‘adigan bu o‘lka Patagoniya deb ataladi. O‘lkaning asosiy qismini Patagoniya
yassi tog‘ligi tashkil etadi. CHala cho‘llar zonasining yozi salqin, o‘rtacha harorat 
15°-20°S atrofida. Qish oylari juda sovuq bo‘lib, o‘rtacha harorat zonaning
shimolida +10°S dan janubda 0°S gacha pasayadi. Bu zonada kam hosilli bo‘z 
tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik qoplami juda siyrak, ular chimli
g‘allaguldoshlardan va tikanli butalardan iborat. CHala cho‘llarda ham 
dashtdagilar singari kemiruvchilar, ochiq erlarda in qazib yashaydigan hayvonlar
bor. Ayniqsa, sakrovchi hayvon, nutriya, mayda zirxlilar ko‘p uchraydi. 


And tog‘laridagi balandlik mintaqalari. Meridional ravishda katta
masofaga cho‘zilgan And tog‘ tizimi tekisliklarga xos bo‘lgan kenglik zonallikni 
va tog‘larga xos bo‘lgan balandlik mintaqalikni o‘zida aks ettirgan. Lekin kenglik
zonalar yoki ularga o‘xshash bo‘lgan landshaft tiplari faqat tog‘ tizimining quyi 
mintaqasida namoyon bo‘ladi. Undan yuqoriga ko‘tarilgan sari iqlimning
o‘zgarishi natijasida balandlik mintaqalarning boshqa turlari birin-ketin almashinib 
boradi. Demak And tog‘ tizimi uchun Evrosiyoning Ural tog‘lariga o‘xshash
landshaft komplekslarining vertikal zonalligidan tashqari tog‘ kenglik zonalligi 
ham xarakterlidir. Jumladan, tekislikdagi nam ekvatorial o‘rmonlar zonasi tabiatiga
tog‘ gileyasi, savanna va siyrak o‘rmonlarlar tabiatiga yilning quruq paytida 
bargini to‘kadigan o‘rmonlar mintaqasi, mo‘‘tadil mintaqasining chala cho‘l zonasi
tabiatiga tog‘ dashtlari to‘g‘ri keladi. 
YUqori mintaqalarda ham kenglik zonallik muayyan ravishda namoyon
bo‘ladi. Ayniqsa tog‘ to‘siqlari tufayli vujudga kelgan kontinental sektorda, 
maydoni katta bo‘lgan tog‘oralig‘i platolarida baland tog‘ landshaftlarining kenglik
zonalligi yaxshi ifodalangan. Gileya zonasining chegarasi taxminan paramos 
mintaqasiga, savanna va siyrak o‘rmonlar chegarasi dasht (xalka) mintaqasiga
to‘g‘ri keladi. Janubroqda tropik va qisman subtropik kengliklarda baland tog‘ 
cho‘li va chala cho‘l mintaqalari, subtropik va mo‘‘tadil kengliklarda alp o‘tloqlari
mintaqasi paydo bo‘lib, eng janubda tog‘ tundrasi bilan almashinadi. 
Binobarin, And tog‘ tizimi shimoldan janubga qarab bir necha iqlim
mintaqalarini va kenglik tabiat zonalarini kesib o‘tganligi tufayli uning turli 
geografik kengliklarda va zonalarda joylashgan qismlari balandlik mintaqalarining
soni, balandlik mintaqa tipi va tarkibiga (spektriga) ko‘ra farq qiladi. And 
tog‘laridagi balandlik mintaqalarining ko‘p yoki kam bo‘lishi asosan ikki xil
sababga bog‘liq: birinchidan tog‘ tizmalarining balandligiga va ikkinchidan 
ularning ekvatorga yaqin yoki uzokda joylashishiga bog‘liq. Masalan, ekvatorga
yaqin joylarda And tog‘larining balandligi 5000-6000 m ni tashkil etadi. Bu erda 
tog‘ etaklari qalin ekvatorial o‘rmonlar bilan qoplangan. Undan yuqoridagi
o‘rmonlarda o‘simlik turlari kamayadi, daraxtlar ancha past bo‘yli bo‘lib o‘sadi. 
SHunday qilib, ekvatorial o‘rmonlar o‘rtacha balandlikdagi tog‘ o‘rmonlari, yana



ham yuqorida baland tog‘ o‘rmonlari bilan almashinadi. Balandlikka ko‘tarilgan


sari o‘rmonlar o‘rnini subalp va alp o‘tloqzorlari egallaydi. Bu o‘tloqlarni mahalliy 
aholi paramos deb atashadi. Paramoslar boshoqli o‘tlar, daraxtsimon gulli
o‘simliklar va butalar bilan qoplangan. Tog‘larning baland qismida qor va 
muzliklardan tarkib toptan nival zona mavjud.
Subtropik iqlim mintaqasida joylashgan And tog‘larida balandlik tabiat 
mintaqalari ancha boshqacha. Subtropik mintaqaning tog‘ etaklarida chala cho‘llar
joylashgan. YUqoriga ko‘tarilgan sari bu mintaqa qattiq bargli, doimiy yashil 
o‘rmonlar va butazorlar mintaqasi bilan almashinadi. Undan balandda bargini
to‘kuvchi buk o‘rmonlari mintaqasi joylashgan. Keng bargli tog‘ o‘rmonlaridan 
yuqorida alp o‘tloqlari tabiatning chiroyiga chiroy qo‘shib turadi. Markaziy And
tog‘larining kengaygan qismida tog‘oralig‘i yassi tog‘liklari joylashgan. Bu yassi 
tog‘liklar Tinch va Atlantika okeanlari ta’siridan tog‘ tizimlari bilan to‘silgan.
Natijada bu erlarda quruq tog‘ dashtlari va chala cho‘llari hosil bo‘lgan. And 
tog‘larining hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Bu erda ko‘zoynakli ayiq, mo‘ynali
shinshilla, yovvoyi lamalar uchraydi. Tog‘larning tik yon bag‘rlarida yirik yirtqich 
qushlardan kondoralar yashaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin