Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Ekvatorial o‘rmonlardan shimol va
janubda subekvatorial o‘rmonlar zonalari joylashgan bo‘lib, ular Braziliya hamda
Gviana yassi tog‘liklarining shimoliy yon bag‘rlarini egallaydi. Braziliya yassi
tog‘ligidagi subekvatorial o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi,
qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. SHu sababli o‘rmonlarda
bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Gviana yassi tog‘ligining shimoliy
yon bag‘rlari sernam musson iqlim ta’sirida bo‘lganligi uchun bu erda qurg‘oqchil
davr ikki oygacha cho‘ziladi. Binobarin, Gviana yassi tog‘ligining shimoliy yon
bag‘rlarida nam musson iqlim deyarli yil davomida barqaror topganligi tufayli
bargini to‘kadigan o‘rmonlar o‘rniga doimiy nam subekvatorial o‘rmonlar vujudga
kelgan, qizil laterit tuproqlar yaxshi rivojlangan. Subekvatorial o‘rmonlarda yiliga
2000-3000 mm yog‘in yog‘adi.
Savannalar zonasi.Janubiy Amerika savannalari Afrika savannalaridan
ancha farq qiladi. Ular subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi nisbatan
atmosfera yog‘inlari kamroq yog‘adigan pasttekisliklarda va yassi tog‘liklarda
tarkib topgan. Materikning shimoliy yarim shardagi savannalarida, o‘tloq tabiat
komplekslarida daraxt o‘simliklar, ayniqsa palmalar va akatsiyalar o‘sadi, janubiy
yarim shardagi savannalarda esa aksincha daraxtlar ahyon-ahyonda uchraydi.
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy qismlaridagi savannalarda iqlim sharoiti
ancha kontinentalroq va qurg‘oqchil bo‘lgani uchun bu erda past bo‘yli siyrak
daraxtlar, daraxtsimon kaktuslar o‘sadi. Savannalarda fasllar yaxshi ifodalangan.
Ayniqsa qurg‘oqchil qish va sernam yoz bir-biridan keskin farq kiladi. Ammo qish
bilan yoz oylarining havo haroratida keskin farq sezilmaydi va o‘rtacha oylik
harorat 20-25°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1500 mm.
Janubiy Amerika savannalarini hayvonot dunyosi Afrika savannalariga
qaraganda uncha boy emas. Bu erda hayvonlardan qichik bug‘ular-mazamlar,
yovvoyi cho‘chqalar-pekarlar, zirhlilar - shox moddadan iborat qalqoni bo‘lgan sut
emizuvchi hayvonlar, chumolixo‘rlar, kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu
tuyaqushi yashaydi. Savannalar zonasining tabiati va landshaft strukturasi xilma-
xil. Bu erda sernam savanna, savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘lga aylangan
savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli savanna kabi ladshaft komplekslari
mavjud.