O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Janubiy Amerikaning regional tavsifi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə238/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Janubiy Amerikaning regional tavsifi 

Janubiy Amerikaning orografik tuzilishi SHimoliy Amerikaga o‘xshash 


bo‘lib, uning g‘arbiy Tinch okean sohili meridian bo‘ylab cho‘zilgan And tog‘i
tizimi bilan band. Materikning sharqiy katta kismi keng maydonlarni egallab 
olgandar biri mustaqil orotektonik strukturaga ega bo‘lgan pasttekisliklardan va
yassi tog‘liklardan iborat. Landshaft komplekslari And tog‘ tizimida kenglik va 
balandlik bo‘ylab o‘zgarib borsa, pasttekisliklarda va baland tog‘liklarda kenglik
bo‘ylab va qisman meridianal yo‘nalishda o‘zgarib boradi. SHuning uchun Janubiy 
Amerika orotektonik tuzilishi va landshaft komplekslarining zonal hamda vertikal
differensiatsiyalanishiga ko‘ra ikkita yirik qismga-pasttekislik va yassi tog‘lik 
tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan sharqiy qismga yoki Andiz SHarqqa va
baland zonal tog‘li tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan g‘arbiy qismga yoki 
Andli G‘arbga bo‘linadi.


Andsiz SHarq 

Janubiy Amerikaning sharqiy qismi er yuzasining morfologik tuzilishi, 


orotektonik xususiyatlari hamda yirik landshaft komplekslarining ichki va tashki
farqlariga ko‘ra bir necha pasttekislik va yassi tog‘lik tabiiy geografik o‘lkalarga 
bo‘linadi. Bular shimoldan janubga qarab quyidagilarni tashkil etadi: Lyanos
Orinoko, Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pasttekisligi, Amazonka pasttekisligi, 
Braziliya yassi tog‘ligi, Markaziy (Ichki) tekisliklar, Kordilera oldi va Pampa
Serralari hamda Patagoniya yassi tog‘ligi. 


Lyanos Orinoko. Lyanos Orinoko yoki Orinoko paettekislish materikning
shimoli-sharqida, Orinoko daryosining chap sohilida, SHimoliy And tog‘lari, 
Gviana yassi tog‘ligi va Guavyare daryosi oralig‘ida joylashgan. Lyanos Orinoko



And tog‘lari bilan Gviana yassi tog‘ligi oralig‘idagi tektonik bukilmada hosil


bo‘lgan pasttekislik. U janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa qarab 1000 km masofaga 
cho‘zilgan, keng joylari 300-400 km ni tashkil etadi. Lyanos Orinokoning katta
qismi Venesuelaga va janubi-g‘arbiy kichikroq qismi Kolumbiyaga qaraydi. 
Lyanos Orinokoning past kengliklarda joylashganligi haroratning yil
davomida yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham harorat yil davomida 
25°-28°S atrofida bo‘ladi. Ammo bu erda yillik harorat deyarli bir xil bo‘lishiga
qaramasdan atmosfera yog‘inlarining yil davomidagi taqsimotda keskin 
seziladigan fasliy farqlar mavjud. Bunday farqlar quruqlik va namlik davrlari
bilan aniq ifodalangan. Har ikkala davrning mudsati va davomiyligi geogafik 
kenglik bo‘ylab o‘zgarib boradi. Qurg‘oqchil vaqtida Orinoko savannalarida
organik hayot sukunatda bo‘lib, yomg‘ir davrining boshlanishi bilan mavsumiy 
sokinlik keskin jonlanadi. Bunday mavsumiy holatlarninng davriy o‘zgarib turishi
savanna landshaftlarining taraqkdyotiga va ularning fasliy dinamikasiga kuchli 
ta’sir etadi. Bu Orinoko pasttekisligi uchun xarakterli xususiyat hisoblanadi.
Lyanos Orinokoda yomg‘ir davri o‘rtacha apreldan oktyabrgacha, quruq 
davr noyabrdan martgacha davom etadi. SHimolda janubiy rayonlarga nisbatap
qurg‘oqchil davr erta boshlanib kech tugaydi, yomg‘ir fasli atigi uch oy davom 
etadi. Qurg‘oqchil davrning uzoq davom etishi shimoli-sharqiy passat
shamollarining shimoliy rayonlarga ertaroq kirib kelishi va ularni kechroq tark 
etishi bilan bog‘liq. Janubga tomon yog‘ingarchilikni ekvatorial rejimga o‘tishi
munosabati bilan yomg‘ir davri bir muncha uzoqroq cho‘ziladi. Bunga sabab 
aksincha, janubdan nam ekvatorial havo massalari kirib kelib, ularning hukmronlik
vaqti uzoq cho‘ziladi. Natijada shimolda yog‘ingarchilik miqdori 750-800 mm ni, 
janubda 1000 mm ni, Meta daryosining o‘rta oqimida va undan janubroqda 1800
mm ni tashkil etadi. Atmosfera yog‘inlari asosan yoz oylarida tushadi. Qishda 
deyarli yomg‘ir yog‘maydi. Yillik yog‘in miqdorining 3% qishning uch oyiga
to‘g‘ri keladi. SHuning uchun ham yog‘ingarchilikning fasliy xususiyatlarini 
hisobga olib Venesuela va Kolumbiyaning mahalliy aholisi yomg‘irli yoz davrini
qish, qurg‘oqchil qish davrini esa yoz deb atashadi. 
Lyanos Orinoko er yuzasining morfologik tuzilishiga ko‘ra ikki qismga
bo‘linadi. Janubdagi balandligi okean sathidan 100-150 m dan oshmaydigan 
pastqam erlar Past Lyanos va shimoldagi balandligi 300-350 m atrofida bo‘lgan,
daryo vodiylari bilan kesilgan platosimon erlar Baland Lyanos deb ataladi. Past va 
Baland Lyanoslar har qaysisi o‘ziga xos, tabiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Jumladan, Baland Lyanosda-qurg‘oqchil davr uzoq davom etadi, yog‘ingarchilik 
nisbatan kam bo‘ladi, o‘simlik qoplamida kserofit siyrak o‘rmonlar va butazorli
savannalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Past Lyanosda yomg‘ir fasli uzoq davom 
etadi, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, qalin va baland o‘tli tipik savannalar
hukmronlik qiladi. YOmg‘ir faslida daryolar to‘lib toshib oqadi. Past Lyanosning 
pastqam joylari suv tagida qolib bir necha o‘nlab kilometrga cho‘zilgan suv
havzasini hosil qiladi. Suv kamaygandan keyin ularning o‘rnida botqoqliklar 
vujudga keladi.
Orinoko pasttekisligi tabiiy geografik o‘lkasi uchun palmaning ikki turi 
xarakterli: quruq joylarda o‘sadigan kopernitsiya turi va nam botqoq hamda suv



bosadigan joylarda o‘sadigan mauritsiya turi. Janubga borgan sari daraxt


o‘simliklarning maydoni kengaya boradi. Janubda palmalardan tarkib toptan 
o‘rmonlar polosasi daryo vodiylari bo‘ylab uzoq masofalarga cho‘zilgan.
Yilning qurg‘oqchil davriga kelib daryolarning rejimi keskin o‘zgarib, suv 
sarfi minimal darajaga kamayadi, suv havzalari sayozlashib, ayrim joylari to‘liq
parlanib ketadi. Qurg‘oqchil davrda suv havzalarining qurib qolishiga shimoli-
sharqdan esadigan quruq passat shamollarining kuchli ta’sir etishidir. Bu davrda
daraxtlar bargini to‘kadi, savannada o‘sadigan o‘tlar qovjirab qoladi. Faqat
daryo vodiylaridagina o‘t va daraxt o‘simliklari O‘rta Osiyo cho‘llarini
kesib o‘tgan daryo vodiylaridagi
to‘qayzorlarga o‘xshab o‘zining yashil holatini 

saqlab qoladi. O‘simliklar ichida qurg‘oqchil sharoitga moslashgan kaktuslarda va


sukkulent daraxtlar keskin biologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. 
Orinoko pasttekisligining tabiati va tabiiy resurslari kam
o‘zlashtirilganligi sababli hayvonot dunyosi yaxshi saqlanganligi va xilma-xilligi 
bilan farq qiladi. Bu o‘lkada yirtqich hayvonlardan puma va yaguar keng tarqalgan.
Ular o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanib tayrim paytlarda uy hayvonlariga ham 
hujum qilib turadi. Daryo vodiylaridagi o‘rmonlarda, botqoqli erlarda tapirlar
yashaydi. Ochiq savannalarda chumolixo‘rlar va qalqondorlar uchraydi. Orinoko
havzasida boshqa hayvonlarga xavf tug‘diradigan va o‘zidan elektr toki
chiqaradigan ugra balig‘i yashaydi. U har qanday yirik hayvonni 300 voltli elektr 
toki bilan urib karaxt qilib qo‘yishi mumkin.
Lyanos Orinoko hududida aholi siyrak joylashganligi va tog‘-kon sanoati 
kam rivojlanganligi sababli landshaft komplekslarining deyarli barcha turlari
o‘zining bokiralik qiyofasini yaxshi saqlagan. Insonning xo‘jalik faoliyati tufayli 
o‘zlashtirilgan erlar juda kam. Tog‘ va yassi tog‘lik etaklaridagi sug‘orilib
dehqonchilik qilinadigan erlarda makkajo‘xori, sholi, paxta va maniok etishtiriladi. 
Banan plantatsiyalari ham barpo etilgan. Ayrim uchastkalarda yaylov
chorvachiligi, ayniqsa ekstensiv qoramolchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin