O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə58/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Geologik tuzilishi 
Yevrosiyoning geologik tuzilishida barcha geologik davrlarda-kembriydan 
oldingi davrdan boshlab to‘rtlamchi davrgacha paydo bo‘lgan metamorfik, otqindi
va cho‘kindi tog‘ jinslari ishtirok etadi. Bu tog‘ jinslari materik hududida g‘oyat 
xilma-xil bo‘lib, ular tektonik harakatlar natijasida bir necha marta o‘zgarishlarga
duch kelgan murakkab geologik hodisalarni o‘zida aks etdiradi. Yevrosiyoning 
hozirgi mavjud
bo‘lgan geologik strukturasining shakllanishida Yer yuzidagi 
ma’lum barcha davr burmalanishlari ro‘y bergan. Bu burmalanishlar natijasida
materiknint asosiy struktura birliklari platformalar, burmalangan tog‘lar, 
geosinklinallar hamda xilma-xil tektonik shakllar vujudga kelgan.
Kembriydan oldingi burmalanish oblastlari. Materikning eng qadimdan 
kontinental rejimga o‘tgan qismi kembriydai oldin vujudga kelgan platformali
strukturalardir. Ularni paleozoy, mezozoy va kaynozoyda hosil bo‘lgan cho‘kindi 
jinslar qoplab olgan. Yevrosiyoning qadimgi yadrolaridan biri Sharqiy YYevropa
yoki Rossiya platformasidir. Bu platforma o‘rta proterozoyda, Kareliya 
burmalanishi davrida shakllangan. Uning g‘arbiy qismi uchun Boltiq va Ukraina
qalqonlari hamda Belorus va Voronej anteklizalari harakterli. Platformaning botiq 
zaminidagi asosiy strukturalar sineklizalardir. Uning g‘arbida Polsha-Germaniya,
Boltiq sineklizalari va sharqda Moskva, Pechora, Kaspiybo‘yi sineklizalari 
mavjud.
Arxey va proterozoyda hosil bo‘lgan kristall jinslar-gneyslar, fanitlar, 
slyudali slaneslar, amfibolitlar, fillitlar, kvarsitlar, qumtoshlar, platformaning
burmalangan, murakkab dislokatsiyalashgan zaminini tashkil etadi. Platformaning 
usti yoshroq, jinslar bilan qoplangan bo‘lib, ular uncha burmalangan emas.



Yoshroq jinslarning qalinlig‘i turli joylarda turlicha bo‘lib, zamin relefining past-


balandligiga bog‘liq. Qadimiy kristall jinslar kalqonlarda va anteklizalarda yer 
yuzasiga yaqin va ayrim joylarda yer yuzasiga chiqib yosa, sineklizalarda 2000-
4000 m, Kaspiybo‘yida esa 10000 m dan ham pastda yotadi. 
Materikning Osiyo qismidagi qadimiy kristall jinsli platformali yadrolar 

Sibir, Xitoy, Arabistov va Hindiston platformalaridan tashkil topgan. Sibir


platformasining geologik tuzilishi va rivojlanib tarixi ko‘p jihatdan Sharqiy 
YYevropa platformasiga o‘xshaydi. Biroq undan farqi shundan iboratki, Sibir
platformasi yuqori proterozoyda shakllangan va 1 mln. km2 dan ziyod maydoni 
trappa magmalari bilan qoplangan. U o‘zining hududiy chegarasi jihatdan O‘rta
Sibir yassi tog‘ligiga to‘g‘ri keladi. 
Platforma zaminining ko‘tarilib turgan katta qismlari Aldan qalqoni,
Anabara massivi, Yenisey va Turuxan balandliklarini tashkil etadi. Uning botiq 
qismlari
Tunguska, 
Vilyuy,
Xatanga

sineklizalaridan


va

Angara-Lena


bukilmasidan iborat. Bu sineklizalar turli xil davrlarda hosil bo‘lgan: Tunguska 
sineklizasi quyi paleozoyda, Xatanga sineklizasi o‘rta paleozoyda va Vilyuy
sineklizasi mezozoyda cho‘kkan. Ularning chuqurligi 6-8 km gacha yetadi. Sibir 
platformasining geologik tuzilishi O‘rta Sibir yassi tog‘ligi yer yuzasining asosiy
xususiyatlarini belgilaydi. 
Xitoy platformasi alohida-alohida Shimoliy Xitoy, Janubiy Xitoy, Tarim,
Tibet kabi barqaror massivlardan tarkib toptan. Bu massivlar ehtimol kembriydan 
oldin bir butun platformani tashkil etgan bo‘lsa kerak. Yevrosiyoning janubiy
qismida joylashgan Arabiston va Hindistoi platformalari geologlarning faraziga 
ko‘ra Gondvana quruqligining parchalangan bo‘laklari bo‘lib, ular paleogenning
oxiri va neogenning boshlarida materikka qo‘shilgan. Bu platformalarning ayrim 
joylarida qadimiy zamin yer yuzasiga chiqib yotib, materikning Osiyo qismida
qalqonlar tizimini tashkil etadi. Bular Arabiston, Sino-Koreya va boshqa 
qalqonlardir.
Osiyodagi platformalar Sharqiy YYevropa platformasidan farq qilib, ular 
harakatchan qadimiy platformalar guruhiga kiradi. Bu platformalar dengiz sathidan
ancha balandda joylashgan bo‘lib, kontinental yotqiziqlarning yuvilib ketish va 
to‘planish jarayonlari harakterli. Osiyo platformalari harakatchan bo‘lganligi
tufayli bu yerda chuqur tektonik yoriqlar faqat qadimiy zaminda sodir bo‘lib 
qolmasdan, ularni qoplab olgan cho‘kindi qatlamda ham yuz beradi. Natijada
magmalar otilib turli yoshdagi trappa formatsiyalarinp hosil qiladi. Jumladan 
Hindiston yarim orolining 1mln km2 maydonini qoplab olgan va qalinligi 3000-
4000 m keladigan trappa magmalari yuqori trias va yura davrida, Arabiston 
platformasining janubi-g‘arbidagi trappa magmalari bo‘r va uchlamchi davrlarda,
Xitoy platformasining janubi-g‘arbidagi trappa mashalari permdan keyin hosil 
bo‘lgan.
Yevrosiyoda kembriydan oldingi burmalanish natijasida vujudga kelgan 
geologik strukgurali oblasglardan tashqari Baykal burmalanishi, paleozoy
(kaledon, gerpin) burmalanish, mezozoy burmalanishi va kaynozoy (alp) 
burmalanishi oblastlari mavjud.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin