orollarigacha davom etadi. Bu mintaqa uchun vulkanik orollar yoyi va chuqur
okean cho‘kmalari harakgerli.
Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog‘ yoylari
shimoldan janubga qarab
kelishda uchta tarmoqni hosil qiladi:
1) Korya-Kamchatka- Kuril,
2) Saxalin-
Yapon orollari,
3) Ryukyu-Tayvan-Filippin orollari. Kamchatka yarim orolidagi
meridian yo‘nalgan Sharqiy
tizmalar tashqi antiklinoriyga, O‘rta tizmalar ichki
antiklinoriyga to‘g‘ri keladi. Bu tizmalar orasida Kamchatka vodiysi joylashgan.
Xuddi shunday Saxalin orolida ham Sharqiy Saxalin va G‘arbiy Saxalin tog‘
tizmalari shu nomli antiklinoriylarga to‘g‘ri kelib, ularni Tim’-Poronay vodiysi
ajratib turadi.
Umuman, Yevrosiyo materigining katta qismini
egallab yotgan eng baland
tog‘ tizimlari, yirik tog‘ massivlari, tog‘liklari va tog‘
tugunlari alp
burmalanishining mahsuli hisoblanadi. Tektonik harakatlar Alp-Himolay va Tinch
okean mintaqalarida hozir ham faol davom etmokda. Bu esa alp tog‘ hosil bo‘lishi
jarayoni o‘zining rivojlanish tarixini hozirgi kunda ham tugatmaganligidan darak
beradi.
Dostları ilə paylaş: