botiqlari tog‘li o‘lkalarda keng tarqalgan. Ayniqsa bu tipdagi relef shakllari
paleozoy va kaynozoy burmalanish zonalarila ko‘p uchraydi.
Yevropaning
talaygina hududi yirik tog‘oralig‘i botiqlari bilan band. Bular Pireney yarim
orolidagi Aragon
na Andalausiya botiqlari, Apennin yarim orolidagi Padan botig‘i,
G‘arbiy Yevropadagi Akvitaniya botig‘i, Markaziy’
va O‘rta
Yevropadagi Parij,
O‘rta Dunay, Sandomej, Transilvaniya, Frakiya tog‘oralig‘i botikdaridir.
Materikning Osiyo qismida yirik tog‘oralig‘i botiqlari asosan Kavkaz, O‘rta
Osiyo, Japubiy Sibir va Markaziy Osiyo tog‘li o‘lkalarida keng tarqalgan . Bu
o‘lkalardagi botiqlarning yer yuzasinl o‘rtacha dengiz sathidan balandigi 300-600
m dan 3500-4200 m gacha yetadi.
Eng baland tog‘oralig‘i botiqlari Pomirda va
Baland Osiyoda joylashgan.
Alp burmalanish zonasida vujudga kelgan Kavkaz tog‘li o‘lkasida Kolxida,
Kura va O‘rta Araks tog‘oralig‘i botiqdari mavjud. O‘rta Osiyo tog‘li ulkasining
katta maydoni Farg‘ona,
Zarafshon, G‘arbiy Tojikiston, Oloy, Issiqko‘l, Talas,
Chuv, Ili, Zaysan va boshqa yirik tog‘oralig‘i botiqlari bilan band.
Janubiy Sibir
tog‘li o‘lkasida uncha baland bo‘lmagan Kuznesk, Minusinsk,
Yenisey-Chulim,
Tuva, Barguzin kabi tog‘oralig‘i botiqlari ko‘pchilikni tashkil egadi. Uzok
Sharqdagi Yuqori Zeya, Zeya-Bureya, O‘rta Amur, Sayfun-Xanka
botiqliklari bir
necha tog‘ tizmalarini bir-biridan ajratib turadi.
Markaziy Osiyoda ham turli xil gipsometrik balandliklarda vujudga kelgan
yirik tog‘oralig‘i botiqlari nihoyatda ko‘p. Bu o‘lkadagi yer yuzasi dengiz sathidan
-154 m past bo‘lgan Turfan cho‘kmasi, juda katta maydonni egallab yotgan Tarim,
botig‘i, balandligi 2700-3000 m atrofida bo‘lgan. Kunlun tog‘ tizimidagi Saydam
botig‘i, Sharqiy Xitoydagi Sichuan botig‘i, G‘arbiy Mongoliyadagi Katta ko‘llar
botig‘i va boshqalar Yevrosiyo materigining relef tuzilishini murakkablashtirishda
alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: