O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə67/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Gobi yassi tog‘ligi. Gobi atamasi mongolcha gov so‘zidan olingan bo‘lib
suvsiz joy degan ma’noni bildiradi. Gobi Markaziy Osiyoning yirik yassi tog‘ligi 
bo‘lib, uning asosiy qismini kristall jinslar tashkil etadi, qolgan hududi dengiz va
kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi tog‘lik dengiz sathidan o‘rtacha 
800-1200 m balandlikda joylashgan. Yer yuzasining relef shakllari qiya



tekisliklardan, keng tog‘oralig‘i vodiylaridan, cho‘kmalardan tashkil togan. Yassi


tog‘likning kamroq maydoni nisbiy balandligi tekislik yuzasidan 1000-1500 m 
ko‘tarilib turgan tog‘lar bilan band. Bu tog‘lardagi ayrim cho‘qqilarnint balandligi
2500 m gacha yetadi va undan ham oshadi. 


Ordos yassi tog‘ligi. Ordos Xitoy platformasi ustida vujudta kelgan yassi
tog‘likdir. Uning hududini bir qismi Ordos sineklizasiga va ikkinchi qismi 
Shanxay anteklizasiga to‘g‘ri keladn. Aksariyat qismining balandligi 1000-2000 m
atrofida Yassi tog‘lik qumtoshlardan, qumli slaneslardan va gillardan tarkib 
topgan. Yer yuzasiniig‘ tuzilishida qum massivlari bilan qoplangan yassi
tekisliklar, uzoq masofata cho‘zilgan pastqam joylar va qiya yon bag‘rli 
balandliklar birin-ketin takrorlanib ko‘pchilikni tashkil etadi. Ahyon-ahyonda
uncha baland bo‘lmagan kryajlar ham uchraydi. Yassi tog‘likning 50% maydonini 
turli xil relef shakllariga ega bo‘lgan qum massivlari egallab olgan.
Tibet tog‘ligi. Tibet tog‘ligi Markaziy Osiyoning janubiy qismida
joylashgan bo‘lib, Yer yuzidagi eng baland va yirik tog‘lik hisoblanadi. Tibetnint 
dentiz sathidan o‘rtacha balandligi 4000-5000 m ni tashkil etadi. Kenglik bo‘ylab
cho‘zilgai tog‘ tizmalarining balandligi 6000-7000 m gacha yetadi. Keng bo‘ylama 
cho‘zilgai pastliklar tizmalarni bir-biridan ajratib turadi. Tibet tog‘ligining
shimoliy va markaziy qismlarini relefi balandligi 4600-5200 m bo‘lgan yassi va 
to‘lqinsimon tekisliklardan hamda balandligi 6000 m dan ziyod bo‘lgan kenglik
bo‘ylab cho‘zilgan, qiya yon bag‘rli tog‘ tizmalaridan iborat. Ayrim tog‘ 
cho‘qqilari uchun al’p tipidagi relef shakllari harakterli. Sina-Tibet va Himolay
tog‘ tizimlariga tutash joylardagi tog‘oralig‘i botiqlarining balandligi 3500 m dan 
oshadi. Chekka tizmaparning yon bag‘rlari tik, kuchli parchalangan, daryo
vodiylari tog‘lari 2000-3000 m chuqurlikkacha o‘yib tushgan. 
Tibet tog‘ligining katta qismi qumtoshlardan, ohaktoshlardan, kvarsitlardan,
gilli slaneslardan tarkib topgan. Granit va gneyslar ham keng tarqalgan. Uning 
poydevorini Xitoy platformasining tarkibiy qismi bo‘lgan Tibet massivi tashkil
etadi. Tibet tog‘ligining shimoliy qismi gersin burmalanishida va janubiy qismi alp 
burmalanishida vujudga kelgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin