Subekvatorial mintaqa. Bu iqlim mintaqasi materikning Janubiy va Janubi-
Sharqiy Osiyo hududi uchuy harakterli bo‘lib, musson iqlim tipi hukmronlik qiladi.
Subekvatorial mintaqada harorat yuqori bo‘ladi, ayniqsa bahor oyi quruq va issiq
keladi, Atmosfera yog‘inlarining yillik taqsimlanishida mavsumiylik yaqqol
seziladi. Qish va bahor quruq, yoz va kuz nam mavsum hisoblanadi. Quruq
mavsum to‘siqlar (barer) soyasida va mintaqaning shimoli-g‘arbida 8-10 oygacha
davom etadi.
ekvatorial mintaqa. Ekvatorial mintaqaga Malakka yarim orolining janubi,
Malay arxipelagi, Shri-Lanka oroli, Filippin orollarining janubiy qismi qaraydi.
Uning iqlimi tipik ekvatorial iqlim hisoblanadi. Bu iqlim tipi uchun yil bo‘yi
yuqori va kam o‘zgaruvchan harorat, mo‘l va bir tekisda yog‘adigan atmosfera
yog‘inlari, quruq davrsizlik, namlikning serobligi kabi xususiyatlar harakterli.
Iqlim tiplari.Yevrosiyoning iqlim tiplari boshqa materiklarga nisbatan
o‘zining xilma-xilligi bilan farq qiladi. Har kaysi iqlim mintaqasida zonal farqlar
tufayli iqlim tiplari hosil bo‘ladi. Ularning soni bittadan tortib bir nechtagacha
bo‘lishi mumkin. Masalai, Arktika iqlim mintaqasida arktik sahrolar iqlim tipi,
subarktika iqlim mintaqasida tundra va o‘rmon-tundra iqlim tiplari bor.
Yevrosiyoning iqlim mintaqalari ichida iqlim tinlarining rang-barangligi bilan
ayniqsa mu’tadil iqlim mintaqasi ajralib turadi. Uning hududida tag‘ga, aralash
o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, mussonli. aralash o‘rmonlar, o‘rmon dasht,
dasht, dala cho‘l va cho‘l iqlim tiplari. mavjud. Subtropik iqlim mintaqasi O‘rta
dengiz bo‘yi, nam subtropik, quruq subtropik va subtropik musson iqlim tiplaridan
tashkil toptan. Xuddi shunday tropik, subekvatorial va ekvatorial iqlim
mimtaqalarining o‘ziga xos iqlim tiplari bor.