orolining janubi) mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson iqlimi vujudga
keladi. Yozda okeandan esadigan mussong havo massalari ko‘p miqdorda
namgarchilik
keltiradi, havo haroratini pasaytiradi. Jala yomg‘irlar uzoq davom
etishi tufayli daryolar toshadi,
ekinzorlarni, qishloqlarnn suv bosadi. Bunga 1998
yil iyulning oxiri va avgustnnng boshida Janubiy Koreada yuz bergan suv toshqini
misol keltirish mumkin. Qishda esa materikdan esgan shamol haroratni keskin
pasaytiradi, yog‘ingarchilikni kamaytiradi. Yanvarning o‘rtacha harorati +4°S dan
+8°S gacha boradi. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 1000 mm dan oshadi.
Tropik mnntaqa. Bu iqlim mintaqasi materikning Osiyo qismi uchun
harakterli bo‘lib, u bir-biridan keskin farq qiluvchi g‘arbiy
va sharqiy sektordan
tashkil topgan. G‘arbiy sektorda (Arabiston yarim oroli, Mesopatamiyaning
janubiy qismi, Eron tog‘ligining janubiy chekkalari) kontinental iqlim hukmronlik
qiladi. Bu iqlimning xususiyati tipik tropik cho‘l iqlim harakteriga ega bo‘lib,
yillik va sutkalik harorat amplitudasi katta. Qishda harorat 0°S
gacha pasayish
mumkin. Atmosfera yog‘inlari juda kam mikdorda tushadi. Umuman namlanish
yetarli darajada smas. Sharqiy okeanbo‘yi sektori (Janubiy Xitoy, Hindixitoy yarim
orolining shimoliy qismi) nam dengaz musson iqlimga ega. Harorat yil davomida,
tog‘li rayonlardai tashqari,
hamma joyda juda yuqori, yog‘ingarchilik ko‘p
yog‘adi, namlanish juda serob.
Dostları ilə paylaş: