jinslari bilan bog‘liq. Platformaning yumshoq cho‘kindi jinslarida neft, toshko‘mir,
yonuvchi slanes, fosforit, osh tuzi kabi konlar hosil bo‘lgan.
Hindiston platformasinnpg foydali qazilmalari ham rang barang. Uning
hududida cheklanmagan miqordagi temir rusi konlari, dunyodagi eng yirik
hisoblangai xromit, toriy, marganes ruda konlari. ishlab to‘ribdi. Bulardan tashqari
titan-magnetit, o‘ran, olmos, oltin, alyumin, magnetit konlari keng tarqalgan.
Kerala shtatining Malabar sohilida uchraydigan titan va sirkoniy sochilma konlari
katta ahamiyatga ega. Hindiston platformasidaga paleozoy yotqiziqlari toshko‘mir
konlariga ham boy. Toshko‘mir konlarining katta zahirasi Damodar daryo
vodiysida joylashgan.
Arabiston platformasining hamma joyi bir hilda tadqiq etilmagan. Uning
O‘rta dengiz
va Fors qo‘ltig‘i sohillari yaxshi o‘zlashtirishgan.
Platformaning
sharqiy qismida Saudiya Arabistonida, Qatarda, Quvaytda, Birlashgan Arab
Amirliklarida va Mesopotamiya bukilmasiniig shimoliy qismida yer yuzidagi eng
yirik neft konlari topilib
ishga tushirilgan. Arabiston
platformasida fosforit,
qo‘ng‘ir kumir, brom, mis rudasi, Kumush, osh tuzi, kaliy tuzi va boshqalar
topilgain.
Sibir platformasida temir, nikel, alyumin ruda konlari ko‘p uchraydi. Platina,
olmos, oltin konlari eng yirik konlardan hisoblanadi Markaziy Yokutistonda
qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz, osh tuzi qazib olinadi.
Paleozoyda burmalangan keksa Ural tog‘ida xilma-xil rudali va
rudasiz qazilma boyliklar nihoyatda ko‘p. Bo‘
yerdan uzoq yillardan beri
temir, nikel, marganes, xromit, mis, alyumin, titan rudalari, platina,oltin, olmos,
magnezit, fosforit
va boshqa yer osti boyliklari qazib olinadi. Uralda, Hindiston
yarim orolida va Shri Lanka orolida turli xil qimmatbaho toshlar-zangori sapfir
(ko‘k yoqut), qizil yoqut konlari bor.
Yevrosiyo volfram, o‘ran, kalay, simob kabi
noyob rangli metallarga ham
boy. Ularning konlari ayniqsa materikning sharqiy qismida Janubiy Sibirda,
Sharqiy Xitoyda, Koreya, Hindi xitoy va Malakka yarim orollarida keng tarqalgan.
Volfram, o‘ran, qalay, sanoatda ko‘p qo‘llaniladi.
Yevrosiyoda cho‘kindi yo‘l bilan hosil bo‘lgan foydali qazilmalar
ham keng
tarqalgan. Ayniqsa bu yerda neft, tabiiy gaz va toshko‘mirning katta. zaxirasi
to‘plangan. Yevrosiyo barcha materiklar orasida neft va. tabiiy gazga boyliti
jihatidan birinchi o‘rinda to‘radi. g‘arbiy (Sibir) tekisligidagi,
Arabiston yarim
orolidagi, O‘rta Osiyodagi neft va tabiiy gaz konlari butun dunyoga mashhur.
Geologlar neftni fakat quruqliklardan emas, balki dengiz shlifida ham topishib, upi
qazib chiqarishmoqda.
Kembriydan oldingi va epigersin platformalari tutashgan zonalardagi
subakval havzalarda toshkumir (karbon) davrida juda katta qalinlikda biogsn
qatlamlar to‘planib, ko‘mir konparini hosil bo‘lishida asosiy manba bo‘lib xizmat
qilgan. Asosiy toshkumir konlari va yirik ko‘mir xavzalari Buyuk Britaniya
(Yorkshir, Janubiy Uels), Fransiya, Belgiya, Germaniya (Rur, Saar) O‘rta
YYevropa, Polsha (Yuqori, Sileziya, havzasi), Ukraina (Donesk xavzasi), Vorkuta
(Pechora havzasi), O‘zbekiston (Ohangaron), Shimoliy - G‘arbiy Xitoy, Buyuk
Xitoy tekisliti va Yaponiya oroldarida joylashgan.
Osh tuzi, glauber tuzi, va kaliy tuzlari sayoz ko‘l va dengizlardagi sho‘r
suvlarning bug‘lanib ketishidan hosil bo‘lgan. Bu tuzlar Kaspiybo‘yi
pasttekisligida,
Turkmanistonning
g‘arbiy
qismida
Qorabo‘g‘ozgo‘lda,
O‘zbekistonning janubida qazib olinadi. Kaliy tuzlaridan kimyoviy o‘g‘it
tayyorlanadi.
Kola yarim orolida apatit-nefelin, mis-nikel konlari bor. Boksit konlari
Qozog‘istonda, Buyuk Xitoy tekisligida, Alp tog‘lari etaklarida uchraydi.