O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə68/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Old Osiyo tog‘liklari. Old Osiyo tog‘liklari. Osiyoning g‘arbiy qismida bir-
biriga tutash joylashgan Kichik Osiyo, Armaniston va Eron tog‘liklaridan tarkib 
topgan. Bu tog‘liklar mintaqasiiing uzunligi g‘arbdan sharqqa qarab 4000 km
masofaga va shimoldan janubga qarab 600-1500 km masofaga cho‘zilgan. 
Umumiy maydoni 3,6 mln km2. Yassi tog‘liklar relefi uchun hududiy yaxlitlik, yer
yuzasining gipsometrik yuksakligi, ichki rayonlarini past tog‘liklar massivi egallab 
olganligi va chekka qismlarini baland tog‘ tizmalari o‘rab olganlik xususiyatlari
harakterli. Ichki yassi tog‘liklarning dengiz sathidan balandligi 1000-2000 m 
bo‘lsa, chekka yassi tog‘liklarning balandligi 2000-4000 m ga yetadi.
Old Osiyo tog‘liklarining harakterli xususiyati shundan iboratki, ularning 
shimoliy va janubiy chekka qismlari yoy shaklida cho‘zilib yotgan bir necha tog‘
tizmalari bilan o‘ralgan. Jumladan, Old Osiyoning shimoliy chekka qismida 
g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib yotgan tog‘ tizmalari Qichik Osiyo tog‘ligida
Pontiya tog‘laridan, Armaniston tog‘ligida Kichik Kavkaz va Eron Ozarboyjoni 
tog‘laridan, Eroy tog‘ligida Elburs, Turkman-Xuroson tog‘ tizmalaridan,



Paropamiz va Hinduqush tog‘ tizmalaridan tarkib topgan. Old Osiyoning janubiy


chekka qismida g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib yotgan tog‘ tizmalari Kichik 
Osiyo tog‘ligida Tavr tog‘laridan, Armaniston tog‘ligida Armaniston Tavri va
Kurd tog‘ tizmalaridan, Eron tog‘ligida Zagros, Makran, Sulaymon tog‘laridan va 
Xaybar tog‘ tizmasi yoyidan tashkil topgan. Materikning janubiy qismida
Arabiston yarim orolida Arabiston tog‘ligi va Hindiston tog‘ligi mavjud. 


Tog‘lar va tog‘ tizimlari. Yevrosiyoning tog‘lari va tog‘ tizimlari ham yassi
tog‘lik va tog‘liklarga o‘xshash Yer kurasining taraqqiyot tarixida birin-ketin yuz 
bergan turli xil burmalanish bosqichlarida vujudga kelgan. Materikning shimoliy
va o‘rta qismlarida joylashgan Skandinaviya, Ural, Birranga, Verxoyansk, 
Cherskiy, Qozog‘iston burmali tog‘lari, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykalorti kabi
burmali-palaxsali va palaxsali tog‘ tizmalari ancha qadimgi tog‘lar hisoblanadi. Bu 
tog‘lar kaledon, tersin va mezozoy burmalanish davrlarida hosil bo‘lib, bir necha
millionlab yillar davomida ekzogen kuchlar ta’sirida kuchli yemirilgan, 
peneplenlashgan va past tog‘larga aylangan. Ulardan ba’zilari, masalan, Tyanshan,
Oltoy, Sayan, Ural tog‘lari keyinchalik yangi tektonik harakatlar natijasida 
qaytadan ko‘tarilgan va yashirgan. Xuddi shunday Markaziy Osiyoning
paleozoyda vujudga kelgan burmali-palaxsali va palaxsali Mongoliya Oltoyi
Kunlun tog‘ tizmalari va uning shimoliy tarmoqlari bo‘lgan Oltintog‘ va Nanshan
tizmalari ham neogen-antropogen davrlarida shiddatli yangi tektonik harakatlar 
natijasida o‘rtacha 3000-4500 m balandlikkacha, ayrim cho‘qqilari 6000-7000 m
gacha ko‘tarildi. 
Yevrosiyoning eng yosh, harakatchan baland tog‘lari va yirik tog‘ tizimlari
alp burmalinish boskichida hosil bo‘lgan. Ular asosan ikkiga mintaqada Alp-
Himolay va Tinch okean mintaqalarida joylashgan. Janubiy YYevropa va Janubi-
G‘arbiy Osiyo bo‘ylab cho‘zilgan Alp, Karpat, Pireney, Andalus, Qrim, Kavkaz, 
Elburs, Zagros, Kopetdog‘, Pomir, Hinduqush, Himolay too‘ tizimlari Alp-
Himolay mintaqaga mansub. Ularning aksariyatini balandligi 5000-6000 m 
atrofida. Ko‘pchilik cho‘qqilarning baland nuqtasi 7000 m dan hatto 8000 m dan
ham oshadi. Jumladan Himolay tog‘ tizmasidagi Jomolungma (Yeverest) cho‘qqisi 
(8848 m), Kanchenjanga cho‘qqisi (8585 m), Dxaulagiri cho‘qqisi (8221),
Qorakurumdagi Chogori (Goudin Osten) cho‘qqisi (8611 m), Hinduqushdagi 
Tirichmirch cho‘qqisi (7690 m) va boshqalar. Bu tog‘larning barchasida alp
tipidagi relef shakllari keng tarqalgan. Baland tog‘ tizmalarining chekka klemlarida 
va flish bukilmalarida vujudaa kelgan Karpat, Bolqon, Apennin, Dinor, Tavr,
Makran kabi tog‘larda tektonik ko‘tarilmalar kam bo‘lgan. Bular o‘rtacha 
balanddikdagi tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning suvayirg‘ich tepaliklari gumbazsimon
shaklga ega. Erozion relef shakllari yaxshi rivojlangan. 
Yevrosiyoning Tinch oken mintaqasiga Osiyoning sharqiy qismidagi Koryak
tog‘ligi, Kamchatkaning O‘rtalik va Sharqiy tog‘lari, Sixote-Alin tog‘larining 
sharqiy qismi, Hindixitoyning g‘arbiy qismida joylashgan Rakxayn tog‘ tizmasi
hamda Saxalin, Xokkaydo, Tayvan, Kalimantan, Sumatra, Yava orollaridagi 
tog‘lar kiradi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin