pasttekisligi platformaning eng chuqur sineklizasida shakllangan akkumulyativ
tekisliklar tipiga kiradi. Uning yuzasi dunyo okeani sathidan -26-28 m pastda
joylashgan. Bu yerda eng yosh dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan,
parchalanmagan mezorelef va mikrorelef shakllari hukmronlik qiladi.
G‘arbiy Sibir pastekisligi. Ural tog‘lari bilan O‘rta Sibir yassi tog‘ligi
oralig‘ida joylashgan G‘arbiy Sibir pasttekisligi
Yer yuzidagi eng katta
tekisliklardan biri hisoblanadi. Uning yer yuzasini tuzilishi Sharqiy Yevropa
tekisligi va Turon pasttekisligi yer yuzasi tuzilishiga nisbatan ancha oddiyligi bilan
farq qiladi. G‘arbiy Sibir past tekisligi epigersin plitasi ustida shakllangan bo‘lib,
uning zaminini dislokatsiyalashgan va metomorflashgan paleozoy yotqiziqlari
tashkil etadi. Tekislikning yuza qatlami esa mezozoy va kaynoeoyning dengiz
hamda kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. G‘arbiy
Sibir hududi dengiz
havzasidan o‘rta oligotsenda ozod bo‘lgan. Yuqori paleogendan qum-gil
kontinental yotqiziqlari to‘plana boshlagan.
G‘arbiy Sibirning umumiy yuza ko‘rinishi botik shaliga ega bo‘lib, uning
o‘rtacha balandligi markaziy qismida 50-100 m ni, Uralyoni qismida va Oltoy tog‘
etaklarida 150-250 m ni tashkil etadi. Yer yuzasining umumiy nishabligi janubdan
shimolga tomon juda sekin pasayib boradi. G‘arbiy Sibir pasttekisligini odatda
to‘rtta yirik geomorfologik oblastga bo‘linadi: 1) Shimoldagi dengiz akkumulyativ
tekisliklar; 2) muzlik
va suv-muzlik tekisliklar; 3) muzlikyoni ko‘l-allyuvial
tekisliklar; 4) janubiy muzlikdan tashqari tekisliklar. Bu geomorfologik oblastlar
to‘rtlamchi davr rivojlanish tarixi, yangi tektonik harakatlarning namoyon bulish
xususiyatlari hamda hozirgi zamon ekzogen jarayonlarning
zonalligi bilan bir-
biridan farq qiladi. G‘arbiy Sibir Yevrosiyo tekisliklari va pasttekisliklari orasida
eng kuchli botqoqlangan region hisoblanadi. Bu o‘lkada botqoqliklar va
botqoqlangan o‘rmonlarning umumiy maydoni 128 mln ga dan ortiq.
Dostları ilə paylaş: