va kaledon burmalanishlarining koldiqlari uchraydi. Gersin burmalanishi ham o‘z
ta’sirini kuchliroq ko‘rsatgan. Ammo, asosiy tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bo‘r
davridagi yangi kimmeriy va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro‘y beradi.
Verxoyana-Chukotka burmalari tizimi Sibirning shimoli-sharqida juda katta
maydonni ishg‘ol etib, uning tektonik rejimi g‘oyat murakkab bo‘lgan. Kimmeriy
harakatlari bu oblastning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz
sathidan yuqori ko‘tardi. Oldingi zamin ustida Verxoyana-Kolima- Chukotka
burmalari zonasi, Kolima o‘rtaliq massivi, Oxota-Chaun
vulkan yoylari tashkil
topdi. Vulkan yoylari antiklinoriy va sinklinoriylardan iborat bo‘lib, ular hozirgi
relef shakllarida o‘zining aksini topgan.
Amur burmalari tizimi mezozoy va uchlamchi
davrning dengiz hamda
kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yerda kembriydan oldingi davr va
paleozoy jinslari yer yuzasiga chiqib yotgan joylar bor.
Turli yoshdagi vulkanik
jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologik jihatdan murakkab tuzilgan.
Uning strukturalari antiklinoriylar, sinklinoriylar va tog‘ oralig‘i vodiylaridan
iborat. Antiklinoriylar
asosini Tukuringra, Jag‘di, Bureya va boshqa tizmalar
tashkil etadi.
Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy
qismlaridagi strukturalar
Hindixitoyning katga qismi, Malakka yarim oroli, Tibet tog‘ligining janubiy qismi,
Qoraqurum tog‘ tizmalari mezozoy burmalanishi natijasida barpo bo‘lgan. Ular
neogen-antropogen davrlarida faol tektonik harakatlarni boshdan kechirganligi
tufayli Yer yuzidagi eng baland tog‘lar tizimi -
Baland Osiyo ana shu zamin
asosida vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: