Mahalliy tog‘ muzliklarining markazlari Alp, Pireneylar, Kavkaz, Karpat,
Tyanshan, Pomir, Oltoy, Hinduqush, Himolay va materikning boshqa tog‘
tizimlarida bo‘lgan va ular besh martagacha takrorlangan.
Materik muzliklari Yevrosiyoning shimoliy qismini relefiga kuchli ta’sir
ko‘rsatgan. Aypiqsa so‘nggi valday muzligining izlari xozirga qadar yaxshi
saqlangan. Muzlar Fennoskandiya va Qutb Urali tog‘laridan surilib tushayotganida
tog‘ jinslarining yuzasini sidirib silliqlagan, parchalangan toshlarni janub tomonga
olib ketgan. Muz erib ketganidan keyin Sharkiy
YYevropa tekisligining va
Osiyoning shimoliy qismlarida ko‘plab morena yotqiziqlarini, keng maydonlarda
qumlarni va lyossimon jinslarni qoldirib ketgan. Morenalar baland tepaliklarni,
uzoq masofaga cho‘zilgan gryadalarni hosil qiladi. Ularning oralig‘ida
pastliklar va
uncha chuqur bo‘lmagan ko‘llar hosil bo‘lgan. Bunday xildagi relef shakllari
morena relefi deyiladi. Materik muzliklari tufayli hosil bo‘lgan morenali relef
shakllari, son-sanoqsiz morena va muz-tektonik ko‘llar Yevrosiyoning shimoliy
regionlarini tabiatiga rang-barang manzara baxsh
etadi hamda bu hududlarning
landshaft strukturasiii yanada ham murakkab tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Relefi
Yevrosiyoning murakkab geologik rivojlanish tarixi va tektonik tuzilishi
materikning yer yuzasini tuzilishida va relef shakllarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z
aksini topgan. Yevrosiyo kontinenta uchun butun Yer yuzida ma’lum bo‘lgan
barcha tektonik strukturalar va relef tiplari harakterli. Uning dengiz sathidan
o‘rtacha balandligi 840 m. Materikning asosiy qismini yirik makrorelef tiplari-
tekisliklar, pasttekisliklar, yassi tog‘liklar, tog‘liklar, tog‘ tizimlari va tog‘oralig‘i
botiqlari tashkil etadi. Ular yoshi va genetik tipi jihatidan turli xil bo‘lgan
strukturalarga to‘g‘ri keladi. Quyida keng tarqalgan
va materikning katta-katta
maydonlarini egallab yotgan makrorelef tiplariga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: