O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə73/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Iqlim mintaqalari 
Yevrosiyo iqlimining geografik kenglik bo‘ylab zonal o‘zgarishi iqlim 
mintaqalarini va iqlim tiplarini vujudga keltiradi. Materikning shimoldan janubga
qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda xilma-xil va 
bu yerda Yer kurasi uchun xos bo‘lgan barcha iqlim mintaqalari-arktika iqlim
mintaqasidan tortib, to ekvatorial iqlim mintaqasigacha mavjud. 


Arktika mintaqasi. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoiing Arktikadagi
orollarini va materikninng Yamal yarim orolidan tortib to Chukotka yarim 
oroligacha cho‘zilgan Shimoliy Muz okeaniga tutashib to‘rgan qismini ishg‘ol
etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo massasi ho‘kmronlik qiladi. 
Harorat yoz oylarida ancha past, iyulning o‘rtacha harorati + 1°; +3°S atrofida
bo‘ladi, qishda esa qattik. sovuqdar uzok davom etadi. Yanvarning o‘rtacha 
harorati g‘arbda -20°S dan sharqda -32°S gacha pasayadi. Mintaqaning yozi juda
qisqa bo‘lib, ko‘tb qo‘yoshi bir kecha oy ufqdan bir oz kutarilib turadi va quruqlik 
yuzasini isita olmaydi. Siklonlar tez-tez takrorlanib to‘radi. Yog‘in miqdori 300
mm atrofida. 


Subarktika mintakasi. Bu iklim mintaqasi uncha katta bo‘lmagan polosani
egallab, Yevrosiyoiing g‘arbida Islandiyadan va Skandiiaviyada Shimoliy ko‘tb 
doirasidan shimolroqdan boshlanadi va sharq tomon bir oz kengayib. Bering
dengizi sohiligacha davom etadi, YYevropaning g‘arbiy, ayniqsa Islandiyaning 
subarktika rayonlari uchun nisbatan mayin qish va salqin yoz qarakterli. Umuman
subarktika mintakdsida iklim Arktika mintaqasiga nisbatan bir oz iliqroq. Yoz 
oylarida o‘rtacha harorat +4°S dan +14°S gacha ko‘tariladi. Yil davomida sovuq
shamollar esib to‘radi. Atmosfera yog‘inlari mintaqaning g‘arbida 400-700 mm va 
sharqida 200-400 mm atrofida tushadi.
Mo‘’tadil mintaqasi. Yevrosiyoning eng keng va katta hajmidagi qismi
mu’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. U gag‘bda Atlantika okeani sohillaridan 
boshlanib, sharqda Tinch okean sohillargacha davom etadi. Minqaning janubiy
chegarasi Biskay qo‘ltig‘ini janubiy qirg‘og‘idan, Qora va Kaspiy dengizlarining 
o‘rta qismidan, Koreya yarim, orolining shimolidan va Xonsyu orolining o‘rtasidan
o‘tadi. Mu’tadil minqada iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan 
keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib toptan kontinental havo
massasi va Tinch okeanidan keladigan musson havosi yetakchi rol o‘ynaydi. 
Shunshgg uchun bu yerda mu’tadil iqlim minqasining dengiz, kontinental va
musson iqlim variantlari hosil bo‘ladi. 
Yevrosiyoiing g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladigan iqlim havo
massalarining tasiri tufayli mu’tadil mintaqaning qishi yumshoq, yozi salqin 
bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0°S atrofida, iyulniki esa 15°, 20°S ga tepg.
Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib to‘radi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1000 
mm dan oshadi. Mumkin bo‘lgan bo‘g‘lanish miqdori esa 800 mm ga yetmaydi.
Shu sababli YYevropaning Atlantikabo‘yi rayonlari uchun serob namlanish 
harakterli. Qo‘yoshli kunlar yozda ham kam bo‘ladi, bo‘lutli va yog‘inli kunlar esa



ko‘p bo‘ladi. Qishda qor kam yog‘adi va tez erib ketadi. Idshmning bunday


xususiyatlari mu’tadil mintaqaning dengiz iqlim variantiga hosdir. 
Sharqda borgan sari Atlantika okeanining ta’siri kamaya boradi, iqslimniig
kontinentalligi orta boradi. Sharqiy YYevropa tekisligida mu’tadil mintaqaning 
dengiz iqlimidai kontinental iqlimga o‘tishdagi o‘tkinchi iqlim varianti hukmronlik
qiladi. Yoz oylari iliq, qish esa sovuq bo‘ladi. Ural tog‘lariga yaqin joylarda kattiq 
sovuqdar tez-tez takrorlanib turadi. Yanvarning o‘rtacha harorati -8°S dan -20°S
gacha pasayadi. Qishda ayozln kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi.Yozda 
yog‘inlar Sharqiy YYevropa tekisligining g‘arbida ko‘p bo‘ladi. Ural tog‘laridan
sharqda mo‘’tadil mintaqaning iqlim sharoiti kontinental havo massalariga bog‘lq. 
Yozda yer yuzasi qattiq isiydi, harorat 25°-30°S gacha ko‘tariladi, qishda esa juda
sovuydi va harorat -50°S, -60°S gacha pasayadi. Dengiz havo massalari bu 
yerdarga nam keltirmaydi, yog‘in 200-300 mm atrofida tushadi. Qishda qor kam
yog‘adi va qattiq sovuq yer yuzasini ancha chuqurgacha muzlatadi. Bunday 
xususiyat mo‘’tadil mintaqaning keskin kontinental iqlim variantiga xosdir.
Mo‘’tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida, Katta 
Xingan tog‘ tizmasidan sharqda, Shimoli-Sharqiy Xitoyda, O‘rta va Quyi
Amurbo‘yi tekisliklarida, Quyi Lrimoreda, Koreya yarim orolining shimolida
Xokkaydo orolida va Xonsyu orolining shimoliy qismida musson iqlim
hukmronlik qiladi. Musson havo massalarining asosiy xususiyati shundan iboratki, 
ular fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘’tadil mintaqaning musson iqlim
variantini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik asosan yoz oylarida bo‘ladi, qishda esa 
aksincha kam tushadi. Musson iqlim faqat mo‘’tadil iqlim mintaqasida emas, balki
subtropik va tropik iqlim mintaqalarida ham mavjud. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin