O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Davlat dasturining birinchi bo‘limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Davlat dasturining birinchi bo‘limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan.SHubhasiz, "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi bu boradagi muhim qadam bo‘ladi. Ushbu hujjat, avvalo, davlat idoralarida xizmatni haqiqatdan nufuzli faoliyatga aylantiradi, davlat xizmatchilarining mehnat haqi va ijtimoiy himoyasi uchun munosib tizim shakllantiradi, yuklatilgan vazifalarning sifatli ijrosi uchun davlat xizmatchilarining javobgarligini oshiradi.

Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini har kuni isbotlashi shart. Davlat funksiyalari va vakolatlarining amaldagi markazlashgan tizimiga barham beriladi. Birinchidan, hukumatning alohida funksiyalari, ayniqsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vazifalari vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkaziladi. Ikkinchidan, tegishli hududda davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslar sifatida barcha darajadagi hokimlarning vakolatlari kengaytiriladi va mavqei mustahkamlanadi.


Bundan pirovard maqsad – hokimlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish va aholi farovonligini oshirishni amalda ta’minlash imkonini beradigan real vakolatlarga ega bo‘lishiga erishish. Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy qilinadi. Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi, ushbu organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi.
Mazkur mexanizm tufayli faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar echimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. SHu orqali "Mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi", degan tamoyil amalda ro‘yobga chiqariladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin