O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

9-bob. Vazirlikning hisobdorligi
46. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
47. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
48. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.


10-bob. YAkunlovchi qoida
49. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
4-ILOVA

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining

TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 5 ta birlik.
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
6-ILOVA

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin