O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa maslahat, konsulttativ ekspert organlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə9/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

3-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa maslahat, konsulttativ ekspert organlari
30. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazir taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;
Vazirlik faoliyatining sohalari bo‘yicha dasturlarning bajarilishi natijadorligini muntazam ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta ko‘rib chiqish;
Vazirlik faoliyatiga oid masalalarni joyida muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
32. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
33. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
34. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
35. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
36. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
37. Vazirlikda tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy-texnik kengash, konsultativ va ekspert guruhlari tashkil etiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin