Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org
2-§. Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining unga idoraviy mansub bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi 26. Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash markaziy apparat bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Vazirlikning markaziy apparat bo‘linmalari idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zining faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:
idoraviy mansub tashkilotlarga topshiriqlarni etkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
bo‘linmalarning bevosita faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlariga so‘rovnomalar yuboradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
monitoring, o‘rganishlar, zaruriyat tug‘ilganda, o‘z vakolati doirasida tekshirishlar o‘tkazadi, Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlaridan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ulardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
28. Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari Vazirlikning markaziy apparati bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
vazirlik topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim qiladi;
ularning faoliyatini monitoring, o‘rganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
vakolatli organlar tomonidan o‘zining faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
29. Vazirlikning markaziy apparati bo‘linmalari va uning idoraviy mansub bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘i bo‘yicha uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar mazkur muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular bo‘yicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.