Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org
4-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari 14. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining (keyingi o‘rinlarda vazir deb yuritiladi) asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompekslari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, ayrim yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini tashkil qilish va ijro etish monitoringi ta’sirchan tizimini tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etishi ustidan shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikning qonun loyihalarini sifatli tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari va idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi bo‘linmalari xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ular sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda, shu jumladan «yagona darcha» prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
15. Quyidagilar vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishi jarayonini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, layoqatliligi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda tadbirlar sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik vazir tomonidan ko‘rib chiqish va imzolash (viza qo‘yish), ular qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik faoliyat sohasiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ular sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida qonunchilik talablariga muvofiq faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
16. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari boshliqlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
bo‘linmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur bo‘linmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
o‘z vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, bo‘linmalar xodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruq hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bo‘linmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash, ularni tasdiqlashga kiritish, unda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bo‘linmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda vazir o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va chora-tadbirlarni sifatli ishlab chiqishni tashkil etish;
bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun o‘rganish va viza qo‘yish, ularning qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
bo‘linma xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanishni ta’minlashga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning ishida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.