O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-MAVZU. O‘ZBEKISTON MILLIY INNOVATSION TIZIMI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə48/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

17-MAVZU. O‘ZBEKISTON MILLIY INNOVATSION TIZIMI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‘paytirishga asoslanadi”.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir, ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘rni katta. SHu bois butun dunyoda yangi va ilg‘or texnologiyalarning bozor qiymati oshmoqda. O‘zbekiston bu borada katta salohiyatga ega. Davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o‘z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo‘naltirayotir.


Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta’sir qilishdan iborat bo‘ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bo‘lib mahsulot yoki xizmatni qo‘llash emas, balki yangi g‘oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida o‘zlashtirishdir.
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlikni chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin.
Fundamental izlanishlar o‘zining harakat dinamikasiga ega. Ular amaliy ishlab chiqarish faoliyati talabiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Fundamental fanlar aksariyat hollarda tub o‘zgarishlarga olib keluvchi ixtirolar va yangiliklar yaratishi mumkin. YArim o‘tkazgichlar, lazer, gen muhandisligi, o‘ta o‘tkazuvchanlik va shu kabilar ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida yangi yo‘nalishlar ochilishiga sabab bo‘ladi. SHunga qaramay, yangi ixtirolar innovatsion jarayonlarning bir bo‘lagi bo‘lishi uchun, bozor chig‘irig‘idan o‘tishi kerak. Fundamental fanning hamma natijalari ham ishlab chiqarishga zudlik bilan tatbiq etilavermaydi (innovatsion jarayonlar aynan ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin