Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish
Patent (lot. patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud boʻlishi zarur.
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi
Patentlash – O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.
“Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz teoremasida keltirilgan qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy samarani emas, balk atrof muhit tozaligi va xavfsizligi masalasini o‘z ichiga olishi shart. Patent berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa yoki burch sifatida berish mumkin”28.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlari uchun patent olishga vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, berganlik hujjatlari va b.) ni rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi. talabnomani chet elga jo‘natadi, chet el patent idorasi bilan (chel eldagi patent olishga patent idorasining ishonchli vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi, Patent idorasi qarorlari, patent olishga vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so‘rovini va tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror va so‘rovlarga javoblar tayyorlashga, shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, appelyastiya va boshqa idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo‘yicha ishlar ko‘rilishida yordamlashadi.