Ilmiy texnika taraqqiyotini boshqarishning davlat siyosati, mohiyati va uning bosh maqsadi
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy tartibga solish quyidagilarni ta’minlashi lozim bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadi:
1) innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va mablag‘larning bu ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar va xususiy shaxslar o‘z daromadlarining sezilarli qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan manfaatdorligi;
2) kooperatsiya bo‘yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning innovatsion g‘oyani tovar ko‘rinishigacha etkazish va soliq to‘lovlarini kamaytirish yoki soliqlardan ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat asosida sotish;
3) innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli kredit olish imkoniyati;
4) ilmiy jamoalarning ham, alohida olimlar va mutaxassislarning ham intellektual mulk huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
5) innovatsion jarayon qatnashchilari va ijrochilarining ham, bu jarayonlarni moliyalashtiruvchi investorlarning ham sug‘urta himoyasi va umume’tirof etilgan ijtimoiy maqomini ta’minlash.
Ilmiy texnika taraqqiyotini boshqarishning huquqiy asoslari va innovatsion siyosat yo‘nalishlari
“Ko‘chirib o‘tkazish” strategiyasi mavjud xorijiy ilmiy-texnika salohiyatidan foydalanish va yangiliklar kiritishni o‘z iqtisodiyotiga ko‘chirib o‘tkazishdan iborat”23.
Bu strategiya birinchi navbatda, YAponiyada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda foydalanilgan, AQSH, Angliya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda talab yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun yuqori samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal tadqiqotlar va loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni mamlakat ichkarisida va jahon bozorida amalga oshirishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklni ta’minlagan o‘zining ilmiy-texnik va ilmiy-islomiy salohiyati yaratilgan.
“O‘zlashtirish” strategiyasi shundan iboratki, arzon ishchi kuchiga tayangan o‘zining yo‘qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan foydalangan holda ilgari sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, kelgusida ishlab
Dostları ilə paylaş: |