O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


O’RTAVAYAQINSHARQDAVLATLARIARXITEKTURASI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

O’RTAVAYAQINSHARQDAVLATLARIARXITEKTURASI 
 
O‘rta va Yaqin Sharq davlatlari O‘rta asrlardagi arxitekturasi feodal ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzum rivojlanishi va yagona din - islom dining keng tarqalishi bilan bog‘liq edi. 
VII asrda Arabiston yarim orolida kuchli musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil 
topadi. Arab xalifaligi yirik bosqinchilik urushlari o‘tkazib, VII - VIII asrlar davomida 
Falastin, Suriya, Mesopotamiya, Misr, Shimoliy Afrika, Piriney yarim orolining janubiy 
qismi, Eron va O‘rta Osiyo davlatlarini zabt etadi. Zabt etilgan barcha davlatlarda islom 
dini keng tarqaladi. Arab xalifaligi poytaxti oldin Madina, keyinroq Makka shahri edi. Zabt 
etilgan joylarda islom dini bilan bir qatorda arab tili va vezuvi ham keng tarqatildi. Buning 
natijasida bir qator arab davlatlari tashkil bo‘ldi. Suriya, Falastin, Iroq, Misr, Tunis, Jazoir, 
Marokash va boshqalar. Bir qator davlatlar - Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston va O‘rta 
Osiyo davlatlari islom dinini qabul qilishadi, ammo til jihatidan bu davlatlar o‘z 
madaniyatini saqlab qoladi. 
Eron va O‘rta Osiyo davlatlari qadimdan yuksak madaniyati va o‘ziga 
sos 
arxitekturasi bilan ajralib kelgan. Arablar bu davlatlarni zabt etib, shu joyda mavjud 
madaniyat va arxitektura yutuqlaridan bahramand bo‘lishadi. Natijada yagona 
xususiyatlarga ega yangi madaniyat va arxitektura shakllanadi. Islom arxitekturasi bino va 
inshootlar turlari, kompozitsion va konstruktiv yechimining o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan 
boshqa arxitekturaviy yo‘nalishlaridan keskin farq qiladi. Diniy inshootlar - masjid, 
maqbara, rninora va madrasalar bilan bir qatorda, jamoat binolari ham keng tarqaladi. 
Jamoat binolaridan yopiq bozorlar, yirik karvonsaroylar, hammom va sardobalar keng 
ko‘lamda quriladi. Musulmon shaharlari ma‘muriy, savdo va madaniyat markazlariga 
aylanadi. Shaharlarda madrasa, maktab, kutubxona, observatoriya va ilmu fan 
rivojlanishiga xizmat qiladigan boshqa binolar quriladi. Shaharlar baland mudofaa 
devorlari bilan o‘ralgan uch qismdan iborat edi: Ark - hukmdorlar qasri va saroylari hamda 
ma‘muriy binolar joylashgan shahar markazi; Shahriston - savdo markazlari va bozorlar, 
masjidlar hamda oddiy xalq yashaydigan uy-joylar joylashgan shahar asosiy qismi; Rabot - 
hunarmandchilik ustaxonalari va dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan aholi yashaydigan 
shaharning atrof qismlari. 


67 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin