ROSSIYADA KLASSITSIZM USLUBI
Rossiyada klassitsizm uslubi - rus milliy arxitekturasining eng rivojlangan davri va
dunyo atxitekturasining yorqin namunalaridan biridir. Rossiyada klassitsizm uslubi uch
bosqichdan iborat: boshlang‘ich davr, to‘iiq rivojlanish davri va so‘nggi davr.
Boshlang‘ich davr 1760-1770-yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda barokko nsiubidan
klassitsizm uslubiga o‘tish amalga oshadi. Bu paytda orderli Kornpozitsiyalar va binolar
mutanosib tuzilishiga bo‘lgan qiziqish kuchayib, shu bilan birga barokko uslubiga xos
plastik-dekorativ vositalar ham ishlatilishi kuzatiladi. Klassitsizm uslubining rivojlanishi
63
Rossiyada iitimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. Shaharlarda yirik ishlab
chiqarish tashkil qilinib, savdo aloqalari rivojlanadi. Shahar hududlari kengayib, aholi soni
tez o‘sa boshlaydi. Buning natijasida yangi turdagi binolarga ehtiyoj kuchayadi.
Shaharlarda savdo, ishlab chiqarish, o‘quv yurtlari va boshqa jamoat binolari qurilishi
ko‘paydi. Xuddi shu paytda shaharlarni qayta qurish loyihalari ishlab chiqildi. 400 dan
ortiq shaharlar uchun qayta qurish loyihalari zamonaviy tavsiyalar asosida tuzildi. Turli xil
binolar «namunaviy» loyihalari ishlab chiqildi. Shaharlar markaziy maydoniari turli jamoat
va ma‘muriy binolar asosida ansambl sifatida shakllandi.
Peterburg shahrida 1760-1784-yillarda qurilgan Badiiy akademiya binosi klassitsizm
uslubining ilk namunalaridan hisoblanadi. Bu binoning arxitektori A.F.Kokorinov bo‘lib,
unga arxitektor Viilen-Delamot hammualliflik qiladi.
Bu davrda qurilgan imoratlardan Peterburgdagi Marmar qasr va Galchinsk qasrlari
o‘zining bosh tarz yechimi bilan ajralib turadi. Binoning tashqi ko‘rinishida korinf orderi
shaklidagi pilyastralar asosiy badiiy ifodalanish vositasi sifatida ishlatilgan. Bu binolar
arxitektor Antonio Rinaldi loyihasi asosida qurilgan.
Klassitsizm uslubining to‘iiq rivojlanish davri 780-1790-yillarga to‘g‘ri kelib,
arxitektorlar V.P.Bajenov, M.F.Kazakov va LYe.Starov ijodiy faoliyati bilan bog‘liq.
V.I.Bajenov mahorati uning eng mashhur loyihasi sanalgan Moskvadagi Katta Kreml
saroyi binosida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu ulkan saroy tarixiy shakllangan Kreml
hududida 1767-1775-yillar oralig‘ida qurildi. Moskva Kremli ansamblining qayta qurish
ishlarini Bajenovning shogirdi M.F.Kazakov davom ettiradi. Kremldagi Senat binosi
M.F.Kazakov loyihasi bo‘yicha 1776— 1787-yillarda qurilgan. Katta gumbaz bilan
yopilgan Senat binosi Qizil maydonga qaratilgan bo‘lib, Kreml ansamblidagi asosiy
kompozitsion markazga aylandi.
M.F.Kazakov loyihasi bo‘yicha 1796-1801-yillarda Moskvada qurilgan Golisin
shifoxonasi binosi klassitsizm uslubining yaqqol namunalaridan hisoblanadi. M.F.Kazakov
loyihasi bo‘yicha qurilgan Ittifoq uyi ham o‘zining ulkan ustunli zali bilan ajralib turadi.
Tantanali marosimlar uchun mo‘ljallangan zal ulkan marmardan yasalgan korinf orderi
bilan bezatilgan.Bu davrda Rossiyada saroy-bog‘ arxitekturasi nihoyat darajada rivojlanadi.
Bu turdagi binolar ansambli bo‘ylama o‘q bo‘yicha rivojlangan kompozitsiya asosida
64
shakllanadi. Bu kompozitsiyaga asoslangan ansambllar tashqi tantanali kirish hovlisi,
markaziy saroy va uning ortidagi bog‘ qismlaridan tashkil topgan.
Peterburgdagi Tavricheskiy saroyi arxitektor I.Ye.Starov loyihasi bo‘yicha 1783-
1789-yillarda xuddi shu kompozitsiya asosida shakllangan. Tavricheskiy saroyi tarh
tuzilishida uch asosiy hajmdan tashkil topib, markaziy qismida tantanali marosimlar zali va
xonalari joylashgan.
V.I.Bajenov loyihasi bo‘yicha 1784—1786-yilIarda Moskva shahrida qurilgan
Pashkov uyi shahar sharoitida qurilgan qasrga misol bo‘la oladi. Bu bino markaziy
kompozitsiya asosida qurilgan bo‘lib, uning tuzilishida asosiy o‘q bo‘yicha joylashgan
bosh bino ajralib turadi.
Markaziy kompozitsiya asosida shakllangan binolardan I.Kameron loyihasi bo‘yicha
qurilgan Pavlovskdagi «Do‘stlik» rotondasi (1780 -1782) alohida e‘tiborga loyiqdir.
Rossiyada klassitsizm uslubining so‘nggi davri XIX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib,
bu davr yirik shaharsozlik ansambllari shakllanishi bilan ajralib turadi. Bu davr
arxitekturasi Peterburgda ishlagan A.N.Voronixin, A.D.Zaxarov, K.P.Rosse, V.P.Stasov
va Moskvada ishlagan O.P.Bovs, D.P.Jilyardi, A.G.Grigoryev ijodiy faoliyatlari bilan
chambarchas bog‘liq.
Peterburg shahrida 1801-1811-yillarda A.N.Voronixin loyihasi bo‘yicha qurilgan
Qozon sobori ulkan va tantanali kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Nevskiy prospektida
joylashgan Qozon sobori balandligi 15 metrli korinf orderidan tashkil topgan ulkan yarim
aylana kollonada va baland gumbaz bilan yopilgan markaziy cherkov binosidan iborat.
Peterburg markazidagi maydonlar ansambli shaklianishida Admiralteystvo binosi
katta ahamiyatga ega. Admiralteystvo binosi arxitektor A.Zaxarov loyihasi bo‘yicha 1806-
1823-yillarda qurib bitkazildi. Admiralteystvo binosining bosh fasadi uzunligi 407 metr,
yon fasad uzunligi 163 metr bo‘lib, balandligi 72 metrni tashkil qiluvchi shpil bilan
bezatilgan.
Arxitektor Toma de Tomon loyihasi bo‘yicha 1804— 1810-yillarda Peterburgda
qurilgan Birja binosi klassitsizm uslubidagi eng mahobatli va mutanosib shaklga ega
binolardan hisoblanadi.
65
Peterburg markaziy maydonlarining shakllanishi 1820-1850-yillarda to‘liq
tugallanadi. Buyuk arxitektor K.I.Rossi loyihasi bo‘yicha Dvorsovaya maydonida 1819-
1829-yillarda Bosh Shtab binosi quriladi. Bu bino yarim aylana shaklida bo‘lib, markaziy
qismida ulkan tantanali peshtoq qurilgan. Peshtoq Qishki saroy o‘qida joylashgan bo‘lib,
shon-sharafli g‘alabalarga bag‘ishlangan haykaltaroshlik asari bilan bezatilgan.
K.P.Rossi loyihasi bo‘yicha Senat maydonida 1829- 1834-yillarda Senat va Sinod
binolari quriladi. Maydon markazida Pyotr I haykali o‘rnatiladi va uning orqa tomonida
Isakiyevskiy sobori qurilishi 1818 — 1858-yillarda amalga oshiriladi. Isakiyevskiy sobori
arxitektor A.A. Monferran loyihasi bo‘yicha qurilib, diametri 21,83 metrli gumbaz bilan
yopilgan. Bu ulkan binoning umumiy balandligi 101,52 metrni tashkil qiladi.
Peterburgda Teatralniy ko‘chasining ansambl shaklidagi loyiha asosida qurilishi
K.P.Rossining eng mashhur shaharsozlik ishlaridan hisoblanadi. 1828-1834-yillarda
shakllangan bu ansambl - Aleksandrinskiy teatri, Anichkov qasri, ommaviy kutubxona va
boshqa binolar yagona loyiha asosida bunyod qilingan.
1812-yildagi Vatan urushi davomida fransuz qo‘shinlari Moskvada katta yong‘in
uyushtirgan edi. 1813-yilda Moskva shahrini qayta qurish komissiyasi tuziladi va yangi
loyiha tayyorlanadi. Turli binolar namunaviy loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalar
klassitsizm uslubiga xos orderli kompozitsiyalarga asoslangan edi. Qadimgi Kreml atrofida
bir necha yirik ansambllar tashkil qilish ko‘zda tutilgan edi. Shunday ansambllardan biri -
Bolshoy teatr va Teatralniy maydoni hisoblanadi. Bu ansambl 1821—1824-yillarda
arxitektorlar A.A.Mixaylov va O.I.Bove loyihasi bo‘yicha quriladi. Katta teatr binosi o‘sha
paytlarda eng yirik binolardan edi.
Moskvada yana bir necha yirik binolar O.I.Bove loyihasi asosida quriladi - Tverskaya
zastavadagi Tantanali darvoza (1827-1834), Novin bulvaridagi N.G.Gagarinlar qasri,
Manej binosi (1824-1825) va boshqalar.
D.I.Jilyardi ham o‘sha paytda Moskvada klassitsizm uslubida bir necha binolarni
loyihalaydi- Opekunlar saroyi (1823-1826), Luninlar qasri (1823) , Naydenovlar qasri
(1829-1831). Bu loyihalar ichida, ayniqsa, Naydenovlar qasri o‘zining aniq va mutanosib
orderli kompozitsiyalari bilan ajralib turadi.
|