O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

 
UYG’ONISH DAVRI ARXITEKTURASI 
XV asrdan boshlab Yevropa davlatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tezlashadi. 
Ayniqsa, shaharlarda hunarmandchilik rivojlanib, turli ishlab chiqarish korxonalari tashkil 
topadi. Savdo-sotiq rivojlanib, dengizlar orqali xalqaro savdo aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. 
Ayniqsa, Italiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlar -Florensiya, Venetsiya, 
Genuya, Milan va boshqalarda kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklari XIV asr oxirlari - XV 
asr boshlarida va u bilan bog‘liq madaniyat rivojlanishi, asosan, hunarmandchilik ishlab 
chiqarishining yuqori darajada rivojlanganligi va shaharlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat 
bilan chambarchas bog‘liq edi. Burjuaziyaning siyosiy hayotga kirib kelishi yangi mafkura 
- gumanizm harakatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Gumanizm mafkurasi o‘rta asrlarga 
xos diniy mafkura va dunyoqarashga qarama-qarshi bo‘lib, ma‘rifatparvarlik va fuqarolik 
huquqlarini himoya qilish g‘oyalari bilan bog‘liq edi. Jamiyatda mavjud dunyoqarashning 
bu tarzda o‘zgarishi madaniyat, adabiyot va ilmu fan sohalarida ham o‘zgarish yasadi. 


46 
Gumanistik harakat birinchi navbatda antik jamiyatda mavjud bo‘lgan g‘oya va aqidalarni 
qayta tiklashga qaratilgan bo‘lib, shuning uchun bu davr madaniyati «Renessans» yoki 
«Uyg‘onish» nomini olgan. 
Uyg‘onish davri madaniyati bir qator ulug‘ arxitektorlar, haykaltaroshlar va rassomlar 
hayoti va faoliyati bilan bog‘liq. Ular jumlasiga Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, 
Bramanje, Brunallesko, Palladio, Vinola va boshqalar kiradi. 
Uyg‘onish davrida arxitektura nazariyasi nihoyatda rivojlanadi. Birinchi navbatda bu 
Qadimgi Rim arxitektura nazariyotchisi Vitruviy asarlarining topilishi bilan bog‘liq edi. Bir 
qator olimlar Vitruviy asarlarini o‘rganib chiqib, shu asosda o‘zlari arxitektura nazariyasini 
yanada rivojlantirishdi. Ular orasida Leon Battista Albertining «Me‘morchilik to‘g‘risida 
o‘nta kitob» nomli asarlari, Andrea Palladioning «Arxitektura to‘g‘risidagi to‘rt kitob» 
nomli va Djakomo Vinolaning «Besh arxitektura orderlarini yasash qoidalari» nomli 
asarlari shaharsozlilk va arxitekturaning barcha sohalarini qamrab olib, amaliy 
ko‘rsatmalarga boy edi. Leonardo da Vinchining bir qator asarlari qurilish mexanikasi 
muammolariga bag‘ishlangan edi. Leonardo da Vinchi va Filaretning bir qator asarlari 
shaharsozlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular markaziy kompozitsiya asosida 
shaharning yangicha tuzilishini taklif qilishgan. Palma-de-Nuova deb nomlangan 
Italiyadagi yangi shahar shu asosda bunyod etilgan. 
Uyg‘onish davri arxitekturasi kompozitsion jihatdan va qurilish konstruksiyalari bilan 
gotika arxitekturasidan keskin farq qiladi. Uyg‘onish davri arxitekturasida order sistemalari 
va badiiy ifodalanish vositalarining antik arxitekturasiga xos an‘analari qayta tiklanadi va 
arxitekturada san‘atlar uyg‘unlashishi, ya‘ni haykaltaroshlik va rassomchilik asarlarini 
arxitektura bilan uyg‘unlashtirish vositalaridan keng foydalaniladi. Roman va gotika 
uslublarining rivojlanishi asosan ibodatxonalar qurilishi bilan bog‘liq. Uyg‘onish davri 
arxitekturasi rivojlanishi ko‘proq fuqarolik va jamoat binolari qurilishi bilan bog‘liq. 
Uyg‘onish davri arxitekturasida bino va inshootlar mutanosibligi, ularning kompozitsion 
jihatdan yuqori saviyada bajarilishi va dekorativ bezak elementlaridan keng foydalanishi 
bilan ajralib turadi. Uyg‘onish davri arxitekturasida gotika karkas tuzilishidan to‘liq voz 
kechilib, uning o‘rniga oddiy va tejamli bino va inshootlar tuzilishiga o‘tiladi. Bu davrda 
binolar devorlari asosan g‘ishtdan yasalib, ustki yopilmasi gumbaz va qobiqlardan 


47 
bajarilgarn. G‘isht devorlar suvoqlar yoki marmar va boshqa toshlar bilan qoplangan. 
Uyg‘onish davri arxitekturasining badiiy ifodalanish vositalari asosan quyidagilardan 
iborat: orderli ustunlardan tashkil topgan arkada; imoratlarda pilyastra va derazalar 
atroflarining o‘simlik va geometrik shakldagi bezaklar bilan bezatilishi; bino tashqi 
devorlarining «rust» shaklida bo‘linishi va bezatilishi; torn yopilmasining oldinga chiqib 
turgan karniz bilan bezatilishi va boshqalar. 
Italiyada Uyg‘onish davri arxitekturasi uch bosqichdan tashkil topgan; erta bosqich - 
XV asr: yuqori bosqich - 1500— 1530-yillar; so‘nggi bosqich - 1530-1580 yillar. 
Birinchi bosqich rivojlanishi asosan Toskana viloyati va uning asosiy shahri bo‘lgan 
Florensiyadagi qurilishlar bilan bog‘liq. Florensiya shahrida XV asr boshlarida boy-
badavlat oilalar tomonidan yangi turdagi turarjoy imoratlari— «pallasso» qurilishi keng 
tarqaladi. Qasr turidagi bu imoratlar 2-3 qavatdan iborat bo‘lib, to‘g‘ri burchakli reja 
asosida qurilgan. Bu binolar simmetrik kompozitsiyaga ega bo‘lib, qavatlar orasidagi 
bo‘linish tashqi ko‘rinishda yaqqol ifodalangan. Derazalar bir xil o‘lchamda bajarilib, aniq 
metrik qator asosida joylashtirilgan Arxitektor Mikelachcho loyihasi bo‘yicha XV asr 
o‘rtalarida qurilgan Medichi pallassosiFlorensiyada Uyg‘onish uslubining ilk 
namunalaridan sanaladi. Bu pallasso ichki hovlisi atrofi ustunlari galereya bilan o‘ralgan. 
Galereya ustida 2 va 3-qavatlarda ham ochiq ayvonlar joylashtirilib, ular orqali turli 
xonalarga kirilgan. Pallassoning ichki tuzilishi o‘zining yengil kompozitsiyasi bilan ajralib 
turadi, tashqi ko‘rinishi esa biroz og‘ir va mahobatli kompozitsiyaga ega. 
L.B Alberti loyihasi bo‘yicha 1404 —1472-yillarda Florensiyada qurilgan Ruchellai 
pallassosi kompozitsion jihatdan boshqa pallassolardan keskin farq qiladi. Bu bino 3 
qavatdan iborat bo‘lib, binoning tashqi ko‘rinishida orderlardan foydalanilgan. 
Pilyastralarga order shakli berilib, har qaysi qavatda turli orderlardan foydalanilgan. 
Florensiyada pallassolardan tashqari boshqa turdagi jamoat binolari qurilishi ham 
keng ko‘Iamda olib boriIgan. Uyg‘onish davri arxitekturasi asoschilaridan biri Filippo 
Brunalleski loyihasi asosida qurilgan Ospedale Innochenti - bolalarni tarbiyalash saroyi bu 
davrning eng yuksak arxitekturaviy yodgoriigidir. Ikki qavatli bu binoning tashqi ko‘rinishi 
yengil va chiroyli ustunli ayvondan tashkil topgan. 1444—1479-yillarda qurilgan bu bino 
Uyg‘onish davri arxitekturasi rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. 


48 
Uyg‘onish davri arxitekturasida markaziy kompozitsion tuzilishga ega ibodatxonalar 
keng tarqaladi. Florensiyadagi Santa Mariya del Fore ibodatxonasi qurilishi 1296-yilda 
arxitektorlar Kambio va Talenti loyihasi bo‘yicha boshlangan, ammo XV asrgacha 
tugallanmagan edi. Binoni tugallash uchun tanlov o‘tkaziladi va bu tanlovda F.Brunalleski 
loyihasi g‘olib deb topiladi. Bu loyiha bo‘yicha diametri 42 metrni tashkil qiluvchi gumbaz 
yopilmasini qurish kerak edi. Gumbaz uchlik shaklida bo‘lib, balandligi 31,3 metr va yoy 
radiusi 36,2 metrni tashkil qiladi. Gumbaz 2 ta qatlamdan iborat bo‘lib, tashqi qatlam 
qalinligi 2,4 - 2,1 metrni tashkil qiladi (qatlamlar qalinligi yuqoriga qarab kamayadi). Ikki 
qatlam orasida bo‘shliq bo‘lib, qatlamlar sakkizta asosiy va 16 ta oraliq devorchalar bilan 
bog‘langan. Gumbaz qurilishi 1420-yilda boshlanib,, 1471-yilda tugallangan. Gumbaz 
bilan birga binoning umumiy balandligi 114,1 metrni tashkil qiladi. Bu gumbaz qurilishida 
qadimgi Eron gumbazlari tuzilishi (Sultoniyadagi maqbara), Qadimgi Rim va Vizantiya 
tajribasidan keng foydalanishdi. Bu gumbaz qurilishi arxitekturaning keyingi rivojlanishiga 
katta ta‘sir ko‘rsatdi. 
F.Brunalleski ijodining yana bir namunasi Passi kapellasi 1430 — 1443-yillarda 
Florensiyada qurilgan. Markaziy kompozitsiya asosida qurilgan bu ibodatxona qurilishida 
order sistemalaridan keng foydalanilgan. Binoning bosh tarzi kolonnalar bilan bezatilgan 
galereyadan tashkil topgan. Kirish peshtoqida 6 ta korinf orderli ustunlar ishlatilgan. 
Venetsiya shahrida XV asrning II yarmida qurilgan San-Marko saroyi arxitektor 
Petro Lombardo loyihasi mahsulidir. Shahar savdogarlari buyurtmasi asosida qurilgan bu 
bino 3 qavatdan tashkil topgan. Birinchi qavatda orderlar asosida ustunli ayvon tashldl 
qilingan. 2 va 3-qavatlarda orderlar pilyastra shaklida bajarilgan. 
Uyg‘onish davri arxitekturasi yuqori bosqichi juda qisqa vaqt -hammasi bo‘lib 30 
yildan iborat. 1500-1530-yillarda Rim shahri madaniyat markaziga aylanadi va bu yerda 
katta qurilish ishlari olib boriladi. Rim shahrida katolizm markazi Vatikan joylashgan 
bo‘lib, bosh rohib - «papa» shu yerda yashaydi. Papa Yuliy II va Lev X davrlarida Rim 
shahrida buyuk me‘molar - Rafael, Mikelanjelo, Bramante, Sangallo va boshqalar ish olib 
borgan. 
Uyg‘onish davri arxitekturasi bu bosqichda mukammal shakl va kompozitsiyaga ega 
bo‘lib, bino va inshootlar ichki va tashqi ko‘rinishida mukammallikka erishiladi. Pallasso 


49 
jamoat binosi sifatida to‘liq shakllanadi va uning ichki hovli ko‘rinishi bilan tashqi 
ko‘rinishi orasidagi tafovut yo‘qotiladi. Orderli kompozitsiyalar aniq bir tizimga tushiriladi 
va mahobatli ifodalanish xususiyati kasb etadi. Shaharlarda aniq reja asosida muntazam 
ansambllar barpo etiladi. Shahar tashqarisida villa -tashqi saroylar qurila boshlanadi va ular 
to‘liq me‘moriy kompleks sifatida shakllanadi. 
Uyg‘onish davri arxitekturasi yuqori bosqichiga arxitektor Anjelo Bramante (1444-
1514) tomonidan asos solinadi. Rim papasi Bramanteni 1499-yilda Milandan Rimga taklif 
qiladi va Vatikan saroyini kengaytirish va qayta qurish loyihasini ishlab chiqishni unga 
topshiradi. Bramante loyihasi bo‘yicha qurilgan Kanchelleria (Devonxona) binosi saroy 
qurilishidagi eng yuksak namunalardan hisoblanadi. Bu inshoot tarh tuzilishida 2 ta ichki 
hovli atrofida ustunli arka bilan o‘ralgan mahobatli va ulug‘vor binolardan iborat. Keng 
ichki hovli, katta va qulay o‘tish zinapoyalari va order ustunlari inshoot tashqi ko‘rinishi va 
hovli ko‘rinishlariga o‘ziga xos ulug‘vorlik bergan. 
Bramante loyihasi bo‘yicha 1502-yilda Rim shahrida qurilgan Tempetto ibodatxonasi 
gumbazii rotonda shaklida bo‘lib, doriy orderi ustunlari bilan ayvon qilib o‘ralgan. Orderli 
ustunlar mutanosibligi, plastikaga boy kompozitsion yechim va badiiy ifodalanish 
vositalarining tektonik jihatdan aniq xususiyatlari bu binoga o‘ziga xos husn bergan. 
Bramante o‘z loyihasi bilan Avliyo Pyotr sobori uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib 
chiqdi. Papa Yuliy II buyurtmasi asosida quriladigan bu ibodatxona Uyg‘onish davrining 
eng katta va eng mukammal inshooti bo‘lishi kerak edi. Qurilish ishlari ko‘lami keng 
bo‘lganligi sababli Bramante hayotligida binoning faqat devorlari va gumbazosti ustunlari 
tugatildi. Pianda Bramante loyihasi bo‘yicha ibodatxona to‘g‘ri to‘rtburchak va uning 
ustiga joylashtirilgan salb shakllaridan iborat edi. Binoning markaziy qismi ulkan gumbaz 
bilan yopilishi kerak edi. Bramante o‘limidan keyin Avliyo Pyotr ibodatxonasi qurilishi 
Mikelanjeloga topshirildi. Mikelanjelo Bramante loyihasiga ozroq o‘zgarishlar kiritadi va 
gumbaz qurilishini asosan oxirigacha yetkazadi. 
Mikelanjelo loyihasi bo‘yicha tugallangan Avliyo Pyotr ibodatxonasi gumbazii 
markaziy kompozitsion tuzilishga ega bo‘lib, bosh fasad qismi korinf orderi ustunlari bilan 
bezatilgan peshtoqqa ega. Binoning tashqi ko‘rinishlari va ichki tuzilishi plastik jihatdan 
yaxshi ishlab chiqilgan va turli dekorativ elementlar- karniz, har xil tasma shakl detallar va 


50 
haykallar bilan bezatilgan. Ibodatxona ichki rangtasviri ya Vatikan loyihalarini rangtasvir 
asarlari bilan bezatish buyuk rassom Rafael Santiga topshirildi. 
Mikelanjelo Florensiya shahridagi San-Lorenso cherkovi qurilishini ham oxiriga 
yetkazadi. Bu cherkov qurilishi Brunalleski loyihasi asosida boshlangan edi. Bu cherkov 
kompleksiga kiruvchi Medichi kappellasi (maqbarasi) Mikelanjelo tomonidan qayta 
qurilib, binoning ichki tuzilishida haykaltaroshlik asarlaridan keng foydalanilgan. Plastik 
jihatdan ordenli ustunlar va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan Medichi kappellasi 
qurilishi 1520-yilda tugatilgan. 
Bu bosqichda Venetsiya shahrida qurilgan binolardan shahar markazidagi Avliyo 
Mark maydonida qad ko‘targan kutubxona alohida e‘tiborga loyiq. Yakopo Sansovino 
loyihasi bo‘yicha qurilgan kutubxona Dojlar qasri qarshisida joylashtirilib, maydon 
umumiy ansambliga uyg‘unlashtirilgan. Ikki qavatli kutubxona binosining bosh tarzi 
orderli arkada bilan bezatilgan. Kompozitsion jihatdan kutubxona binosi yengil ochiq qilib 
ishlangan va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. 
Bu davrda qurilgan pallassolardan Rim shahridagi Farneze pallassosi ajralib turadi. 
Antonio Sangallo loyihasi bo‘yicha 1589-yilda qurilishi tugallangan bu bino mahobatli 
orderli galereya bilan bezatilgan va umuman binoning tashqi kompozitsiyasi tantanali va 
ulug‘vor ko‘rinishga ega. 
Kechki Uyg‘onish davri arxitekturasi (1530-1580) ikki yo‘nalish rivoljanishi bilan 
bog‘liq: birinchi yo‘nalish orderli arxitektura, ya‘ni klassik an‘analar rivojlanishi bo‘lsa, 
ikkinchi yo‘nalish bino va inshootlarning boy qilib bezatilishi, ya‘ni dekorativizmdan 
iborat edi. Bu davrning eng yirik arxitektorlari Djakomo Vinola va Andrea Palladiolar edi. 
Ular birinchi navbatda o‘zlarining nazariy asarlari bilan mashhur cdilar. Vinolaning «Besh 
order qoidalari» va Palladioning «Arxitektura to‘g‘risida to‘rt kitob» asarlaridan to XX 
asrgacha foydalanib kelindi. 
Vinolaning amaliy ishlaridan 1559-yilda Rim shahrida qurilgan Papa Yuliy III villasi 
o‘ziga xos kompozitsion tuzilishi bilan ajralib turadi. 
Papa Yuliy III ning shahar tashqarisidagi hovlisi Vinola tomonidan bo‘ylama o‘q 
bo‘yicha rivojlangan kompozitsiya asosida loyihalanib, asosan ikkita ichki hovli, bog‘ va 
imoratlardan tashkil topgan. 


51 
Vinolaning yana bir mashhur loyihasi bu Rim shahridagi II-Djezu cherkovidir. Bu 
bino Vinola o‘limidan keyin uning shogirdi Djakomo della Porto tomonidan qurib 
bitkaziladi. Bu bino kompozitsion jihatdan bazilika va markaziy gumbazii ibodatxonalar 
tuzilishini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu cherkovda ishlatilgan badiiy ifodalanish vositalari 
ko‘proq dekorativizm yo‘nalishiga asoslanganligi uchun, II-Djezu cherkovi barokko 
arxitekturaviy uslubining ilk namunalaridan sanaladi. 
Andrea Palladioning amaliy arxitekturaviy faoliyati ko‘proq Vichensa shahri bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Andrea Palladio Ioyihalari bo‘yicha Vichensada bir necha pallasso 
binolari va shahar tashqarisida villa binolari qurilgan. 1576-yilda qurilgan pallasso 
Kapitaniato katta kompozit orderli ustunlari bilan ajralib turadi. Binoning birinchi qavati 
katta lodjiyadan iborat bo‘lsa, ikkinchi qavatda asosiy xonalar joylashgan. Orderli ustunlar 
pilyastra shaklida ikki qavatga ko‘tarilgan. 
Palladio villalaridan Vichensa yaqinidagi Rotonda villasi butun dunyoga mashhur 
asarlardan sanaladi. Markaziy kompozitsion tuzilishga ega bo‘lgan bino tarhi kvadrat 
shaklida bo‘lib, uning to‘rt tomonidan orderli kolonnalardan tuzilgan galereya (ayvon) 
bilan bezatilgan. Binoning markaziy qismi gumbaz yopilmaga ega. Bu villa o‘zining 
yuksak kompozitsion tuzilishi, mutanosibligi va shaklining uyg‘unligi bilan kuzatuvchini 
mahliyo etadi. 
Andrea Palladioning ijodiyoti keyinchalik klassitsizm arxitekturaviy uslubining 
shakllanishi va rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. 
Fransiyada Uyg‘onish davri uslubi Italiyaga nisbatan qariyb 100 yil keyinroq, XVI 
asrdan boshlab rivojlangan. Fransiyada bu uslub asosan qirol qasrlari va kyoshklar qurilishi 
bilan bog‘liq. 
Bunday binolardan 1526— 1559-yillarda qurilgan Snambor qirol kyoshki va 
Shantobrian kyoshki ajralib turadi. Parijdagi Luvr qirol qasri XVI asrda arxitektor P.Lesko 
va haykaltarosh J.Gujon loyihasi asosida Sena daryosi bo‘yida qurilgan. P.Lesko 
rahbarligida Luvr qasrining janubiy va g‘arbiy tomonlari qurib bitkaziladi. Luvr qasrining 
tashqi ko‘rinishi arxitekturaviy orderlarning mutanosib shakli va turli diniy syujetlarga 
asoslangan relyefli tasvir bilan bezatilgan. 


52 
Angliyada Uyg‘onish davri arxitekturaviy uslubi XVI asr boshlarida boshlanib, XVII 
asr - sanoat revolyutsiyasi boshlangunga qadar davom etadi. Bu uslubda qurilgan 
binolardan Uollaton-xoll kyoshki XVI asr oxirlarida qurilgan. London shahrida XVII 
asrning birinchi yarmida qurilgan qirolning Uayt-xoll qasri arxitektor Inigo Djons loyihasi 
bo‘yicha qad ko‘tardi. Bu bino tashqi ko‘rinishlari kompozitsiyasi order sistemasiga 
asoslangan. I.Djonsning yana bir ma‘lum loyihasi qirolicha uchun qurilgan Grinvichdagi 
Villa qurilishi bilan bog‘liq. 
Niderlandiyada Uyg‘onish davri uslubi shaharlarda qurilgan turli ishlab chiqarish 
sexlari, turarjoy binolari va jamoat binolari bilan bog‘liq. Jamoat binolari orasida ratusha 
yoki Fransiyada otel-de-vill nomini olgan shahar boshqaruv organlari binolari keng 
tarqaladi. Antverpen shahrida XVI asr o‘rtalarida qurilgan ratusha binosi arxitektor 
Kornelis Floris loyihasiga asoslangan. 
Ispaniyada Uyg‘onish davti arxitekturaviy uslubi asosan XVI asrda keng tarqaladi. 
Ispaniyada bu uslub Mavritaniya musulmon arxitekturasi va gotika uslubining 
uyg‘unlashib rivojlanishiga asoslangan. Ispaniyada Uyg‘onish davri arxitekturaviy uslubi 
plateresko (zargarlik mahorati) nomini qabul qiladi, chunki ispaniyalik me‘mor va ustalar 
binolarning dekorativ bezatilishini zargarona mahorat bilan bajarishgan. Bunday binolarga 
XV asr oxirlarida qurilgan Gvadalaxaradagi gersog Infantado va Sevilya shahrida 1527-
1534-yillarda qurilgan ratusha binolari misol bo‘la oladi. 
1563 - 1584-yillarda qirol Filipp II uchun qurilgan Eskorial qasri arxitektor Xuan 
Battista Erreraning eng yaxshi asari sanaladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin