O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

QADIMGI RUS ARXITEKTURASI 
X asrda Sharqiy Yevropada slavyanlar davlati - Qadimgi Rus tashkil topdi. 
Slavyanlarning pravoslav dinini qabul qilishi Vizantiya bilan bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy aloqalarning kengayishiga olib keldi. Qadimgi Rus madaniyati va arxitekturasi 
Vizantiya ta‘siri ostida shakllandi. 
X - XI asrlarda asosan daryolar bo‘ylarida yog‘och devorlar bilan o‘ralgan Rus 
shaharlari shakllandi. Shahar ichida turarjoy uylari, knyazlar palatalari va boshqa imoratlar 
yog‘ochdan quriladi. Yog‘och Qadimgi Rus arxitekturasi uchun asosiy qurilish materiali 
bo‘lgan. 
Qadimgi Rus ibodatxonalari ham X asrgacha asosan yog‘ochdan qurilgan. X asrdan 
boshlab Vizantiya arxitekturasi ta‘siri ostida salb-gumbazli ibodatxonalar qurilishi keng 
tarqaladi va ular pishiq g‘isht va tabiiy toshdan quriladi. 
X - XI asrlar Kiyev Rusi madaniyati va arxitekturasining rivojlanish davriga aylandi. 
Bu rivojlanish asosan knyaz Yaroslav Mudriyning 1019 — 1054-yillarda davlatni oqilona 


35 
boshqarishi bilan bog‘liq. Bu davrda, ya‘ni 1037-yilda Kiyevda Sofiya sobori, 1036-yilda 
Chernigovda Spaso-Preobrajenskiy sobori va 1045—1052-yfflarda Novgorodda Sofiya 
soborlari qurilgan. Bu ibodatxonalarning hammasi salb-gumbazli kompozitsion usulda 
qurilib, asosiy gumbaz yelkanli konstruksiya asosida, yon xonalar (neflar) silindrik 
gumbazlar bilan yopilgan. Gumbazlar asosan ustunlar va tashqi devorlarga qo‘yilgan. 
Tashqi devorlardagi pilyastralar gumbazlarni tutib turgan. Binoning sharqiy tomonida 
yarim aylana shaklida apsidalar qurilgan. 
Kiyevdagi Sofiya ibodatxonasi eng mahobatli va yirik imorat bo‘lib, 
Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi ta‘siri ostida qurilgan. Bu ibodatxona salb-
gumbazli turda bo‘lib, besh nefdan tashkil topgan. Bino atrofi arkali galereyalar bilan 
o‘ralgan. Binoning tashqi ko‘rinishi zinali shaklga ega bo‘lib, markaziy gumbazga qarab 
ko‘tarilgan. Binoning ichki ko‘rinishlari freska va mozaika bilan bezatilgan. 
Novgorod shahridagi Sofiya ibodatxonasi ham mahobatli va oddiy shakllardan 
tashkil topgan. Bu imorat ham salb-gumbazli kompozitsiyaga ega bo‘lib, planda 5 nefdan 
iborat. Bino asosan simmetrik tarzda baland doiralarga o‘rnatilgan besh gumbaz bilan 
yopilgan. 
XII - XIII asrlarda Rus arxitekturasi asosan uch hududiy maktablar xususiyatlari bilan 
ajralib turadi: shimoliy-g‘arbiy maktab (Novgorod va Pskov), janubiy-g‘arbiy (Dnepr 
bo‘yi va Golisk-Volinsk) va shimoliy-sharqiy (Vladimir va Suzdal). 
Bu davrda arxitektura rivojlanishida 2 yo‘nalish ajralib turadi: birinchisi- yangi 
konstruktiv usullardan foydalanish natijasida binolarning hajm-fazoviy tuzilishiga 
o‘zgartirishlar kiritish; ikkinchisi — salb-gumbazli kompozitsiyani yanada rivojlantirish va 
alohida qismlarni o‘zgartirish. Birinchi yo‘nalish Dnepr bo‘yi maktabiga xos bo‘lib, 
Chernigovda XII - XIII asrlarda qurilgan Pyatnitskiy cherkovi bunga misol bo‘la oladi. 
Bu bino planda uch nefdan iborat bo‘lib, baland doira ustiga o‘rnatilgan bir gumbaz bilan 
yopilgan. Ibodatxona tashqi kompozitsiyasi vertikal o‘q bo‘yicha rivojlangan minora 
shaklida bajarilgan. 
Ikkinchi yo‘nalish Vladimir - Suzdal maktabiga xos bo‘lib, Nerli daryosi bo‘yidagi 
Pokrov ibodatxonasi (1165-yilda qurilgan), Vladimir shahridagi Dmitriy sobori (1194—
1197-yillarda qurilgan) va Uspenskiy sobori (1158-1189- yillarda qurilgan) misol bo‘la 


36 
oladi. Nerlidagi ibodatxona o‘zining yetuk kompozitsion tuzilishi, vertikal yo‘naltirilgan 
pilyastrlar va chiroyli gumbazi bilan ajralib turadi. 
Vladimir shahridagi Dmitriy sobori ham baland doira ustiga o‘rnatilgan gumbaz va 
vertikal yo‘nalishda tuzilgan kompozitsiyaga ega. Dmitriy sobori tashqi ko‘rinishda tosh 
o‘ymakorligi va bezaklari bilan xarakterlanadi. 
Umuman olganda, bu davrdagi rus arxitekturasi oq rangli tabiiy tosmardan qurilgan 
va gumbazlari tilla qoplangan kompozitsion tuzilishi bilan ajralib turadi. Ammo 
shaharlarning asosiy qismini tashkil qiluvchi turarjoy qadimgi an‘analar asosida 
yog‘ochdan qurilgan. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin