RIM ARXITEKTURASIDA BINOLAR VA ARXITEKTURAVIY
ANSAMBLLAR
Rim arxitekturasida shaharning asosiy maydonlari – forumlar hakllanishi alohida
ahamiyatga ega. Forum - bu savdo markazi va xalqyig‘inlari o‘tkaziladigan maydon.
Forum bo‘ylama o‘q bo‘yicharivojlanuvchi kompozitsiyaga ega bo‘lib, bo‘ylama o‘q
bo‘yicha ibodatxona qurilgan. To‘g‘ri burchakli planga ega ibodatxona forum
kompozitsiyasida asosiy element bo‘lib xizmat qiladi. Ibodatxonaning kirish qismi odatda
25
ayvonga ega bo‘lib, bu ayvon kolonnalari ioniy, korinf va kompozit orderlarida bajarilgan.
Rimdagi imperator Troyan forumi arxitektor Apollodor Damsskiy loyihasi asosida
eramizning112-117-yillarida qurilgan. Troyan forumida ibodatxonadan tashqariyana katta
zal - o‘lchamlari 55x159
m
bo‘lgan bazilika va maydonningikki tomonidan simmetrik
tarzda kutubxona binolari qurilgan. Maydonmarkazida Troyan kolonnasi qurilib, uning
balandligi 38
m.
Kolonnaningmarmar yuzasi rmperator Troyanning harbiy yutuqlarini
tasvirlovchiva 2500 figuradan tashkil topgan barelyef bilan qoplangan. Forumgakirish joyi
tantanali Arka inshooti bilan bezatilgan. Tantanali Arka -peshtoqli xotiraviy inshootlar Rim
arxitekturasida keng tarqalgan bo‘lib,Tit arkasi va Konstantin arkasi bunga misol bo‘la
oladi.
Rimdagi yana bir mashhur forum - Romanium forumi ham Troyan
forumiga o‘xshash kompozitsiyaga ega.
Forumlardan tashqari, imperator qasri ham o‘zining arxitek-turaviy-kompozitsion
xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Masalan, imperatorning Palatin qasri ichki
hovli atrofida qurilgan bir necha yirik binolardan tashkil topgan. Asosiy xona - Taxtli zal
29,3 metrli silindrik gumbaz bilan yopilgan va uning balandligi 44 metrni tashkil qilgan.
Rim arxitekturasida amfiteatrlar qurilishi ham keng tarqaladi. Amfiteatrlar asosan
teatrlashtirilgan tomoshalar va gladiatorlar janglari o‘tkaziladigan joy edi. Rimdagi Kolizey
amfiteatri eramizning 75 - 80-yillarida qurilgan bo‘lib, 50 ming tomoshabin o‘rinlariga ega.
Kolizey ellips shakliga ega bo‘lib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchamlari 156x188 metr va balandligi
48,5 metrni tashkil qiladi. Kolizey asosan tabiiy tosh va betondan qurilib, besh qavatli
orderli devor bilan o‘ralgan. Kolizey ichki tuzilishi 80 ta radial (markazga yo‘naltirilgan)
ustunli devordan iborat.
Rim arxitekuturasida Terma binolari shakllanishi alohida e‘tiborga molik. Terma -
shaxsiy gigiyena va sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali
murakkab kompleks. Terma kompleksning asosiy zallari cho‘milish havzalari —
basseynlarga ega. Basseynlar har xil haroratli: sovuq, iliq va issiq suv bilan ta‘minlangan
Rim shahrining o‘zida 11 ta yirik imperator termalari va 800 taga yaqin kicnikroq termalar
qurilgan. Ular orasida eng mashhurlari Karakalla termalari (206 - 216-yillarda qurilgan) va
Diokletian termalari (306-yilda qurilgan)dir. Karakalla termalari 363x535 metr yer
26
maydonida joylashgan bo‘lib, asosiy zal o‘lchamlari 216x120 metrdan iborat. Termalar
zallari asosan beton gumbazlari bilan yopilgan. Termalar asosiy zallaridan biri albatta
aylana shaklida qurilib, gumbaz bilan yopilgan. Karakalla termasining aylana zali diametri
34 metrga teng.
Rimdagi Panteon ibodatxonasining asosiy zali ham aylana shaklida qurilib, diametri
43,2 metrli gumbaz bilan yopilgan. Rotonda turidagi bu ibodatxona arxitektor Apollodor
Damasskiy loyihasi asosida qurilgan. Panteonning sferik shakl gumbazi pishiq g‘isht va
betondan monolit qilib qurilgan va qalinligi 6 metrli devorlar ustiga qo‘yilgan. Panteon
badiiy obrazi katta gumbaz U markaziy kompozitsion tuzilishga ega yagona zal va uning
oldida qurilgan korinf orderli kolonnalardan hosil qilingan. Kolonnalar balandligi 14
metrdandir.
Eramizning IV asrlaridan boshlab Rim arxitekturasida bazilika turidagi binolar qurila
boshlandi. Bazilika to‘g‘ri burchakli bo‘ylama o‘q asosida rivojlanuvchi kompozitsion
tuzilishga ega. Bazilikalar turli yig‘ilishlar va tribunal majlislari o‘tkaziladigan bino bo‘lib,
uning ichki tuzilishi ustunlar yordamida uch yoki besh qismga - neflarga bo‘lingan.
Rimdagi Pyotr bazilikasi va Konstantin bazilikasi bunga misol bo‘la oladi. Konstantin
bazilikasi 312-yilda qurilgan bo‘lib, uch nefdan tashkil topgan. Markaziy nef yon neflarga
nisbatan kengroq, ya‘ni 23,5
m
kenglikda va balandroq -35 metr balandlikka ega bo‘lib,
uzunligi 80
m.
O‘rtadagi nef o‘zaro kesishuvchi ravoqli gumbazlar bilan, yon neflar esa
silindrik gumbazlar bilan yopilgan.
Rim davlatida shaharlar ma‘muriy-madaniy va savdo-hunarmandchilik qismlaridan
tashkil topgan. Shaharlar asosan yunon shaharsozligi an‘analari asosida loyihalanib, to‘g‘ri
burchakli loyihalash asosida qurilgan.
Shahar asosini tashkil qiluvchi turar joy binolari asosan atrium (ichki hovli) atrofida
peristil (ustunli ayvonlar) bilan o‘ralgan shaklga ega.
Turar joyning oldingi qismida usti ochiq atrium joylashib, uning atrofida yashash
xonalari joylashgan.Atriumdan keyin markazida suv havzasi bo‘lgan ayvonli peristil
joylashgan.
Rim davlati shaharlari markazida asosiy maydon-forum joylashtirilib, forum atrofida
turli jamoat binolari - ibodatxona, kutubxona, terma va boshqa binolar joylashtirilgan.
27
Forumdan boshlangan asosiy ko‘chalar kengligi 1 2 - 1 3 metrni, boshqa ko‘chalar
kengligi 2 - 3 metrni tashkil qilgan. Ko‘chalar tabiiy toshlardan tayyorlangan plitalar bilan
qoplangan.
Rim shahrida ko‘p qavatli turar joy binolari ham qurilib, 3 - 4 qavatdan tashkil
topgan va balandligi 1 8 - 2 1 metr bo‘lgan. Bunday binolarning birinchi qavatida odatda
savdo do‘konlari joylashtirilgan.
Rim davlati shaharlarini suv bilan ta‘minlash uchun «akveduk» Mar qurilgan.
Akveduklar, asosan, tabiiy toshlardan ochiq lotoklar shaklida yasalgan. Daryo yoki
boshqa pastqam joylarda akveduklar ravoqli qurilmalar ustidan o‘tkazilgan. Masalan, Rim
shahrini suv bilan ta‘minlaydigan Marsiy akveduki e.a. 144-yili qurilgan.
Rim shahrida qurilgan akveduk texnik va arxitekturaviy jihatdan injenerlik
qurilmalarining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Eramizdan oldingi II asrda qurilgan bu
akveduk Gard daryosini kesib o‘tuvchi joyida uzunligi 275 metr bo‘lgan ravoqli ko‘prik
orqali o‘tadi. Ravoqlarning kengligi 24,5
m
va balandligi 49 metrni tashkil qiladi. Akveduk
ko‘prigi ustunlari va ravoqlari tabiiy toshdan o‘yib yasalgan.
III - IV asrlarga kelib Rim davlatining ijtimoiy va iqtisodiy tanazzuli boshlanadi.
Buning natijasida savdo va hunarmandchilik, madaniyat va san‘at sohalarida ham umumiy
pasayish kuzatiladi. Qurilish to‘xtab qolganligi sababli, arxitektura rivojlanishi ham
to‘xtaydi.
Dostları ilə paylaş: |