32
KAVKAZORTI VA QADIMGI RUS ARXITEKTURASI
Kavkazorti davlatlari — Armaniston va Gurjistonda IV asrdan boshlab feodal
munosabatlari shakllangan va bu davlatlar Vizantiya imperiyasiga siyosiy jihatdan tobe
bo‘lgan.
Armaniston va Gurjiston arxitekturasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu
xususiyatlar Vizantiya arxitekturasiga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. Armanistonda
«Glxatun» va Gurjistonda «Darbozi» deb nomlangan xalq turarjoy
imoratlari markaziy
gumbazli turda qurilib, yog‘och yopilmasiga ega bo‘lgan.
Ibodatxonalar odatda tabiiy toshdan qurilib, ustki yopilmasi sakkiz qirrali doira va
uning ustiga gumbaz shaklida qurilgan. Ravoq va gumbazlar konstruksiyalari V - VI
asrlardan boshlab keng qo‘llanilgan.
IX – XI asrlardan salb-gumbazli ibodatxonalar qurilishi bilan yelkanli ravoqlardan
ham keng foydalanilgan.
XI asrdan boshlab Armaniston va Gurjiston
arxitekturasida gumbazosti
konstruksiyasi sifatida o‘zaro kesishuvchi ravoqlar qo‘llanilgan. Kvadrat shaklidagi planda
4 o‘zaro kesishuvchi ravoq, aylana shaklidagi planda 6 o‘zaro kesishuvchi ravoqdan
foydalanilgan.
Gurjistonning Msxeti shahridagi Djvari ibodatxonasi markaziy kompozitsiya asosida
590—604-yillarda qurilgan. Tepalikda joylashgan ibodatxona o‘zining ko‘p qirrali
gumbazi bilan ajralib turadi.
Armanistonning Echmiadzin shahridagi Ripsime ibodatxonasi ham markaziy
kompozitsiya asosida 618-yili qurilib tugallangan. Tekislikda
joylashgan bu ibodatxona
o‘zining mahobatli peshtoqi va baland 8 qirrali gumbazi bilan ajralib turadi.
Gurjistonning Sromi shahridagi ibodatxona 626-634-yillarda qurilib, salb-gumbazli
kompozitsiyaga ega. Bu ibodatxona markaziy qismi 8 qirrali piramida shaklli gumbaz
bilan, yon qismlari esa kichik o‘zaro kesishuvchi gumbazlar bilan yopilgan.
Armaniston hududida IX - XI asrlarda Bagratiylar davlati shakllanadi va Ani shahri
poytaxt qilib olinadi. Ani shahrida 989 -1001-yillarda qurilgan ibodatxona gumbazli
bazilika turida qurilgan.
33
Jamoa binolari qurilishi monastir komplekslari shakllanishi bilan bog‘liq holda
rivojlanadi.
Monastir komplekslari maktab, kutubxona, mehmonxona va boshqa
imoratlardan tashkil topgan. Masalan, XI -XIII asrlarda qurilgan Sanati monastiri va Axpat
monastiri ibodatxonasi o‘zaro kesishuvchi ravoqlar asosida qurilgan gumbazi bilan ajralib
turadi. ХI asrda shoh David boshchiligida Gurjistonda mustaqil feodal davlatiga asos
solindi. Shu davrda eng katta ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari qurilishi amalga
oshirildi. Masalan, Kutaisi shahrida 1003-yilda
qurilgan Bagrat ibodatxonasi, Mileti
shahrida 1010-1029-yillarda qurilgan Sveti ibodatxonasi, Kutaisi yaqinidagi Gelati
monastiri (1106— 1125-y. da qurilgan) va boshqalar. Ayniqsa, Msxetidagi Sveti
ibodatxonasi badiiy jihatlari bilan ajralib turadi.
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida ibodatxonalar asosan toshdan qurilgan.
Ibodatxonalar gumbazlari ichki tomondan yarim sfera shaklida bo‘lib, sakkiz qirrali doira
ustiga o‘rnatilgan. Devorlar va gumbazlar asosan yo‘nib ishlov berilgan toshlar — tufdan
qurilgan.
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida binolar zilzilabardoshligiga katta e‘tibor
berilgan. Binolar hajm-fazoviy yechimlari kompakt shaklga ega bo‘lib,
binolar yuqori
qismlari yengil konstruksiyalarda bajarilgan. Devorlar oralig‘i zilzilabardosh kamarlar
bilan kuchaytirilgan.
Kompozitsion jihatdan Gurjiston va Armaniston arxitekturasida bino va inshootlar
badiiy ifodalanish vositalarining tabiiyligi va konstruktiv qismlarning haqqoniy
ko‘rsatilishi bilan ajralib turadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, ibodatxonalar markaziy kompozitsiya asosida qurilgan.
Bu kompozitsiya asosida ibodatxonaning markaziy qismida gumbaz o‘rnatilgan va
salb shaklida to‘rt ustun qurilgan. Bino tashqi ko‘rinishida gumbaz asosiy badiiy
ifodalanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Binolarning mutanosib
shakllari konstruktiv
jihatdan haqqoniy ifodalangan yirik toshlar bilan uyg‘unlashgan.
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida salb-gumbazli kompozitsion tuzilishga ega
ibodatxonalarning ikki turi keng tarqaladi. Birinchi turdagi binolarda gumbaz kvadrat
shaklli asosga o‘rnatiladi. Ikkinchi turdagi binolarda gumbaz alohida turgan ustunlarga
34
o‘rnatiladi. Gurjistondagi Samsevrisi ibodatxonasi va Armanistondagi Kamravor
ibodatxonasi birinchi turdagi binolarga taalluqli.
Gurjistonning Sromi shahrida 626 - 634-yillarda qurilgan ibodatxona ikkinchi turdagi
binolarga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu ibodatxona tashqi ko‘rinishida bino salb shaklidagi
tuzilishi va gumbazosti fazo yaqqol ifodalangan. Badiiy va konstruktiv elementlar
uyg‘unlashtirilishi ustalik bilan bajarilgan bu bino tashqi
tabiiy muhit bilan ham
uyg‘unlashgan.
XII asr boshlarida David boshchiligida yagona Gurjiston davlati tashkil topadi va
arxitekturaning rivojlanishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi. Bu davrda Kutaisi
shahrida Bagrat cherkovi (1003-y.), Samtavisi shahrida cherkov (1030-y.), Gelati monastiri
(1106-1125 у.у.) qurilgan.
IX - XI asrlarda Armaniston hududida Bagratiylar davlati tashkil topadi Bu davrda
qurilgan imoratlardan Ani shahridagi ibodatxona (989 -1001-y.y.) va Axpat shahridagi
monastir (1209-y.) alohida ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: