21
o‘zining kengligi va ahamiyati asosida asosiy qilib tanlanib, jamoat markazlari shu
ko‘chalarda joylashtiriladi. Shahar atroflari baland qal‘a devorlari bilan o‘ralib, darvozalar
mustahkamlanadi. Bu davrda shaharlar sopol quvurlar orqali suv bilan ta‘minlanadi va
yerosti kanalizatsiya ariqlari ishlatilgan suvni shahardan tashqariga olib chiqadi. Bu ishlar
natijasida shaharlar obodonchiligi yuqori darajaga yetkaziladi. Aleksandriya, priyena.
Mitet, Olinf, Pergam shaharlari aholisi qariyb 500 ming kishini tashkil qilgan.
Shaharsozlik rivojlanishi, asosan, Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurish va
g‘alabalari natijasida Yunonistonga katta boylik keltirilishi bilan bog‘liq edi. Buning
natijasida esa shaharda joylashgan bino va inshootlar turlarida ham katta o‘zgarishlar
amalga oshiriladi. Savdo markazlari - «agora» atrofi ustunli ayvonlar bilan o‘raladi, shahar
markazida jamoat binolari - yig‘inlar o‘tkaziladigan zal -«bulevteriy», mahalliy hokimiyat
binosi- «bulevteriy»; maktablar, kutubxona binolari mahobatli qilib quriladi. Bino va
inshootlar shakli va kompozitsion tuzilishi boshqa (zabt etilgan xalqlar) arxitekturasi
yutuqlari bilan qo‘shilib, yangicha ko‘rinish hosil qiladi. Klassik order sistemasida ham
o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Doriy order sistemasi o‘rnini ioniy order sistemasi va korinf
order sistemasi egallaydi. Order sistemalarida sharq arxitekturasi uslublari qo‘llaniladi.
Illunizm davrida binoning badiiy xususiyatlari ko‘proq erkin kompozitsiya, antiqa
g‘oyalar va turli haykallar bilan bezatilishi bilan xarakterlanadi. Masalan, Pergam
shahridagi Zevs ibodatxonasi. Bu bino eramizdan avvalgi 180-yilda qurilgan bo‘lib,
binoning pastki devor qismi to‘iliq haykaltaroshlik namunalari bilan bezatilgan.
Afinadagi Shamol minorasi, Bassadagi Appolon ibodatxonasi va boshqa binolarda
order sistemasi ishlatilishida bir qancha yangiliklar kiritiladi. Ustunlar kapiteliga akant
o‘simligi shakli berilgan bo‘lib, natijada korinf order sistemasi yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: