sfinkslariamassalar
haykali burchaklarda o‘rnatilgan. Kirish peshtoqiga moviyrang sopol koshinlari bilan
ishlov berilgan. Umuman olganda, turli rangli koshinlar Yaqin Sharq mamlakatlarida
qadim zamonlardan boshlab keng ishlatilgan.
16
Bobil shahri Yevfrat daryosining ikki qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, shahar ikki qator
baland devorlar bilan o‘ralgan edi. Shaharning asosiy qismi daryoning chap sohilida
joylashgan bo‘lib, Ishtar nomli darvoza orqali shaharga kirilardi. Ishtar darvozasidan
boshlanadigan ko‘cha to‘g‘ri shaharning markaziga - Etemenanka zikkuratiga olib borgan.
Etemenanka zikkurati tarixda Bobil minorasi nomi bilan mashhur bo lib, uning balandligi
90
m,
yerdagi asos o‘lchamlari ham 91.5x91,5 m bo‘lgan.
Qadimgi Eron arxitekturasi Mesopotamiya arxitekturasi an‘analari asosida rivojlandi.
Eron arxitekturasida, ayniqsa, ahamoniylar davri (e.a.Vl - IV asrlar) va sosoniylar davri
(e.a. I - eramizning V asrlari) katta ahamiyatga ega.
Arxitektura tarixida dunyoda birinchilar qatorida ravoqli va gumbazli konstruksiyalar
sosoniylar davrida qurila boshlandi.
Ahamoniylar davridagi eng yirik imorat - bu Persepol shahridagi shoh qasri edi.
Eramizdan oldingi 520 - 460-yillarda qurilgan bu qasr tog‘ yon bag‘rida joylashgan bo‘lib,
450x300 metr hududni egallagan. Qasrning asosiy qismi ko‘p ustunli zal - «apadana»dan
iborat.
Balandligi 20 metrli ustunlar marmar toshlardan o‘yib tayyorlangan. Ustunlar baza va
kapitelga ega bo‘lib, kapitellar yarim ochilgan gullar shaklida bo‘lgan va yuqori qismi
volyuta shaklida ishlangan. Apadana zalini bezatishda turli rangli koshinlardan
foydalanilgan.
Qadimgi Eron arxitekturasining yana bir rivojlanishi sosoniylar davriga to‘g‘ri keladi.
Eramizning 223-yili Firuzobod shahrida qurilgan qasr bunga misol bo‘la oladi. Qasrning
o‘lchamlari 55,5 xl03,5
m
bo‘lib, ichki hovli atrofida qurilgan shohning taxti o‘rnatilgan
zal va shoh yashaydigan ichki xonalardan tashkil topgan.
Ktesifon shahrida qurilgan qasr o‘zining gumbaz va ravoqlari bilan ajralib turadi.
Eramizning V asrida qurilgan qasr ayvonlari balandligi 37 metr kengligi esa 25,63 metrni
tashkil qilgan. Eron arxitekturasida ravoqli va gumbazli konstruksiyalar ishlatilishi misli
ko‘rinmagan darajada rivojlandi. Kvadrat asosli xonalarni gumbaz yordamida yopish juda
keng tarqaladi va keyinchalik bunday usul Kavkazorti va ayniqsa, O‘rta Osiyo
arxitekturasida ham qo‘llana boshlaydi.
|