11
Qadimgi misrliklar inson hayotini va tabiatdagi takroriy o‘zgarishlarni xudolar
boshqaradi, deb ishonganlar. Misrliklar xudolami hayvon boshli odam qiyofasida tasavvur
etganlar. Xudolarning podshosi lochin boshli quyosh xudosi Amon Re hisoblangan.
Fir‘avn esa quyosh xudosining yerdagi farzandi deb hisoblangan. Osiris yer osti dunyo
xudosi, Isida esa yer usti dunyo xudosi deb hisoblangan.
Mastabalar shakli o‘zgarishi bilan zinali piramidalar — ehromlar paydo bo‘ldi.
Sakkaraxdagi Joser piramidasi eramizdan oldingi 2780-yilda qurilgan bo‘lib,
uning
balandligi 60
m,
asoslari esa 109,2x121
m.
Qadimgi podsholik davrining eng yirik yodgorligi - Gizadagi ehromlar kompleksi
Xeops, Xefren va Mikerin ehromlaridan tashkil topgan va eramizdan oldingi 2900 - 2700-
yillarda qurilgan. Ehromlari chida eng kattasi Xeops ehromi bo‘lib, uning balandligi
147
metr, kvadrat asosining bir tomoni uzunligi 230 metrni tashkil qiladi. Xeops piramidasi
dunyodagi yetti mo‘jizadan biri deb tan olingan. Darhaqiqat, u yaxlit va yetarli darajada
mustahkam inshoot bo‘lib, 2.300.000 ta tosh bloklaridan ishlagan. Har bir blok o‘rtacha 2,5
tonna og‘irlikda bo‘lgan. Piramidaning ichida bir nechta bir-biri bilan chalkash yo‘llar bor
bo‘lib, ulardan biri shohning jasadi qo‘yilgan xonaga olib boradi. piramida o‘lchovlarining
katta bo‘lishiga qaramasdan, ulkan inshoot shimol, janub, sharq va g‘arb tomonlarga aniq
yo‘naltirilgan.
Xefren ehromining balandligi Xeopsga nisbatan 8 metr pastroq, ya‘ni 139 metr
bo‘lib, Mikerin ehromining balandligi esa Xeopsga nisbatan qariyb 2 marta pastroqdir.
Piramidalar kompleksi yaqinida toshdan o‘yilgan sfinks — tanasi odamning shakli, kallasi
esa arslon shaklida ishlangan, balandligi 20 metrni tashkil qiluvchi haykal joylashgan.
O‘rta podsholik davriga kelib, ulkan piramidalar qurilishi to‘xtaydi. Buning asosiy
sabablaridan biri fir‘avnlar siyosiy boshqaruvining sustlashishi edi.
Bu davrga kelib
ibodatxonalar qurilishi keng tarqaladi.
Eramizdan avvalgi 2400-yilning boshlarida Misr davlati inqirozga yuz tutadi.
Oqibatda mamlakat bir necha yarim mustaqil viloyatlarga bo‘linadi.
Monumental arxitekturada piramidalar qurilishi o‘rta podshohlik davrida ham davom
ettiriladi. Ammo shakl jihatidan ham, masshtabi jihatidan ham Qadimgi podsholik
davridagi piramidalardan ancha kichik va kam dabdabali bo‘lgan.
12
Piramidalar balandligi 65 metrdan oshmagan. Ularning o‘lchamlari haddan tashqari
kichik bo‘lsa-da, ichki bo‘linishlari aricha keng bo‘lib, odatda go‘rxona va ziyoratxona
kabi qavatlarga bo‘lingan.
O‘rta podsholik davrida dafn etish uchun qoyalarda maqbara yasash keng tarqalgan.
Bu o‘rinda o‘zining orderli ustunlari bilan mashhur bo‘lgan Beni- Hasandagi maqbaralar
juda xarakterli. Maqbaraga kiraverishda o‘rnatilgan ikki ustun
yunonlarning ustunlarini
eslatadi. Shu boisdan bu ustunlar - «protodorik», ya‘ni doriy uslubidagi ustunlar deb
nomlanadi.
O‘rta podsholik davrida Misr arxitekturasida bir necha shakllar kashf etildi, lekin u
Qadimgi podsholik davriga nisbatan yuqori bosqichga ko‘tarila olmadi. O‘rta podsholik
eramizdan avvalgi 1700-yilga kelib tamom bo‘ldi.
Yangi podsholik davriga asos solgan fivalik hokimlar o‘z poytaxtlarini Fiva shahrida
(Yuqori Misr) tashkil etdilar. 2500 yil mobaynida bu shahar dunyoning eng ulug‘ va
muqaddas markaziga aylandi. Fivaning xudosi Anion Re alohida va muhim rol o‘ynay
boshlaydi va u Misrning asosiy xudosi deb tan olindi. Endi u boshiga quyosh toji kiygan,
tuyaqushning ikki dona pati bilan ulug‘langan chavandoz sifatida tasvirlandi.
Fiva shahrida ulkan qurilishlar boshlandi. Fir‘avnlarning dabdabali saroylari va
oqsuyaklarning serhasham qasrlari qad ko‘tardi. Shunday qasrlardan biri Dayr el-Baxri
degan joyda Malika Xashtepsut tomonidan qurdirilgan Xashtepsut ibodatxonasi ham shu
davrning hashamatli imoratlaridan bo‘lgan.
Bu bino qoyalar yaqinida, uch tepalikda
joylashtirilgan. Bu bino arxitekturasining yaxlitligi atrofdagi sarbaland tog‘lar orqali
seziladi. Ibodatxonaga uzun yo‘l orqali boriladi. Yo‘lning ikki tomonida ham balandligi 10
metr bo‘lgan sfinkslar o‘rnatilgan.
Karnak shahrida ham ulkan qurilishlar olib boriladi. Jumladan, Quyosh xudosi Amon
Re ibodatxonasi shu davrning eng mashhur yodgorliklaridan biri.
Eramizdan oldingi 1700-yildan boshlab Yangi podshohlik davri boshlanadi. Bu
davrda arxitekturaning rivojlanishi Karnak shahrida olib borilgan qurilishlar bilan bog‘liq.
Karnakdagi Amon Re xudosiga bag‘ishlangan ibodatxona ulug‘likda yagona еdi.
Ibodatxona uzunligi 103 metr, eni 52 metrdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni
5000
kv
metrni tashkil etgan. Ibodatxona tomini har bir qatorda 10 tadan 16 qator ustun
13
ushlab turadi. Gipostil xonaning markaziy qismi 6 tadan 2 qator
ustunlar bilan alohida
ajratilgan. Bu ustunlar diametri 3,4 metr, balandligi esa 20,4 metrga teng. Bu ustunlarning
ulkanligi shu darajadaki, ularning qarshisida inson nihoyatda kichik ko‘rinadi. Markazdagi
ustunlarning kapitellari papirusning ochilgan gullari ko‘rinishida bo‘lib, yon
tomondagilarning kapitellari esa hali ochilishga ulgurmagan g‘unchani eslatadi. Yon
qatordagi barcha ustunlarning balandligi 16 metrga teng.
Ibodatxona bo‘ylama o‘q bo‘yi va rivojlanuvchi kompozitsiya asosida qurilgan.
Kompozitsiyaning asosiy elementlari esa bosmdan-oxirigacha, ya‘ni ibodatxonaga olib
boruvchi sfinkslar hiyoboni, kirish peshayvoni - Pilon, Peristil shaklidagi ichki ochiq hovli,
usti yopiq Gipostil xonasi va yarim qorong‘i sig‘inish xonasi simmetrik tuzilishga ega.
Binoning o‘ng tomonidagi qismlari uning chap tomonidagi qismlariga tamomila mos
bo‘lib, hammasi asosiy bo‘ylama harakat o‘qiga bo‘ysundirilgan.
Ibodatxona
arxitekturasida yorug‘lik katta rol o‘ynagan. Quyosh nuri bilan yoritilgan ochiq hovlidan
yarim gipostil xona orqali o‘tib, muqaddas sanalgan qorong‘iroq xonaga va nihoyat,
xudoning haykali turgan butunlay qorong‘i sig‘inish xonasiga o‘tiladi. Xuddi shu tartibda
ibodatxonaning balandligi ham sig‘inish joyi tomon pasayib boradi.
Dostları ilə paylaş: