O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s
ANTIK ARXITEKTURA. QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI Qadimgi Yunon va Rim sivilizatsiyalari antik dunyo deb tan olinib, eramizdan
avvalgi XII - VIII asrlardan eramizning IV - V asrlarigacha mavjud bo‘lgan.
Qadimgi Yunon Bolqon yarim orolining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, alohida
va mustaqil shaharlardan tashkil topgan edi. Yunon polislari dunyo tarixida birinchi
demokratik respublikalar edi, chunki barcha fuqarolar bir xil huquqqa ega edi.
1.
Qadimgi Yunon arxitekturasi uch davrdan iborat:
2.
Arxaika davri (eramizdan avvalgi VIII - V asrlar).
3.
Klassika davri (eramizdan avvalgi 480 - 320- yillar)
4.
Ellinizm davri (eramizdan avvalgi 320-yil - eramizning I asrigacha).
Qadimgi Yunoniston geometriya, mexanika, statika kabi fanlarningvatani bo‘lib, bu
fanlar asosida injenerlik, ayniqsa, qurilish injenerligi rivojlanadi. Qurilish injenerligi
yutuqlari shaharlar, ko‘priklar, to‘g‘onlar va boshqa inshootlar qurilishida keng
qo‘llaniladi. Qurilishda asosan xom va pishiq g‘isht, tabiiy tosh qo‘llanilgan. Bino va
inshootlar yopilmasi asosan yog‘ochdan bajarilgan. Qadimgi Yunon arxitekturasida ustunli
konstruksiyalardan foydalanilgan.
Yunon ustunli konstruksiyalari asosida yangi tektonik tizim yaratilib, bu tizim badiiy
jihatdan yetuk kompozitsiya va konstruktiv jihatdan mustahkam tashkil qilingan. Order
(yunonchasiga - «tartib» ) deb nom olgan bu tizim oldin yog‘ochdan, keyinchalik esa
tabiiy toshlardan yasalgan konstruksiyada o‘z ifodasini topgan. Yunon arxitekturasidagi
klassik order binolarning yuk ko‘taruvchi va ustki yopilmalari orasidagi bog‘lanish va
tartibini belgilaydi. Qadimgi Yunon arxitekturasida bunday tizim alohida turuvchi ustunlar
va ular ustiga qo‘yiladigan yopilma -«antablament»dan iborat. Ustunlar o‘z navbatida
poydevor «baza»ga ega.
Klassik order tektonik tizimining ikki qismi - badiiy va
konstruktiv qismlari o‘zaro uyg‘unlashtirilib, mutanosib shakllarga keltirilgan.
Mutanosiblikning asosiy elementi modul o‘lchov birligi yaratilgan.
Uyg‘unlashtirish natijasida ikki order -