24
Rim doriy orderi yunon doriy orderiga nisbatan nafisroq qilib ishlangan va chiroyli
baza ustiga qo‘yilgan.
Rim ioniy orderi shakli va nisbatlari bo‘yicha yunon an‘analariga to‘liq amal qilgan
holda ishlatilgan.
Korinf orderi Rim arxitekturasida eng ko‘p tarqalgan order turiga aylandi. Bu order
nafis nisbatlari va chiroyli kapiteli bilan ajralib turadi.
Kompozit orderi Rim arxitekturasida ishlab chiqildi va o‘zida ioniy va korinf orderlari
xususiyatlarini birlashtirdi.
Rim arxitektorlari binoning kichik yoki kattaligiga qarab hamda bino obrazini badiiy
ifodalash vazifalariga qarab tantanali va ulug‘vor yoki unga teskari oddiy va mahobatli
qilib ko‘rsatish uchun orderlarning turli xilidan foydalanishgan. Masalan, toskan va doriy
orderlari asosan kichik va ahamiyatga ega bo‘lmagan binolarda ishlatilgan, ammo korinf
va kompozit orderlari esa tantanali va dabdabali jamoat binolari qurilishida ishlatilgan.
Rim arxitekturasida «orderli arkada» nomli yangi tektonik tarkib keng tarqaladi. Bu
sistemada ustunlar yuk ko‘taruvchi konstruksiya sifatida emas, faqatgina bezatuvchi
element sifatida xizmat qiladi. Ko‘p qavatli binolarda orderli arkadaning birinchi qavati
toskan yoki doriy orderlaridan, yuqori qavatlari esa ioniy va korinf orderlaridan bajarilgan.
Rim arxitekturasida ustunli-ravoqli arkada yangi tektonik va konstruktivsistema
sifatida keng tarqaladi. Bu konstruktiv sistema tarqalishi, asosan, Sharq
mamlakatlanarxitekturasi ta‘siri ostida amalga oshadi. Bu turdagi konstruksiya Splitdagi
Diokletian qasri va Efesdagi Adrian ibodatxonasida birinchi marta ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: