FEODALIZM DAVRI ARXITEKTURASI. VIZANTIYA ARXITEKTURASI
IV asr oxirida, ya‘ni 395-yildaRim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy qismlarga
bo‘linadi. Bu hodisa bilan feodal ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga asos
solinadi. Rim imperiyasining tarqalishi bilan Qadimgi dunyo tarixiga xotima beriladi.
Quldorlik jamiyati tugatilishida xristian (nasroniy) dinining keng tarqalishi ham katta
ahamiyatga ega Xristian dini imperatorlik hokimiyati tomonidan 313-yilda tan olindi va
382-yildan boshlab davlat dini sifatida e‘tirof etildi.
Insoniyat tarixida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish sohalarida yangi davr
boshlandi. Bu davr feodal munosabatlarining shakllanishi bilan bog‘liqdir. Feodal
28
munosabatlari imperiyaning sharqiy qismi – Vizantiyada tezroq shakllana boshladi.
Imperiya poytaxtining 330-yilda o‘rindan Bosfor dengizi bo‘yiga - Konstantinopol (hozirgi
Istanbul) shahriga ko‘chirilishi ham bu jarayonlarga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi.
Vizantiya madaniyati va arxitekturasi antic madaniyat an‘analari va sharq davlatlari
madaniyati ta‘siri ostida shakllana bordi. Vizantiya arxitekturasi va Sharq arxitekturas
ielementlari uyg‘unlashadi.
Feodal davri arxitekturasida umuman olganda uch asosiy tipologik xususiyatni
ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.
Mustahkam devorlar bilan o‘ralgan shahar va qal‘alar qurilishi.
2.
Monastir komplekslari qurilishi.
3.
Asosiy diniy inshoot - ibodatxonalar qurilishi.
Feodal davri - o‘rta asrlarda din tarqalishi bilan ibodatxona va boshqa diniy
komplekslar qurilishi keng tarqaladi va bu turdagi binolar jamoat binolari orasida yetakchi
o‘rin tutadi. Bunday binolar diniy marosimlar o‘tkazilishi bilan bir qatorda jamoat
yig‘inlari o‘tkazish uchun ham xizmat qiladi. Ibodatxonalar qoshida maktab va
kutubxonalar, kasalxona va boshqa davolanish muassasalari tashkil qilinadi.
Rim imperiyasining G‘arbiy qismida xristian dinining katolitsizm yo‘nalishi,
Vizantiyada esa pravoslaviye keng tarqaladi. Buning natijasida arxitekturada ham o‘ziga
xos badiiy xususiyatlar shakllanadi. Buning asosiy ifodasi sifatida G‘arb madaniyatida
bazilika tipidagi binolar, Sharqiy madaniyat - Vizantiya arxitekturasida esa gumbazli
bazilika turidagi binolar keng tarqaladi.
IV asr oxirida Rim imperiyasi bo‘linishi va imperator Konstantin tomonidan poytaxt
qilib Vizantiyadagi Konstantinopol shahrining qurilishi natijasida yangi davlat va yangi
madaniyatga asos solinadi.
Vizantiya arxitekturasi asosan uch davrdan iborat rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan:
1.
Erta Vizantiya arxitekturasi davri (V- VIII asrlar).
2.
O‘rta Vizantiya arxitekturasi davri (VIII - XIII asrlar).
3.
Kech Vizantiya arxitekturasi davri (XIII - XV asrlar).
29
Arxitektura rivojlanishi uchun eng qulay sharoit imperator Yustinian davri bo‘lib, bu
davrda, ya‘ni VI asrning 20-60-yillarida Vizantiya buyuk,davlatga aylanadi. Vizantiya
davlati tarkibiga Gretsiya va Kichik Osiyo, Yaqin va O‘rta Yer dengizi xalqlari kiradi.
Vizantiya arxitekturasida gumbazili kompozitsiyaga ega ibodatxonalar ishlab
chiqiladi. Bu asosda gumbazli bazilika, 8 tayanchga ega markazlashgan kompozitsiyali
ibodatxona va salb-gumbazli sistemaga ega ibodatxonalar turlari yaratiladi. Birinchi va
ikkinchi turdagi kompozitsiyalar Erta Vizantiya arxitekturasi davrida, uchinchisi esa O‘rta
Vizantiya arxitekturasi davrida yaratilgan.
Vizantiya arxitekturasida monastir komplekslari ham o‘ziga xos arxitekturaviy
ansambl sifatida shakllandi. Shahar tashqarisida qurilgan bunday ansambllar baland joyda
qurilib, devorlar bilan o‘ralgan va ibodatxona, yashash xonalari va boshqa inshootlardan
tashkil topgan.
Vizantiya arxitekturasi Rim arxitekturasidan ravoq va gumbaz konstruksiyalarni
qurish an‘analarini olgan. Ammo Vizantiyada beton texnikasi keng tarqamadi. Devorlar va
gumbazlar asosan pishiq g‘isht va tabiiy toshlardan yasalgan. Vizantiyaliklar kvadrat asosli
binoning gumbaz yopilmasi uchun Sharq mamlakatlarida ishlab chiqilgan usul -
tromplardan foydalanishgan.
Vizantiyalik arxitektorlarning eng katta yutug‘i — bu gumbazli yelkanli
konstruksiyalarning to‘rt tayanchga qo‘yilishi. Yelkanli gumbazlar sferik yuzaning to‘rt
tekislik bilan kesilishi va to‘rt tayanch nuqtasiga tayanishi bilan hosil qilinadi. Yarim sferik
yelkanlar ustiga gumbaz o‘rnatiladi. Bu konstruksiya rivojlanishi bilan ustki gumbaz va
yelkanlar orasida silindrik shakl doira (baraban) o‘rnatiladi va doirada yoritish uchun
teshiklar qoldiriladi.
Bunday konstruktiv sistemaning ishlatilishi bino ichki ko‘rinishini kengaytirishga
imkon yaratdi, chunki ichki devorlar o‘rniga to‘rt ustun ishlatiladi. Ravoqlarning o‘zaro
uyg‘unlashtirilgan tizimi gumbaz ostida keng va baland ichki fazo yaratilishiga imkon
yaratdi.
Vizantiyada gumbazlar pishiq g‘ishtdan tez qotadigan semyanik qorishma yordamida
qurilgan. Semyanik qorishma tayyorlash uchun g‘isht siniqlari mayda qilib yanchilgan va
ohak bilan aralashtirilgan.
30
Vizantiyada yaratilgan yangi konstruktiv sistemalarning badiiy jihatdan
ifodalanishida qadimgi yunon an‘analaridan keng foydalanildi. Qadimgi Yunon
arxitekturasiga xos bo‘lgan bino kompozitsiyasida uning konstruktiv shaklini ifodalash
usuli asosiy prinsipga aylandi. Badiiy ifodalashning asosiy vositalari sifatida konstruktiv
elementlar - ravoqlar, ravoqli arkadalar xizmat qiladi.
Vizantiya arxitekturasida ustunli ravoqlardan ham keng foydalaniladi. Rim
arxitekturasida ishlab chiqilgan bu konstruktiv sistema Vizantiya arxitekturasida yanada
nafisroq qilib ishlanadi va yengil chiroyli nisbatlari bilan xarakterlanadi. Vizantiyada
markazlashgan kompozitsiya tarqalishida gumbazli binolar qurish an‘analari ta‘sir
ko‘rsatdi. Masalan, 510 — 515-yillari qurilgan Esrdagi cherkov, 569—586-yillari qurilgan
Rusafdagi cherkov. To‘rt tayanchli gumbazli binolar paydo bo‘lishi ham bu kompozitsion
usul shakllanishida katta ahamiyatga ega. Masalan, Siriyaning Basra shahrida 513-yilda
qurilgan cherkov.
Konstantinopolda 527-yilda qurilgan Sergiy va Vakx ibodatxonasi Markaziy
kompozitsiya asosida qurilib, sakkiz ustunga tayangan gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz
binoning asosiy kompozitsion element bo‘lib, gumbaz osti fazoning tashkil etilishi diniy
marosimlar o‘tkazishning asosiy joyi sifatida tashkil qilingan.
Vizantiya arxitekturasining eng yuksak namunasi - Ayya Sofiya ibodatxonasi
Konstantinopol shahrida 532—537-yillarda yunon arxitektorlariTrall shahridan bo‘lgan
Anfimiy va Milet shahridan chiqqan Isidor loyihasi asosida qurilgan.
Ibodatxona planda 74,8x69,7 metr o‘lchamli to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib,
diametri 31 metrlik gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz yelkanli ravoqlar ustiga qurilgan va
ravoqlar balandligi 23 metr bo‘lgan ustunlar ustiga tayanadi. Gumbaz asosini pishiq
g‘ishtdan terilgan 40 ta qovurg‘a tashkil qiladi va gumbaz uchidagi aylana tasmaga borib
taqaladi. Qovurg‘alar oralig‘i yengil pemza toshdan tayyorlangan sirtlar bilan to‘ldirilgan.
Yelkanli ravoqlar ham pishiq g‘ishtdan terilgan va tabiiy toshdan yasalgan 4.ustunga
tayanadi. Radiusi 14 metrli bu ikki yarim gumbaz va asosiy gumbaz bo‘ylama o‘q
bo‘yicha yuzasi 1970
kv
metrni tashkil qilgan yagona fazoni hosil qilgan. Asosiy zalning
yon tomonlarida ikki qavatli yon zallar (neflar) ustunli ravoqlar - «arkada» bilan ajratilgan.
31
Ibodatxonaning ichki ko‘rinishi, shakli va bezaklari yuqori mahorat bilan ishlangan
va badiiy jihatdan tektonik tuzilishining aniq va pishiqligi bilan ajralib turadi. Gumbaz osti
fazo gumbaz asosida joylashtirilgan 40 deraza orqali yoritiladi. Ulkan o‘lchamlariga
qaramasdan binoning gumbazi havoda muallaq turganga o‘xshaydi. Ibodatxona ichki
sirtlari turli rangli mozaika va tilla suvi yuritilgan naqshlar bilan bezatilgan.
Dostları ilə paylaş: |