45
Ayniqsa, Venetsiyadagi San-Marko ansambli uyg‘unlashgan kompozitsiyasi va
gotika uslubining yorqin namunasi bo‘lgan Dojlar saroyi tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu
binoning tashqi tuzilishida Vizantiya arxitekturasi va Sharq arxitekturasi elementlaridan
keng foydalanilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi bezatilishida turli rangdagi marmar toshlari
va rangli koshinlardan keng foydalanilgan.
Boltiqbo‘yi davlatlarida ham gotika uslubi keng tarqaladi va rivojlanadi. ‗Bu
davlatlarda gotika uslubi asosan binolarning kompozitsion tuzilishida vertikal
yo‘naltirilgan uchlik minoralar qo‘llanilishi va
Gotika karkas elementlaridan ustalik bilan
foydalanishda namoyon bo‘ladi. Masalan, Riga shahrida XIV - XVI asrlarda qurilgan
Avliyo Ioann cherkovi, XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Yakov cherkovi va ХШ - XVI
asrlarda qurilgan Domskiy sobori. Vilnyus shahrida qurilishi 1584-yilda tugallangan
Avliyo Anna kosteli o‘zining nafis qilib ishlangan bosh fasadidagi minoralari bilan ajralib
turadi. Tallin shahrida XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Olay ibodatxonasi Boltiq bo‘yi
davlatlarida gotika uslubidagi eng baland bino bo‘lib, uning balandligi 123,7 metrni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: