41
shahar asosiy ibodatxonasi va shahar hokimiyati binosi-ratusha quriladi.
Devorlar bilan
o‘ralgan shahar hududining yeri juda qimmat va qadrli edi. Shuning uchun arxitektor va
quruvchilar shaharda quriladigan imoratlarning tejamli va yengil qilib qurilishi usullari
ustida ish оlib borishadi va natijada gotika karkas uslubi shakllanadi Gotika uslubi
shakllanishi sharqiy mamlakatlar arxitekturasi ta‘siri ostida amalga oshdi.
Gotika uslubini yaratgan arxitektorlarning texnik yutuqlari,
birinchi navbatda,
bazilika turidagi ibodatxonalar qurilishida qo‘llanildi.
Gotika karkas sistemasi
nervyura,
arkbutan va kontrforslardan iborat.
Nervyura - bu bino yopilmasi qobiqlaridagi toshdan terilgan ravoq shaklidagi
qovurg‘alar. Nervyuralar — yopilma qobiqlaridagi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruktiv
qism. Nervyuralarning ishlatilishi yopilma og‘irligini kamaytirishga imkon yaratdi, chunki
yopilma qobiqlarida avval nervyuralar ravoq shaklida terib chiqiladi va keyin havzalar
yordamida qobiqning qolgan qismlari teriladi. Bino yopilmasi og‘irligi nervyuralardan
arkbutanlarga uzatiladi. Arkbutan — og‘ma turgan yarim
ravoq shaklli konstruktiv
element bo‘lib, kuchlanishini nervyuralardan kontrforslarga uzatish uchun xizmat qiladi.
Kontrforslar bino yopilmalaridan barcha kuchlanishni qabul qiluvchi ustunlardir.
Kontrforslar qalinligi pastga qarab osbib boradi. Shunday qilib, gotika uslubida qurilgan
binolarda nervyura, arkbutan va kontrforslardan tashkil topgan karkas bino mustahkamligi
va turg‘unligini ta‘minlaydi. Gotika uslubidagi binolar yopilmasini bajarishda yog‘och
fermalardan keng foydalanilgan.
Gotika uslubining nazariy asoslari dominikanlik rohib Vinsent de Bovening «Buyuk
oyna» deb nomlangan asarida o‘z aksini topgan. Muallifning 83 ta kitobi 3 jildlik asarlar
to‘plamida jamlangan bo‘lib, arxitekturaviy va qurilish faoliyatining barcha sohalari
yoritilgan.
Gotika arxitekturasida bino va inshootlar qurilishi
uchun oldindan loyiha
tayyorlangan va barcha konstruktiv qisrnlarning hisob-kitoblari bajarilgan.
Gotika arxitekturasida turarjoy imoratlari qurilishida yog‘och karkasdan iborat
«faxverk uylari» keng tarqaladi. Faxverk uylarida ustunlar va boshqa yuk ko‘taruvchi
qismlar yog‘ochdan tayyorlanib, ularning oralig‘i g‘isht va toshlar bilan to‘ldirilgan.
42
Gotika arxitekturasidagi karkas sistemasi o‘zining vertikal yo‘nalishida rivojlangan
kompozitsion tuzilishi bilan ajralib turadi va bu konstruktiv
a-terna
badiiy
ifodalanish
vositasiga aylanadi. Gotikadagi bazilika turidagi ibodatxonalar konstruktiv tuzilishiga mos
ravishda binoning ichki fazoviy tuzilishi va bezatilishida ham o‘ziga xos xususiyatlar hosil
bo‘ladi. Masalan, markaziy nef uch qavatli ravoqli arkadadan, ikkinchi qavat triforiy
bo‘limidan va uchinchi qavat markaziy nefga yorug‘lik beradigan derazalardan tashkil
topgan. Asosiy ustunlardan ingichkaroq ustunchalar ajraladi
va ular yopilma qobiqning
nervyuralariga o‘xshab ketadi.Karkas sistemasidan foydalanish devorlarni yengil qilib
ishlash va ulardagi derazalar sonini ko‘paytirishga imkon yaratadi. Natijada ibodatxonalar
ichki fazosi yaxshi yoritiladi. Derazalar baland ravoqli shaklda bajarilib, vitrajlar bilan
to‘ldiriladi. Turli ranglarda bajarilgan vitrajlardan o‘tadigan yorug‘lik
nurlari bino
interyerlarida sirli muhit yaratishga xizmat qiladi.
Binolarning tashqi ko‘rinishlarida ham ularning konstruktiv qismlari (neflar, transept,
arkbutan, kontrfors ravoqli qobiqlar) kompozitsion elementlar sifatida badiiy ifodalanish
vositalariga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: