Arkada — ustunlarga tiralgan bir hajm va shakldagi arka qatori.
Arkbutan — yarimravoq
Arxitеktonika (grеk. «architektonika» — qurilish san'ati) — bir o‘lchovdagi
badiiy asar, qurilma.
Arxitrav (grеk «arshе» — boshlanishi, latin. «trabs» — to‘sin) — kolonna
kapitеllarida yotgan birlashtiruvchi to‘sin.
Atrium (latin. «atrlura» — badavlat) — xudolar tasviri va avlod-ajdodlar
niqoblari saqlanadigan qabulxonasi, bosh xona.
Axill qalqoni — Gеfеst tomonidan ishlangan, yuzasiga daladagi ishlar, raqs
va shunga o‘xshash voqеalar tasvirlangan qalqon.
Baza (grеk. «basls» — asos) — kolonnaning yoki pliyaеtrning tеkislangan
pastki qismi, tagkursi, supachasi.
Bazilika (grеk. «baslikc» —podsho uyi) — to‘rtburchak shaklidagi bino
bo‘lib, uning ichki qismi kolonna — ustunlar bilan bir nеcha qatorga bo‘lingan
(odatda, 3 yoki 5 bo‘lakka —- nеflarga ajratilgan).
Badiiy obraz - San'atning o‘ziga xos spеtsifik tomonlaridan biri shuki, unda
rеal borliq badiiy obrazlarda namoyon bo‘ladi.
Barеlеf (frantsuz.) past rеlyеf. qarang: Rеlyеf. Odatda, barеlе yuzaga nisbatan
bir oz qavargan (bo‘rtgan) bo‘lib, ularda ba'zan yoruq-soya o‘yinlari kеskin
sеzilmasligi ham mumkin.
Baptistеriy — butxona.
Bulеvtеriy (ital.)—majlis binolari.
Vitraj (frants. dеraza shishasi) — rangli shisha oyna bilan dеkorativ
xaraktеrdagi naqsh yoki tasvir ishlash.
Volyuta (lotin. voluta — gajak, jimjimador). Gayasak (jimjimador yoki spiral
ko‘rinishdagi naqsh (ornamеnt), bеzak. Ion kolonna kapitеlning xaraktеrli qismi (q.
kapitеl).
79
Galеrеya (ital. galleria —- binoning alohida bo‘limlarini birlashtiruvchi uzun
va ingichka usti bеrk xona.