104
chiziqli bo‘lmagan tenglamaning ajratilgan ildizini
topish muammosi bir
nechta taqribiy usullarda bayon qilindi, aniq misollar yechimlari bilan
izohlandi;
chiziqli bo‘lmagan tenglamaning ildizlarini topishning taqribiy usullari sod-
dadan murakkabga va ularning xususiy hollari bilan o‘rganildiki,
bu shu
mavzuni batafsilroq yoritish imkonini berdi;
chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni matematik paketlar yordamida yechishning
muammolari o‘rganildi, uni amalga oshirishning bosqichlari ishlab chiqildi;
chiziqli bo‘lmagan tenglama funksiyasining grafigini matematik paketlar
yordamida chizish orqali tenglama haqiqiy yechimlari mavjudligi,
ularning
soni, bu yechimlar yotgan oraliqlarni topish muammolari o‘rganildi;
chiziqli bo‘lmagan tenglamalarning analitik yechimini matematik paketlar
yordamida yechish o‘rganildi, hisob algoritmiga oid tushunchalar bilan tan-
ishildi, amaliy masalalar yechildi;
chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni matematik
paketlar yordamida sonli
yechishning algoritmi, dasturi, matematik paketlardan foydalanish bosqichlari
bajarildi, har xil amaliy masalalar yechildi;
qo‘yilgan masalani matematik paketlar yordamida samarali yechishga oid
tavsiyalar ishlab chiqildi, undan foydalanishning mumkin bo‘lgan
imkoni-
yatlari ketma-ket tahlil qilindi;
sonli yechimlar analitik yechimlar bilan taqqoslandi, hisob jarayonining
to‘g‘ri ekanligi, algoritm va dasturlardan samarali
foydalanish mumkinligi
ko‘rsatildi;
ishlab chiqilgan hisob metodikasi va yaratilgan hisob dasturlatidan har xil
chiziqli bo‘lmagan tenglamalarga oid amaliy masalalarini yechishda samarali
foydalanish mumkin;
chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni taqribiy yechish usullaridan Nyuton usuli
juda samarali ekan, ammo uning qo‘llanilish sohasi juda tor;
iteratsiyalar usuli ham juda qulay, ammo yaqinlashuvchi
funksiyani topish
ko‘p hollarda mushkulroq;
oraliqni ikkiga bo‘lish usuli juda qulay, ammo uning yaqinlashish tezligi juda
sust va karrali ildizlar uchun muammoli;
iteratsion usullarning takomillashtirilgan har xil variantlari juda samarali,
ammo bu boshlang‘ich yaqinlashishni yakkalashtirilgan ildizga juda yaqin
olinganda va yaqinlashish shartlari bajarilgandagini
bu usullarning yaqin-
lashsh tezligi keskin oshadi;
Shunday qilib, chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni yechish muammosi qo‘yilgan
amaliy masala turiga qarab to‘g‘ri taqribiy usulni va boshlang‘ich shartni tanlash, bu
usullardan va matematik paketlardan samarali foydalanishdan iborat ekan.