Tovuqlar organizmida parvarishlash turli muddatlarida kalsiy miqdorining o’zgarish ko’rsatgichlariga oid ma’lumotlar (kalsiyning miqdori mmol/ l hisobida)
Tovuqlar organizmida parvarishlash turli muddatlarida kalsiy miqdorining o’zgarish ko’rsatgichlariga oid ma’lumotlar (kalsiyning miqdori mmol/ l hisobida)
Rasm 3.4. Tovuqlar organizmida parvarishlash turli muddatlarida kalsiy miqdorining o’zgarish ko’rsatgichlariga oid ma’lumotlar (kalsiyning miqdori mmol/ l hisobida)
Jadval 3.4 va Rasm 3.4 dan koʻrinib turibdiki, tajriba guruhlarinig barchasida kalsiy ionining qon zardobi tarkibidagi miqdori oshib borish tendensiyasiga ega. Agar nazorat guruhida tajribaning boshlanishiga nisbatan tajribaning o’rtasida va oxirida o’zaro mos holda qon zardobi tarkibidagi kalsiyning miqdori 3.07%;10.0% ga oshgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1 tajribada 3.01%; 10.0% ga, tajriba 2 da 12.15%; 17.75%ga, tajriba 3 da 9.02%;12.78%ga oshar ekan. Bu ko’rsatgichlarni qiyosiy ravishda taqoslaganda tajriba 2 da qon zardobi tarkibidagi kalsiyning miqdori eng ko’p miqdorni tashkil qiladi. Bu narsa aftidan tajriba 2 dagi kalsiy almashinuving jadallashuvi bilan bog’liq Fosfor almashinuvi bo’yicha fikr yurutilganda, qon zardobi tarkibidagi bu elementning miqdoriga tegishli ma’lumotlar Jadval 3.5. va Rasm 3.5. keltirilgan.
Jadval 3.5. Tovuqlar organizmida parvarishlash turli muddatlarida fosfor miqdorining o’zgarish ko’rsatgichlariga oid ma’lumotlar (fosforning miqdori mmol/ l hisobida)
Rasm 3.5. Tovuqlar organizmida parvarishlash turli muddatlarida fosfor miqdorining o’zgarish ko’rsatgichlariga oid ma’lumotlar (fosforning miqdori mmol/ l hisobida)
Jadval 3.5. va Rasm 3.5. dan koʻrinib turibdiki, tajriba guruhlarining barchasida fosfor ionining qon zardobi tarkibidagi miqdori oshib borish tendensiyasiga ega. Agar nazorat guruhida tajribaning boshlanishiga nisbatan tajribaning o’rtasida va oxirida o’zaro mos holda qon zardobi tarkibidagi fosforning miqdori 12.34%;27.75% ga oshgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1 tajribada 37.69%; 29.64% ga, tajriba 2 da 56.73%; 32.3%ga, tajriba 3 da 46.54%;32.98%ga oshar ekan. Bu ko’rsatgichlarni qiyosiy ravishda taqoslaganda tajriba 2 da qon zardobi tarkibidagi fosforning miqdori eng ko’p miqdorni tashkil qiladi. Bu narsa aftidan tajriba 2 dagi fosfor almashinuving jadallashuvi bilan bog’liq.
3.1.3. Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning tana massasi o’zgarishlariga ta’siri.