O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk: 598,617 Ergashev Dilshod Umurzoq o’g’li Tuxum yo’nalishli tovuqlar ratsionini D


Vitaminlarning tuzilishi, xossalari va aniqlash uslublari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/25
tarix15.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
dilshod diplom

1. Vitaminlarning tuzilishi, xossalari va aniqlash uslublari.

Ba’zi hollarda vitaminlar hayvonlar to’qimalarida ham provitaminlardan kimyoviy almashinuv reaksiyalari natijasida hosil bo’lishi mumkin. Provitaminlarga, misol sifatida o’simliklarning organlarida uchrovchi bo’yoq mahsulotlar - karotin (α, β, γ) larni keltirish mumkin. Ulardan hayvon organizmi to’qimalarida vitamin A, (retinol) hosil bo’ladi. Vitaminlar uchun ularning molekulyar tuzilmasidagi maxsuslik xususiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha vitaminlarning molekulasi tuzilmasida qisman o’zgarish paydo bo’lishi (qo’sh bog’ning siljishi, bir xil radikalning boshqa radikalga almashinishi h.k. lar) biologik faollikning o’zgarishini keltirib chiqaradi.
Vitaminlarga xos bo’lgan bu xususiyat tabiatda ularning gomologik qatorini tashkil qiluvchi va ta’siri bo’yicha o’zaro o’xshash, lekin to’qima metabolizmiga har xil ta’sir etishi bilan farqlanuvchi gomovitaminlarning mavjudligi bilan bog‘liq.
Vitaminlar tirik hujayralarda har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan holatlarda uchraydi. Bu biofaol moddalr erkin, fosforli efir va oqsillar bilan birikkan (proteinlangan) holatlarda uchrashi mumkin. Ko’p vitaminlar kofermentlar va kofaktorlarning sintezlanishi uchun plastik material sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, ular metabolitik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etuvchi gormonlarning sintezlanishi uchun dastlabki kimyoviy modda sifatidagi vazifani bajarishi mumkin. Vitaminlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning biologik nuqtayi nazardan o’ta faolligi hisoblanadi. Shu sababli ko’p vitaminlar organizmga juda kam miqdorda kirib kelganda ham ularga bo’lgan ehtiyoj to’liq qoplanadi. Shu narsani alohida qayd etish lozimki, o’simlik va hayvon to’qimalaridagi vitaminlarning miqdoriy ko’rsatkichi juda past bo’ladi. Shu bilan bir qatorda ba’zi vitaminlar borki, ularning miqdori o’simlik mahsulotlarida ancha ko’p bo’lib, hattoki foiz miqdor ko`rsatkichiga yetib boradi (vitamin C). Hayvon organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojining doimo qondirilishi shart ekanligi shundaki, ular hayvonlar to’qimasi va hujayralarda sintezlanmaydi.
Kimyoviy jihatdan vitaminlar organik moddalar bo’lishi bilan birgalikda, ular xilma-xil tuzilishga ega bo’lgan moddalar hisoblanadi. Vitaminlar atsiklik, siklik (halqali) tuzilishli, nukleotidli, spirtli, kislotali, efirli tuzilishli bo’lsa, vitamin B12 o’ta murakkab tuzilishli bo’lib, uning tarkibiga atsiklik, siklik nukleotidli, mikroelement kobalt ham kiradi.
Vitaminlarni aniqlash fizik-kimyoviy va biologik uslublarda amalga oshiriladi. Vitaminlarning qator kimyoviy moddalar bilan o’zaro ta’sirlanishi tufayli xilma-xil rangli reaksiyalar yuz beradi. Bunda rang jadalligi vitaminlarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo’ladi. Shuning uchun vitaminlarni fotoelektrokolometrik (FEK) uslubda aniqlash mumkin. Masalan, B1 vitamini diazoreaktivdan foydalangan holda aniqlanadi. Ba’zi vitaminlar optik nurlarni spektrning ma’lum bir chegarasida yutish qobiliyatiga ega. Shundan foydalanib biomateriallar (qon zardobi, siydik, to’qima ekstraktlari) da spektrofotometrik yo’l bilan miqdoriy tahlil o’tkazish mumkin. Masalan, vitamin A spektrning 328 –330 nmda maxsus yutish qobiliyatini namoyon qiladi. Bundan foydalanib, spektrofotometrik uslubda miqdoriy tahlil o’tkaziladi. B1 va B2 vitaminlari flyuorometrik uslubda aniqlanadi. C vitaminini aniqlashni esa, titrlash yo’li bilan, ya’ni 2,6-dixlorfenolindofenoldan foydalangan holda miqdoriy tahlil asosida o’tkaziladi.
Vitaminlarni biologik aniqlash uslublari sun’iy tuzilgan ratsionga muayyan vitaminning aniq miqdorini kiritish yo’li bilan gipo- va avitaminozning oldini olishga oid kattalikni aniqlashga asoslangan. Bu miqdor shartli ravishda adabiyotlarda «Kaftar birligi», «Sichqon birligi», «Kalamush birligi» ko’rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari ilmiy adabiyotlarda vitaminlarning me’yoriy miqdorini milligrammlar, mikrogrammlar va xalqaro birlik (XB) lar tarzida ifodalash ham uchraydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin