Iste’molchining xulq-atvori va motivasiyaning tuzilishi yanada sinchiklab tahlil
38
ega bo‘ladi.
“Yangilik, ayniqsa u hayron qoldirsa, o‘zgartirib yuborsa, noaniqlik,
betartiblik, tarqoqlik hamda kutilayotgan bilan yuz berayotgan holat o‘rtasida farq
hosil qilsa, rag‘batlantiradi va quvontiradi”.
Yangi hodisaning kutilaganda sodir bo‘lishi dinamik ta’sirga ega bo‘ladi va
shunga mos xatti-harakatlarga sabab bo‘ladi. Ammo, yangi va ajoyib narsaning faqat
ma’lum darajagacha jalb qiluvchan bo‘lishini, shundan so‘ng uning yoqimsiz va
qo‘rqinchli bo‘lib qolishini ham aytib o‘tish lozim. Jalb qiluvchanlik avvaliga
kuchayib boradi, so‘ngra yangilik darajasiga mos ravishda susayib ketadi. Bu nisbat
teskari U-shaklidagi egri chiziq ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. 2.1-rasmda
ko‘rsatilgan bu egri chiziq Vundt egri chizig‘i nomi bilan ham mashhurdir. Etarlicha
yangi va ajoyib bo‘lmagan narsa zerikarli bo‘ladi, haddan tashqari yangi narsa kishini
cho‘chitadi. Yangilikning o‘rtacha darajada bo‘lgani ma’quldir.
Noxushlik
Bеfarqlik
Qoniqish
Rag`batlantirish
intеnsivligi
Chеgara
Dostları ilə paylaş: