O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə32/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

2.1-rasm. Vundt egri chiziqi
1

Tovarlarning qiyosiy tavsifnomalari tufayli vujudga kelgan rag‘batlantirish


tovarlar siyosatini ishlab chiqish, segmentlash va pozitsiyalash, kommunikasiya va
siljtish kabi katta qismi bu kutilayotgan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgandir.
Yaxshimi, yomonmi, har qalay tovarlar asab tizimiga stimullar sifatida ta’sir qiladi va
bu o‘yinchoqlarning bolalarga ko‘rsatadigan ta’sirini eslatadi. Ma’lum bir
o‘yinchoqlarning yo‘qligi bolaning aqliy rivojlanishida turg‘unlikka olib keladi.




39

Shunga, o‘xshash iste’mol jamiyati beradigan stimullardan mahrum bo‘lgan katta
yoshdagi kishi ham zerikish, diqqinafaslik va yolg‘izlikdan iztirob chekadi.
Ko‘pchilik yangi mashina sotib olganda o‘zini yoshroq his qiladi va o‘z 
mashinasining eskirishini o‘zi yoshiga bog‘liqdek his qiladi. SHu tariqa mashina 
sotib olish jismoniy yangilanish o‘rniga ramziy o‘lchov kasb etadi”. Binobarin,
organizm havo va ozuqaga muhtoj bo‘lganidek, stimullar va turli hissiyotlarning
doimiy oqimiga ham muhtojdir. Insonlar ehtiyojlarga ehtiyoj sezadilar. Bu asosiy
motivasiya tanglikni yumshatish motivasiyasi bilan bir qatorda inson xulq-atvorining
butun rang-barangligini izohlaydi, bu esa iqtisodchilarning qarashlariga kuchli putur
etkazadi. “Yangilikni qidirish” nazariyasi o‘z turmush tarziga o‘zgarish va yangilik
olib kirayotgan iste’molchilarning xulq-atvorini izohlaydi.
Iste’molchilar farovonligining determinantlari. Eksperimental psixologiyaning
inson motivasiyasini o‘rganishga qo‘shgan asosiy hissasini sharhlash oxir-oqibatda
ehtiyoj tushunchasini yanada kengroq tushunishga olib keladi. Biz iqtisodchilarning
qarashlaridan boshladik, ular uchun ehtiyoj asosan xaridorlarning xulq-atvorida aks
etuvchi “etishmaslik holati” bo‘lib, bu holat mazkur tanqislik holatining zamirida
yotuvchi motivasiya tabiatini hech qanday izohlamaydi. Motivasiya nazariyasining
yo‘qligi iqtisodchilarni ularning dastlabki taxminlaridek qiymatga ega bo‘lgan va
haqiqatda kuzatilayotgan xulq-atvorga jiddiy aloqasi bo‘lmagan me’yoriy tavsiyalarni
ifodalashga olib keladi.

Psixologlarning


tadqiqotlari
motivasiyaning
umumiy
yo‘nalishlarini
belgilashga imkon beradi, bu yo‘nalishlar shaxsning umumiy farovonligini
izohlashga imkon beruvchi omillar bo‘lib, ular xulq-atvorlarning butun boshli
yig‘indisini izohlay oladi. Bu determinantlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: komfort,
lazzatlanish va rag‘batlantirish. 2.2-rasmda, bir tomondan, uch determinantlar
o‘rtasidagi munosabatlarning diagrammalari, ikkinchi tomondan, ularning shaxsning
farovonligiga bog‘liqligi chizmasi tasvirlangan.
Komfortni izlashdan maqsad - tanqislikni bartaraf etish va shu bilan salbiy
ne’matlarni ta’minlashdir; rohatlanish va rag‘batlantirishning maqsadi esa ijobiy
ne’matni tanlashdir.




40


O`ziga xos
qoniqmaslik
(faollik o`ta yuqori)

Taqsimlangan noqulaylik


(faollik uta sust)

Tanglikning yumshashi


Zеrikishga qarshi kurash





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin