O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


KOMFORT  RAG’BATLANTIRISH LAZZATLANISH



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə33/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

KOMFORT 

RAG’BATLANTIRISH


LAZZATLANISH 
(dinamik) 

UMUMIY FAROVONLIK 

To`yinuvchi


ehtiyoj

To`yinmaydigan


ehtiyoj

To`yinmaydigan


ehtiyoj

2.2-rasm. Farovonlik determinantlari

Marketingdan tovarlarning tinimsiz yangilanib turilishi, yanada torroq


differensiasiya, turli xil xulq-atvorlarga mo‘ljallangan reklama ko‘rinishidan keng
ko‘lamli foydalanilmoqda. Ammo bu aslida lazzatlanish va rag‘batlantirishga bo‘lgan
ehtiyojlarning o‘sib borayotganligiga, asosiy ehtiyojlar yaxshi qondirilayotgan
jamiyatdagi mo‘l-ko‘lchilikka javob reaksiyasi bo‘lib, yangilik, o‘ziga xoslik,
murakkablik va xatar kabi ehtiyojlar hayotiy muhim bo‘lib bormoqda.
Ehtiyojlar turli hissiyotlarni, turli xulq-atvorlarni, har xil tovarlarni sinab
ko‘rish va rohatbaxsh manbalardan foydalanish bunday jamiyat uchun muhim
jihatdir. Bu izlanishlarning cheki yo‘q, chunki bunday ehtiyojlarni qondirib
bo‘lmaydi.
Iste’molning umumiy nazariyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, motivasiya
nazariyasining yutuqlari bizga insondagi motivasion yo‘nalishning umumiy turlarini
aniqlashga imkon beradi (2.3-rasm).




41


2.3-rasm. Motiv turlari 

Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, motivni ratsional va emotsional kabi


turlarini ajratish mumkin. Yo‘nalish turlari inson xulq-atvorining g‘oyatda rang-
barang va turli-tuman qirralarini qamrab oladi.

2.3. Inson ehtiyojlari tipologiyasi 

Farovonlik har bir ehtiyojni qondirish uchun “ne’matlarning” mavjud bo‘lishini


anglatadi. Tabiiyki, ehtiyojlar reestrini ishlab chiqish va uni mavjud ne’matlar bilan
taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu erda “ne’mat” so‘zi maxsus ahamiyat
kasb etadi. Bu erda ne’mat deganda oddiy jismlar yoki xizmatlar emas, balki sevgi,
nufuz va shu kabi mavhum, ijtimoiy yoki ruhiy omillar ham tushuniladi. Bunday
yondashuv Merrey, Maslou, Rokich hamda Shet, Nyuman va Grosslarning eng yangi
tadqiqotlarida bayon etilgan.
Merreyning inson ehtiyojlari reestri. Merrey individning ehtiyojlarini quyidagi
to‘rt mezonga ko‘ra tasniflovchi ancha tartiblangan reestrini keltiradi: kelib chiqishi
fiziologik yoki fiziologik bo‘lmagan birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; ob’ekti
individni o‘ziga tortishi yoki uni o‘zidan itaruvchi ijobiy va salbiy ehtiyojlar;

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin