157
kafolatlar berish imkoniyati mavjudligi tufayli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatadilar.
SHunday qilib, sotishning iqtisodiyotdagi roli ne’matlarning taklif holati bilan ne’mat
va xizmatlarga bo‘lgan talab bosqichida zarur bo‘lgan holati o‘rtasidagi
nomutanosibliklarni bartaraf qilishdan iboratdir.
8.1-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari
Taqsimot oqimlari. Ko‘rib chiqilgan funksiyalarning bajarilishi ayirboshlash
jarayoni qatnashchilari o‘rtasida bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan
tijoriy oqimlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sotish kanalida hammasi bo‘lib besh
xil turdagi oqimlarni ajratish mumkin:
-egalik huquqlari oqimi: tovarlarga egalik huquqining bir tashkilotdan boshqa
tashkilotlarga o‘tishi;
-jismoniy oqim: tovarlarning ishlab chiqaruvchidan vositachilar orqali
pirovard iste’molchiga tomon ketma-ket jismoniy ko‘chib o‘tishi;
-buyurtmalar oqimi: xaridorlar va vositachilardan tushayotgan va ishlab
chiqaruvchilarga yuborilayotgan buyurtmalar;
Dostları ilə paylaş: